11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-MAVZU: Menejmentda nazorat Reja
- Inqirozli vaziyatlarni bartaraf etish.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Motivlashning mohiyati nimalardan iborat. 2. Motivlash bilan ehtiyojlar o’rtasida bog’lanish mavjudmi? Tushuntiring. 3. Ichki va tashqi taqdimlanishni qanday tushunasiz? 4. Maslou va Gertsberg nazariyalarining farqi nimada? 5. Motivlash bilan mehnatga haq to’lash o’rtasida qanday bog’lanish mavjud. 16-MAVZU: Menejmentda nazorat Reja: 16.1.Menejment tizimida nazoratning mohiyati. 16.2.Nazorat jarayoni. 16.3.Kontrolling. 16.4.Axborot sistemasining boshqaruv uchun ahamiyati. 16.1. Menejment tizimida nazoratning mohiyati. Nazorat - bu shunday jarayonki, bunda tashkilot rahbariyati o’zining qarorlarini to’g’riligini tekshiradi va ularni tartiblashtirishga, muvofiqlashtirishga zarurat mavjudligini aniqlaydi. Nazorat tashkilot maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi. Nazorat jarayoni standartlarni belgilashdan, amalda erishilgan natijalarni o’lchashdan, agar natijalar belgilangan standartlardan sezilarli farq qilsa, ularni moslashtirishdan iborat. Nazorat jarayoni tashkilotni muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi uchun muhim ahamiyatga ega. Nazorat bo’lmasa, tartibsizlik boshlanadi, guruhlarni faoliyatini birlashtirish va maqsad sari yo’naltirish imkoni bo’lmaydi. Shunday qilib, nazorat har-qanday tashkilotning ajralmas unsuri hisoblanadi. Rejalar va tashkiliy strukturalar – bu rahbariyat tashkilotni kelajakda fanday ko’rinishga ega bo’lishini tasavvur etish modeli hisoblanadi. Ko’p sonli ichki va tashqi vaziyatlar masalan, qonunlarning bozorlarning, raqobat shartalarining o’zgarishi, asosiy fondlarning jismoniy va ma’naviy eskirishi, insoniy va texnik resurslarning mos kelmasligi maqsadlarni amalga oshirishga to’sqinlik qilishi mumkin. Bunday o’zgarishlarga qarshi tadbir-choralarni qo’llash uchun tashkilot rahbariyati samarali ta’sir etish mexanizmini yaratishi lozim. Inqirozli vaziyatlarni bartaraf etish. Tahlil jarayonida aniqlangan muammolar, odatda, o’zaro bog’liq bo’ladi. Bunda rahbarning asosiy vazifasi muammolarni o’z vaqtida hal qilish va raqobatbardoshlikni pasayishiga, bozor ulushini qisqarishiga, bankrotlikga, ish tashlashga va boshqa shu kabi salbiy oqibatlarga yo’l qo’ymaslikdir. Bunday vaziyatlarda boshqaruvning nazorat funksiyasidan foydalanib, inqirozga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish lozim. Nazorat qilishning asosiy sababi shundan iboratki, har qanday tashkilot xatoliklarni o’z vaqtida qayd etishi va tashkilotga zarar yetkazmasdan oldinroq ularni bartaraf etishi lozim. Tashkilot rahbariyati amalda erishilgan natijalarni belgilangan rejalarga taqqoslab, tashkilot qaysi sohalarda muvaffaqiyatga qaysilarida mag’lubiyatga uchraganligini aniqlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Nazorat – bu boshqaruvning dolzarb va murakkab funksiyasi hisoblanadi. Tashkilotning faoliyatini hamma jihatlarini qamrab olinishi nazoratning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Sifat nazoratini faqat shu sohaning menejerlari bajarishi to’g’ri emas. Har bir rahbar o’zining mansabidan qat’iy nazar nazorat jarayoniga o’z xizmat burchlarining ajralmas qismi sifatida qarashi lozim. Якуний назорат Жорий назорат Дастлабки назорат Вақт Nazoratni boshqaruvning poydevori deb qarash mumkin. Nazoratning maqsadi amaldagi natijalarning maqsadlar talab qiladigan darajalarga mumkin qadar yaqin bo’lishini ta’minlashdan iborat. Nazoratlar amalga oshirilish vaqti bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Rasm 10.1. Rasm 16.1. Asosiy nazorat turlarini o’tkazilish vaqti. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling