11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste’molchini kutish modeli
- Nazorat savollari
Jyuri a’zolarining fikri. Ushbu usul relevant sohalarda ekspertlarning fikrlarini birlashtirish va o’rtachasini olishdan iborat. Ushbu usulning norasmiy ko’rinishi “aqliy hujum”dan iborat. Bunda dastlab, imkoni boricha ko’proq g’oyalar yaratiladi. Keyingi bosqichda g’oyalar baholanadi. Bular ko’p vaqtni talab qilishi mumkin. Tashkilot yangi g’oyalarga va alternativ variantlarga ehtiyoj sezganda jyuri a’zolari fikridan foydalanish mumkin.
Iste’molchini kutish modeli tashkilot mijozlari o’rtasida so’rov o’tkazishga asoslanadi. Rahbar yetarli hajmda axborotlarni to’plash va ularni ijobiy va salbiy baholash, hamda o’z tajribasiga asoslanishi natijasida talab hajmini to’g’ri prognoz qila oladi. Ekspert baholashlar usuli jamoaviy fikrlarni formallashgan usuli hisoblanadi. Ekspertlar o’zaro bog’liq turli sohalarning mutaxassislari bo’lib, ular oldindan tayyorlangan savolnomaga yozma javob beradilar. Ular o’zlarining mustaqil fikrlarini ham bayon etadilar. So’ngra har-bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan tanishadilar va o’zining avvalgi prognozlarini o’zgartirishlari mumkin. Agar ekspertlarning fikri bir-biridan keskin farq qilsa, buning sababi aniqlanadi. Ushbu prosedura ekspertlar bir fikrga kelmaguncha 3 yoki 4 marta takrorlanadi. Ekspertlarning maxfiy bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Chunki bunda konformizmni va o’zaro ixtilofli vaziyatlarni oldini oladi. Nazorat savollari 1. Boshqaruvda modellashtirish nimani bildiradi? Boshqaruvda modellashtirish qanday maqsadlarni ko’zlaydi? 2. Modellarni turlarini ayting. Ularning farqi nimada? Amalda ular qanday vaziyatlarda qo’llaniladi? 3. Modellarni yaratish jarayonini qanday tasavvur etasiz? 4.Modellashtirishning muammolari nimalardan iborat? 5.Prognozlashning asosiy usullarini ayting. Testlar. 1.Modellarni yaratish jarayoni (ketma-ketligini ko’rsating): a) muammoni qo’yilishi; b) tadbiq etish; v) yaratish; g) modelni yangilash; d) ishonchliligini tekshirish. 2. Modellashtirish muammolari: a) ob-havo sharoiti; b) noaniq ma’lumotlar; v) axborot chegaralari; g) hududiy chegaralar; d) mablag’larning chegaralanganligi. 3. Modellardan foydalanishni talab qiladigan sharoitlar: a) tashkiliy vaziyatlarning murakkabligi; b) ) tashkiliy vaziyatlarni tuzilishga qiziqishlar; v) real shroitda tajriba o’tkazishni mumkin emasligi; g) tajriba o’tkazish zaruriyati d) boshqaruvning raqobatchilarga yo’naltirilganligi; ye) boshqaruvning innovasiyaga va nau-xauga yo’naltirilganligi. 4.Modelning asosiy tavsifi deb hisoblash mumkin: a) real hayotiy vaziyatni soddalashtirish; b) real hayotiy vaziyatni murakkablashtirish; v) hayotiy vaziyatda tajriba o’tkazish. 5. Axborotni to’plashning norasmiy usullari: a) verbal axborot; b) yozma axborot; v) hisobot axboroti; g) shpionaj. 6.Prognozlashning sonli usullari: a) vaqt qatorlarini tahlil etish; b) iste’molchilarni kutishlari; v) ekspert baholash; g) hamma javoblar to’g’ri. 7.Fizik model bu: a) analog o’zini real obyekt kabi tutadi, lekin tashqi ko’rinishi real obyektga o’xshaydi; b) obyektning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan ko’rinishi; v) obyektni tavsifi va xususiyatlari simvollar ko’rinishida bo’ladi (formulalar, teoremalar, qonunlar) 8.Analog model bu: a) analog o’zini real obyekt kabi tutadi, lekin tashqi ko’rinishi real obyektga o’xshaydi; b) obyektning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan ko’rinishi; v) obyektni tavsifi va xususiyatlari simvollar ko’rinishida bo’ladi (formulalar, teoremalar, qonunlar) 9.Matematik model bu: a) analog o’zini real obyekt kabi tutadi, lekin tashqi ko’rinishi real obyektga o’xshaydi; b) obyektning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan ko’rinishi; v) obyektni tavsifi va xususiyatlari simvollar ko’rinishida bo’ladi (formulalar, teoremalar, qonunlar) 10.Modellarning samaradorligi qanaqa unsurlar ta’sirida pasayishi mumkin? a) noaniq boshlang’ich axborotlar; b) zarur axborotlarni to’plash imkoniyatlarini chegaralanganligi; v) foydalanuvchining qo’rquvi; g) amaliyotda kam qo’llanilishi; d) haddan tashqari narxi yuqoriligi. 11.Ekspertlarni maxfiyligi muhim, chunki u quyidagilarga to’sqinlik qiladi: a) konformizmga; b) ixtiloflarga; v) ekspertlar fikrini ijtimoiy bo’rttirishga g) xatoliklarga. 12.Prognozlash prosedurasi necha marta takrorlanishi mumkin? a) bir marta; b) to’rt marta; v) yetti marta; g) o’n marta. 13.Verbal axborotlarniing turlari: a) og’zaki; b) rasmiy; v) yalpi axborot vositalarida chop etilgan; g) hamma javoblar to’g’ri. 14. Verbal axborotning manbalari: a) radio va televideniye; b) iste’molchilar; v) ta’minotchilar; g) raqobatchilar; d) yuristlar; g) buxgalterlar va taftishchilar; j) maslahatchilar 15. Verbal axborotlar: a) tashqi muhitning hamma omillariga tegishli; b) ichki muhitning hamma omillariga tegishli; v) o’zgaruvchan ko’rinishda bo’ladi; g) o’zgarmas; d) noaniq, tarqoq; ye) 100% aniq 16.Yozma axborot turlari: a) og’zaki; b) rasmiy; v) yalpi axborot vositalarida chop etilgan g) hamma javoblar to’g’ri. 17.Yozma axborotning manbalari; a) radio va televideniye; b) iste’molchilar; v) ta’minotchilar; g) raqobatchilar; d) yuristlar; g) buxgalterlar va taftishchilar; j) maslahatchilar 18.Yozma axborotlar: a) tashqi muhitning hamma omillariga tegishli; b) ichki muhitning hamma omillariga tegishli; v) o’zgaruvchan ko’rinishda bo’ladi; g) o’zgarmas; d) noaniq, tarqoq; ye) 100% aniq 19.Vaqt birligi qatorlarini tahlil etishga muvofiq: a) o’tmish kelajakni taxminiy bahosini belgilaydi; b) qaraladigan omillar bilan boshqa o’zgaruvchanlar o’rtasida prognoz o’tkaziladi; v) relevant sohalarda ekspertlarning fikrlari umumlashtiriladi va o’rtachasi olinadi; g) tajribali savdo agentlari kelajak talablarini ayta oladilar. 20. Kazual (sabab-oqibat) modellashtirishga muvofiq: a) o’tmish kelajakni taxminiy bahosini belgilaydi; b) qaraladigan omillar bilan boshqa o’zgaruvchanlar o’rtasida prognoz o’tkaziladi; v) relevant sohalarda ekspertlarning fikrlari umumlashtiriladi va o’rtachasi olinadi; g) tajribali savdo agentlari kelajak talablarini ayta oladilar. 21. Jyuri a’zolari fikriga muvofiq: a) o’tmish kelajakni taxminiy bahosini belgilaydi; b) qaraladigan omillar bilan boshqa o’zgaruvchanlar o’rtasida prognoz o’tkaziladi; v) relevant sohalarda ekspertlarning fikrlari umumlashtiriladi va o’rtachasi olinadi; g) tajribali savdo agentlari kelajak talablarini ayta oladilar; 22. Iste’molchini kutish modeliga muvofiq: a) o’tmish kelajakni taxminiy bahosini belgilaydi; b) prognoz tashkilot mijozlari o’rtasida so’rov o’tkazishga asoslanadi; v) relevant sohalarda ekspertlarning fikrlari umumlashtiriladi va o’rtachasi olinadi; g) tajribali savdo agentlari kelajak talablarini ayta oladilar. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling