11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insoniy resurslar
- Moddiy resurslar
- Joriy nazorat
16.2. Nazorat jarayoni.
Dastlabki nazorat. Dastlabki nazoratning mohiyati ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligini tahlil etishdan iborat. Tashkilotlarda dastlabki nazorat quyidagi uchta tayanch sohalarda foydalaniladi – insoniy, moddiy va moliyaviy resurslar yo’nalishida. Insoniy resurslar. Tashkilotlarda insoniy resurslarni dastlabki nazorati ularning tadbirkorlik va malakaviy ko’nikmalarini jiddiy tahlil etish orqali bajariladi. Bunda insonlarning o’z xizmat burchlarini bajarishga imkon beradigan qobiliyati, tayyorgarligi inobatga olinadi. O’qitish, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari ishga yollanganlarning samarali ishlashini ta’minlaydi. Moddiy resurslar. Firmalar o’zlari foydalanadigan material resurslar uchun dastlabki nazoratni tashkil etadi. Bunda avvalambor, moddiy resurslarning sifat standartlari yaratiladi. Kirib keladigan moddiy resurslar ushbu standartlarga taqqoslanadi. Texnik talablarga to’liq javob beradigan sifatli material resurslarni yetkazib berish asosida o’z ishonchliligini isbotlagan ta’minotchilarni tanlash dastlabki nazorat turlaridan hisoblanadi. Tovar ta’minotining uzluksizligini ta’minlaydigan material zahiralarning yetarli hajmini g’amlash dastlabki nazorat usullaridandir. Moliyaviy resurslar. Moliyaviy resurslarni dastlabki nazoratni ta’minlaydigan muhim vosita – bu byudjetni to’g’ri rejalashtirishdan iborat. Rasional byudjet rejalashtirish funksiyasining ham samaradorligini oshiradi. Byudjet tashkilotning daromadlarini va xarajatlarini muvozanatda bo’lishini ta’minlaydi. Samarali yaratilgan byudjet tashkilotning naqd pulga bo’ladigan ehtiyojlarini qondiradi. Bundan tashqari byudjet xarajatlarning chegaraviy miqdorini aniqlaydi va shu bilan birga naqd pul mablag’larini haddan tashqari sarf bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Joriy nazorat. Joriy nazorat ishlar bajarilgandan keyin bevosita amalga oshiriladi. Ijrochilarning faoliyatini muntazam tekshirish, paydo bo’ladigan muammolarni va faoliyatni takomillashtirish bo’yicha takliflarni muhokama etish imkonini beradi hamda belgilangan rejalardan va ko’rsatmalardan chetga chiqishning oldini oladi. Agar o’z vaqtida muammolar bartaraf etilmasa, ular firmaga salbiy ta’sir etib, biznesni rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Joriy nazorat ishlarning bajarilishi bilan bir vaqtda o’tkazilmaydi. U ishlar bajariladigan keyin amaldagi natijalarni o’lchashga va ularni belgilangan maqsadlarga qanchalik mos kelishini aniqlashga asoslanadi. Joriy nazoratni amalga oshirish uchun boshqaruv apparatiga qayta aloqa kerak bo’ladi. Ushbu vaziyatda qayta aloqa – bu erishilgan natijalar to’g’risida to’plangan ma’lumotlardir. Agar boshliq ijrochilar ishida kamchiliklarni aniqlab, ularning ishi qoniqarsiz ekanligi to’g’risida ma’lumotlarni ularga yetkazsa, bu qayta aloqani mavjudligidan darak beradi. Qayta aloqa sistemasi rahbariyatga ko’zga ko’rinmaydigan muammolarni aniqlash va belgilangan maqsad sari og’ishmay harakat qilish imkonini beradi. Yashash uchun kurash hamma mavjudotlar qayta aloqaga asoslangan nazorat sistemasidan foydalanadilar, masalan ko’rish, sezish, hid bilish va boshqalar. Qayta aloqa sistemasi samarali ishlashi va boshqaruv sohasida foydali bo’lishi uchun unda maqsadlar mavjud bo’lishi va tashqi resurslardan firma ichkarisida foydalanish uchun ularni qulay shaklga keltirish imkoniyatiga ega bo’lishi, belgilangan maqsadlardan chetga chiqishlarni o’z vaqtida aniqlashi va ularni o’z vaqtida bartaraf etishi lozim. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling