11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Harakatlar ketma-ketligi. Baholash jarayoni bajarilgandan keyin nazoratning uchinchi bosqichi boshlanadi. Menejer quyidagi uch yo’nalishdan birini tanlaydi:
● agar jarayon rejaga mos ravishda kechayotgan bo’lsa, hyech narsani o’zgartirmaslik; ● agar nazorat jarayonida rejadan og’ishlar aniqlangan bo’lsa, ularni bartaraf etish; ● agar mavjud potensial bilan standartlarni bajarilishini ta’minlab bo’lmasa, ularni qayta ko’rib chiqish. Nazorat savollari. 1.Tashkilotda nazorat o’tkazishning maqsadi nimalardan iborat? 2. Nazoratning bosqichlarini ayting. 3. Dastlabki, joriy va yakuniy nazorat jarayonlari qanday amalga oshiriladi? 4. Standartlarni kimlar belgilaydi? Standartlar o’zgaradimi? 5. Maqsadlar bilan nazorat o’rtasida qanday bog’lanish bor? Testlar. 1. Nazorat funksiyasi imkon beradi: a) muammolarni aniqlashga va tashkilot faoliyatini muoqobil darajagacha tartiblashtirishga; b) belgilangan rejadan chetga chiqmaslikga; v) yuqori sifatli natijalarga ega bo’lishga; 2. Nazorat – bu boshqaruvning (....) funksiyasi a) muhim; b) asosiy; v) ikkinchi darajali; g) murakkab; d) oddiy. 3.Nazoratning o’ziga xos muhim xususiyatlaridan asosiysi bu nazoratning: a) lokal bo’lishi; b) umumiy bo’lishi; v) hamma jihatlarni qamrab olishi. 4. Nazorat obyekti: a) insoniy resurslar; b) moddiy resurslar; v) korporativ ruh; g) moliyaviy resurslar. 5. Qayta aloqaga ega hamma sistemalar: a) maqsadlarga ega; b) tashqi resurslardan foydalanadi; v) tashqi resurslarni ichkarida foydalanish uchun o’zgartiradi g) maqsadlardan sezilarli og’ishlarni kuzatadi; d) maqsadlarga erishish uchun ushbu og’ishlarni bartaraf etadi; ye) hamma javoblar to’g’ri; j) a, b, g javoblar to’g’ri. 6. Samarali nazorat o’tkazishdagi fyel-atvor parametrlari. a) aniqlangan standartlarni belgilash; b) ikki tomonlama muloqotni belgilash; v) muloqotdan qochish; g) haddan tashqari nazoratdan qochish; d) chegarasiz nazorat joriy etish (nazorat zarar qilmaydi) ye) erishishning imkoni bo’lmagan standartlarni belgilash. 7. Nazorat natijalari bo’yicha menejer amalga oshiradigan hatti-harakatlar: a) hyech narsa qilmaslik; b) og’ishlarni bartaraf etish; v) ijrochilarni va mas’ul shaxslarni jazolash; g) standartlarni qayta ko’rib chiqish. 8. Nazoratning yakuniy maqsadi: a) axborotni to’plash, standartlarni belgilash va muammolarni aniqlash; b) tashkilot oldida turgan vazifalarni yechish 9. Tashkilotda nazorat o’tkazishning asosiy 4 bosqichini ko’rsating (to’g’ri javob variantni toping). Variant 1 ● nazorat qilinadigan ish joylarini aniqlash; ● ish joyining parametrlarini o’lchash; ● o’lchash natijalariga ishlov berish; ● natijalarni tahlil etish va ishni muvofiqlashtirish. Variant 2 ●tashkilot parametrlarini o’lchash; ● tarmoq standartlari bilan taqqoslash; ● natijalarni muvofiqlashtirish va nazorat jarayoniga o’zgartirishlar kiritish; ● yangi parametrlarni qayta nazorat qilish. Variant 3 ●nazorat qilinadigan standartlarni belgilash; ●tashkilot parametrlarini o’lchash; ● o’lchash natijalariga ishlov berish; ● natijalarni tahlil etish va ish jarayoniga o’zgartirishlar kiritish. 10.Turli faoliyatlarni (vazifalarni) amalga oshirishni yengillashtirish maqsadida kuzatish va tartiblashtirish jarayoni bu: a) rahbarlik; b) rejalashtirish; v) tashkil etish; g) motivlash; d) nazorat. 11. Joriy nazorat: a) ishni bajarish bilan birgalikda amalga oshiriladi; b) ish bajarilgandan keyin amalga oshiriladi; v)amaliy natijalarni o’lchashga asoslanadi; g) olinadigan natijalarni prognozlashga asoslanadi. 12. Qayta aloqa sistemasi imkon beradi: a) rahbariyatga belgilangan rejadan og’ishlarni aniqlashga; b) rahbariyatga ko’zda tutilmagan muammolarni aniqlashga; v) rahbariyat harakatlarini muvofiqlashga; g) maqsadga erishishning samarali yo’lini topishga. 13. Yakuniy nazorat doirasida qayta aloqa foydalaniladi: a) ish bajarilgandan keyin; b) nazorat qilinadigan faoliyat bajarilgandan keyin; v) amaliy natijalar olingandan so’ng muayyan vaqt o’tgandan keyin; g) ish bajarilish paytida. 14. Nazorat samarali bo’lishi uchun u: a) o’z vaqtida o’tkazilishi lozim; b) tarqoqlashgan bo’lishi lozim; v) yaxlit bo’lishi lozim; g) tez-tez o’tkazilishi lozim. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling