11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Natijalarni belgilangan standartlarga taqqoslash


Download 0.65 Mb.
bet34/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Natijalarni belgilangan standartlarga taqqoslash. Ushbu bosqichda menejer erishilgan natijalar kutishlarga qanchalik mos ekanligini aniqlaydi. Nazoratning ushbu bosqichida amalga oshiriladigan faoliyat nazorat sistemasining diqqatga sazovor qismi hisoblanadi. Ushbu faoliyat chetga chiqishlarning miqdorini aniqlashdan, natijalarni o’lchashdan, baholash natijalari to’g’risidagi axborotlarni yetkazishdan iborat.
Natijalarni o’lchash – bu standartlarga qanchalik amal qilinganligini aniqlashdir. Ushbu jarayon murakkab bo’lib, muayyan xarajatlarni talab qiladi. Natijalarni aniq baholash uchun nazorat sistemasi faoliyat turiga aniq mos bo’lishi lozim. Dastlab o’lchov birligini standartda ko’rsatilgan o’lchov birligiga moslab olishga to’g’ri keladi. Agar belgilangan standart –bu foyda bo’lsa, o’lchov birligi so’m yoki foiz bo’ladi. Agar ovoz berish jarayonida qatnashmaganlarni yoki ishdan bo’shatilgan xodimlarni ko’rsatmoqchi bo’lsak, ular foizlarda ifodalanadi.
Axborotlarni uzatish va tarqatish nazoratning samaradorligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Nazorat sistemasi samarali ishlashi uchun rahbariyat belgilangan standartlar va erishilgan natijalar to’g’risidagi ma’lumotlarni tashkilot xodimlariga o’z vaqtida yetkazishlari talab qilinadi. Bunday axborotlar qisqa, tushunarli va aniq bo’lib, samarali qaror qabul qilish uchun qulay bo’lishi lozim.
Taqqoslashning yakuniy bosqichi olingan natijalar to’g’risidagi axborotlarni baholashdan iborat. Nazoratchi ko’p sonli ma’lumotlardan qaror qabul qilish uchun muhimlarini tanlab oladi.
Aniqlangan kamchiliklar yoki muvaffaqiyatlar taqdimlash yoki jazolash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Nazorat insonlarni yaroqsiz axborotlarni uzatishga undashi ham mumkin. Masalan, yangi loyihani yoki yangi byudjetni taklif eta turib, menejerlar zaruriy resurslarning hajmini noto’g’ri baholashi va paydo bo’layotgan daromadlarni noto’g’ri aniqlashi mumkin.
Samarali nazoratni amalga oshirish uchun quyidagi mezonlarga amal qilinadi:
1.Xodimlar to’g’ri qabul qiladigan haqiqiy standartlarni belgilash.
2.Ikki tomonlama muloqotlarni o’rnatish.
3.Haddan tashqari kuchli nazoratdan qochish.
4.Erishish mumkin bo’lgan standartlarni belgilash.
5.Standart talablariga javob beradigan tovar va xizmatlarni sifatini ta’minlagan xodimlarni mukofotlash.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling