11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Download 0.65 Mb.
bet40/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

NAZORAT SAVOLLARI
1. Tashkiliy guruhlarning tasnifini keltiring.
2. Norasmiy tashkilotlarning axborot (kommunikatsiya) sistemasi qanaqa?
3. Norasmiy guruhlarga a’zo bo’lishning sabablari nima?
4. Rasmiy va norasmiy tashkilotlarning farqi nimada?
5. Qanday holatlarda qo’mitalardan foydalaniladi?


18-MAVZU. MENEJMENT MADANIYaTI VA USLUBLARI.


Reja:

18.1.Madaniyat va menedjment.


18.2.Menejment madaniyatining asosiy unsurlari.
18.3.Raxbarlik uslubi tushunchasi.
18.4.Menejmentda kullaniladigan uslublar.


18.1. Madaniyat va menejment.
«Madaniyat» tushunchasi rivojlanish darajasining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati, ayrim shaxs madaniyati, va nixoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati xaqida so’z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bulinadi. Shu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat fark kilinadi.
Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni buysundirish darajasi kursatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mexnat predmetlari kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, medisina xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar axlokiy meyorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday kilib, madaniyat insonning xam madaniy ishlab chiqarish, xam ma’naviy xayot soxasida rivojlanishi jarayonidagi yutuklarini kamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mexnati moxiyatidan iborat bulib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.
Menejment madaniyati inson madaniyatining tarkibiy kismi bulish bilan birga kator o’ziga xos xususiyatlarga xam ega. Madaniyatga ega bulish menejer uchun fakat zarur emas, balki shartdir, chunki xar bir tashkilotning xar bir bulinmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bulishlari kerak.
Menejment madaniyati darajasi xodimlar, ayniksa, menejerlar madaniyatini, menejmentjarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mexnat sharoitini aks ettiruvchi kursatkichlar buyicha baxolanadi. menejment madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman meyorlarga, jumladan, axlokiy, huquqiy, iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik meyorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chikaradi.
Axlokiy meyorlar insonning axlok va odob soxasidagi xulkini tartibga soladi. Ular jumlasiga ijtimoiy burchni to’g’ri tushunish, kishi urtasida insoniy munosabat va o’zaro xurmat, vijdonlilik, xakikatguylik, kamtarlik va x.k.lar kiradi. Boshqaruv jaaryonida axlokiy meyorlarga rioya qilish uning madaniyati yukori darajasidan dalolat beradi.
Menejmentda huquqiy meyorlar davlat-huquqiy va tashkiliy-huquqiy meyoriy xujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga daslvt korxonasi to’g’risida konun, tadbirkorlik xakida, mulk to’g’risida qonunlar kiradi. Lekin qonunlar xar bir korxonaning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga ololmaydi. Shu sababli, xar bir korxona, konunga asoslangan xolda, korxonada ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga oluvchi meyoriy koidalar urnatiladi.
Iktisodiy meyorlar korxona faoliyati jarayonida erishilishi lozim bo’lgan iktisodiy kursatkichlarni belgilaydi. Ular jumlasiga moliya-kredit meyorlari, ssudalar olish tartibi, amortizasiya meyorlari, maxsulotning xisoblangan baxosi, foyda meyori, rentabellik meyori, fondlar uchun tulovlar, byudjetga tulovlar, iktisodiy ragbatlantirish meyorlari kiradi.
Tashkiliy meyorlar tashkilot tarkibini, aloxida bulinma va shaxslar faoliyati tarkibi va tartibini ichki tartib faoliyat turlarini, xodimlar vazifalarini, axborotni kayta ishlash va foydalanish jarayonini belgilaydi.
Texnikaviy meyorlar korxonaning va uning bulinmalarining boshqaruv uchun zarur uskuna, texnika va transport vositalari, asboblar bilan kurollanganlik darajasini bildiradi.
Estetik talablar va meyorlar xam boshqaruv jarayonida kullaniladigan texnika vositalari va uskunalari, xam boshqaruv xodimlarini urab turuvchi tashki muxit uchun belgilanadi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling