11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Strategik rejani baholash


Download 0.65 Mb.
bet22/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

14.2.Strategik rejani baholash.

Strategiyani baholash faoliyat natijalarini maqsadlar bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Strategiyani baholash jarayoni uzluksiz va sistemali bo’lishi lozim. Sifatli yaratilgan strategiya barcha boshqaruv pog’onalarini qamrab oladi. Strategik rejalashtirishni baholash jarayonida quyidagi savollarga javob beradi.


1.Strategiya tashkilot imkoniyatlariga aniq mos keladimi?
2. Strategiya muayyan darajadagi tavakkalchilikni nazarda tutadimi?
3. Strategiyani amalga oshirish uchun tashkilot yetarlicha resurslarga egami?
4. Strategiya tashqi imkoniyatlarni va xavf-xatarni inobatga oladimi?
5. Strategiya firma resurslaridan foydalanishning eng yaxshi usulimi?
Baholash jarayonida son va sifat mezonlaridan foydalaniladi.
Strategiyani vaqt omili bilan bog’liq bo’lgan sonli ko’rsatkichlarini aniqlash va baholash murakkab muammo hisoblanadi. Uzoq muddatli strategiyalar ustivordir, faqat ba’zi strategiyalar tezkor natijalarni beradi.


14.3.Taktik rejalarning tavsifi.

Rahbariyat uzoq muddatli maqsadlarga erishishni osonlashtiradigan va ularga mos keladigan qisqa muddatli maqsadlarni yaratish kabi, uzoq muddatli rejalarga mos keladigan qisqa muddatli rejalarni ham yaratishi lozim. Bunday qisqa muddatli strategiyalar taktika deb ataladi. Masalan, muayyan boshqaruv vaziyatiga mos keladigan umumiy strategiya doirasida amalga oshiriladigan tadbir-choralar taktika deb ataladi. Bozor ulushini oshirishga yo’naltirilgan kompaniya strategiyasiga mos keladigan harakatlardan savdo nuqtalaridagi tovarlarni reklama qilish taktika hisoblanadi.


Taktik rejalarning tavsifi quyidagilardan iborat:
1.Strategiyani rivojlantirish uchun taktika yaratiladi.
2.Strategiya, odatda oliy rahbariyat tomonidan yaratilsa, taktika o’rta pog’ona rahbarlari tomonidan yaratiladi.
3.Taktika strategiyaga nisbatan qisqaroq muddatlar uchun yaratiladi.
4.Strategiyaning natijalari bir-necha yilda ham ko’zga yaxlit tashlanmasligi mumkin, lekin taktik natijalar tez aniqlanadi va osonlik bilan harakatlarga nisbatan taqqoslanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling