11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Raxbarlik uslubi tushunchasi
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
18.3. Raxbarlik uslubi tushunchasi.
Boshqaruv uslubi - bu ma’lum bir raxbarning boshqaruv jarayonida kullovchi o’ziga xos va o’zgarmas usul va xarakatlari yigindisidir. Mutlaqo o’xshash kishilar bo’lmagani kabi vazifalar ko’pligi sababli mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bo’lmaydi. Rahbar faqat o’ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o’ziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu ma’noda uslub rahbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, raxbar jamoaning natijaviy maqsadi ko’ra biladi va uni shu maqsad sari yo’naltiradi. Rahbar ishning mohiyatiga tushungan va uni chukur urgangan xolda mutaxassislar faoliyatini moxirona birlashtirish va yunaltirishi kerak. Zamonaviy uslub jamoaning xar bir a’zosi oldiga katta talab kuyadi, va shu bilan birga o’z-o’zidan mamnun bulish, ma’muriyatchilik, rasmiyatchilikni inkor kiladi. uslub ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ishlab chiqarishni boshkarish tamoyil va usullarini bilishi asosida shakllanadi va boshqaruv malakasi yigindisi kishilarni tashkil etish kunikmasi, shuningdek, shaxsiy tartiblilik bilan xarakterlanadi. Va, nixoyat, uslub boshqaruv xodimlarining ruxiy va psixologik xususiyatlari, kuchli iroda, kat’iylik, va kurkmaslik, boshka kishilar faoliyati ni yunaltira olish kabilarni kamrab oladi. Bundan tashkari raxbar tasavvur etish, aniq fikr yuritish, kayishkoklik, ilmiy fikrni tushuna olish va yetkaza olish kobiliyatiga ega bulishi kerak. Raxbar menejment, iktisodiyot va moliya, xukuk, soyiologiya va pedagogika asoslarini bilishi lozim. Bu fanlar butun menejmentga ilmiy karashlar tizimini yaratish imkonini beradi. Boshqaruv fakat ilmiy bilimlariga ega bulishni emas, balki boshkarish sn’atini bilishni xam talab kiladi. boshqaruv tashkil etish bilan kugullanuvchi avvalo o’z-o’zini tarbiyalay olishi, o’zini boshkara olishi zarur. Buning uchun u doimo va muntazam o’zini-o’zi tarbiyalashi kerak. Raxbar uslubi eshitish va ukish, so’zlash va yozish, ya’ni axborotni qabul qilish va uni boshkalarga o’zatish malakasida ifodalanadi. Raxbar uchun zarur bo’lgan sifatlar jumlasiga uning tashkilotchilik kobiliyati, ish kobiliyati, kuchi, xushmuomalaligi, irodaliligi kiradi. Obro’ga ega bo’lmay muvaffaqiyatli rahbarlik qilish mumkin emas, lekin obro’ga kuch bilan emas, ish bilan, qanday ishlashni o’z misolida ko’rsatish bilan, uni qanday bajarish haqida so’zlash bilan, faqat talabchanlik va qat’iylik bilan emas, bilim va ko’nikma orqali erishish mumkin. Boshqaruv san’atiga ega bo’lmagan raxbar qabul qilingan qarorlar samarali bo’lishini ta’minlay olmaydi. Lekin inson rahbar bo’lib tug’ilmaydi, balki ish jarayonida shakllanadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling