11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Rasm 15.2. Maslou va Gertsberg nazariyalarining nisbati. F. Gertsberg nazariyasini boshqaruv amaliyotida qo’llanilishi
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
Rasm 15.2. Maslou va Gertsberg nazariyalarining nisbati.
F. Gertsberg nazariyasini boshqaruv amaliyotida qo’llanilishi Xodimlarning safarbarligini va samaradorligini oshirish uchun rahbar gigienik va motivlash omillarini inobatga olishi lozim. F. Gertsberg nazariyasiga muvofiq, gigiyenik omillarning mavjudligi xodimlarni motivlash uchun asos bo’la olmaydi. Gigiyenik omillarning mavjudligi ishdan qoniqmaslikni bartaraf etadi. Xodimlarning safarbarligini va samaradorligini oshirish uchun rahbar gigiyenik va motivlash omillarini inobatga olishi lozim. Ish beruvchilar ushbu nazariy xulosalarni mehnatni mazmunan “boyitish” dasturi yordamida amalga oshirishga harakat qiladilar. Dasturni amalga oshirish jarayonida bajariladigan ishlar ijrochiga qoniqish va mukofotlar keltirishi lozim. Gertsberg nazariyasidan samarali foydalanish uchun gigiyenik va motivlash omillarining ro’yxatini tuzish va xodimlar nimani afzal ko’rishini tanlash huquqini ularning o’zlariga qo’yib berish tavsiya etiladi. Jarayoniy nazariyalar. Ushbu nazariyalarda inson o’z maqsadlariga erishishi uchun o’z kuchini qanday taqsimlashi va shularga mos ravishda qanday fyel-atvorni tanlashi tahlil etiladi. Jarayoniy nazariyalarda ehtiyojlarning mavjudligi inkor etilmaydi, lekin insonlarning fyelini faqat ehtiyojlar belgilamasligi e’tirof etiladi. Jarayoniy nazariyalarga muvofiq, shaxsning xulq-atvori uni qabul qilishi, vaziyat bilan bog’liq ravishda kutishning funktsiyasi ekanligi nazarda tutiladi. Motivlashning 3 ta asosiy jarayoniy nazariyalari mavjud: kutish nazariyasi, odillik nazariyasi va Porter-Louler modeli. Kutish nazariyasi, asosan, Viktor Vrumning tadqiqotlari bilan bog’liq bo’lib, unga muvofiq insonning muayyan maqsadlariga erishishdagi dolzarb ehtiyojlarining mavjudligi yagona zaruriy motiv hisoblanmaydi. Inson o’zi tanlagan fyel-atvor haqiqatan qoniqish keltirishiga yoki istaklarini amalga oshirishga ishonishi va umid qilishi lozim. Kutishlar U yoki bu voqyealarni yuz berishini kutish va ularga insonlar beradigan baho sifatida qarash mumkin. Masalan, ko’pchilik insonlar ishonadiki, oliy o’quv yurtini tugatgandan so’ng yaxshi ishga joylashish mumkin va sidqidildan mehnat qilish xizmat mansablari bo’yicha ko’tarilish imkonini beradi. Mehnatga bo’lgan motivni tahlil etishda kutish quyidagi uchta o’zaro bog’liklarni muhimligini ta’kidlaydi: mehnat sarfi – natijalar; natijalar-taqdimlanish; valentlik (mukofotlardan qoniqish). Mehnat sarfiga nisbatan kutish-natijalar (S-N)- bu sarflangan mehnat bilan olingan natijalar o’rtasidagi nisbatdir. Agar insonlar sarflangan mehnat bilan erishiladigan natijalar o’rtasida to’g’ri bog’lanish mavjudligini his etmasalar ulardagi ishlash motivi pasayib boradi. Natijalarga nisbatan kutish – taqdimlanish (N-T) – bu erishilgan natijalarga javoban taqdimlanish demakdir. Ishchi o’z xizmat toifasini oshirib, ko’proq maosh oladi yoki yuqoriroq mansabga tayinlanishni kutadi. Valentlik – bu mukofot olishdan keyin paydo bo’ladigan qoniqish yoki qoniqmaslikni nazarda tutiladigan darajasidir. Agar valentlik past bo’lsa, ya’ni olinadigan mukofotning miqdori xodim kutganidan past bo’lsa, kutish nazariyasi ta’kidlaydiki, bunday vaziyatda mehnat faoliyatining motivi pasayib boradi. Agar xodim uchun omillarning ahamiyati past bo’lsa, motiv va mehnat faoliyatining natijalari past bo’ladi. Ushbu omillarning nisbatini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin (rasm 12.3.) = motivlash X X Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling