Xodimlarni boshqaruvda qatnashishi (jalb etish) orqali ta’sir etish
Qatnashish orqali ta’sir etish ishontirish orqali ta’sir etishga qaraganda ham kengroq tarqalgan. Rahbar ijrochiga o’z fikrini va irodasini o’tkazish uchun hyech qanday bosim o’tkazmaydi. Rahbar tashkilot maqsadlarini qabul qilishga ijrochilarni ishontirish o’rniga jamoaning kuchini kerakli tomonga yo’naltiradi va erkin axborot almashishni qo’llab quvvatlaydi.
Rahbarning ham ijrochining ham harakatlarini va intilishlarini ekspert hokimiyati ular samimiy ishonadigan umumiy yo’nalishga birlashtirilishi mumkin. Insonlar o’zlari yaratgan maqsadlarni amalga oshirish yo’lida sidqidildan mehnat qiladilar.
Qaror qabul qilishda qatnashish – hokimiyat, bilimdonlik, muvaffaqiyat, o’zini-o’zi namoyon etish kabi yuqori darajali ehtiyojlarga asoslanadi. Shuning uchun bunday ehtiyojlar dolzarb bo’lgandagina ushbu usuldan foydalanish tavsiya etiladi.
19.3. Menejment uslubi.
Sardorlik nazariyasiga muvofiq, faol rahbarlar o’ziga xos shaxsiy sifatlarga ega. Agar hamma ijobiy insoniy sifatlar aniqlanganda, boshqa insonlar ushbu sifatlarni o’zlashtirib, samarali rahbarlarga aylangan bo’lar edilar. Aql va bilim, salobatli tashqi ko’rinish, rostgo’ylik, tashabusskorlik, iqtisodiy ijtimoiy ma’lumot saviyasi va yuqori darajada o’ziga ishonch – sardorlik sifatlarining to’liqsiz ro’yxati hisoblanadi.
Sardorlik sifatlarini o’rganishning uch xil yondashuvi mavjud – bu shaxsiy sifatlar nuqtai-nazaridan yondashuv, xulqiy yondashuv va vaziyatli yondashuv.
Shaxsiy sifatlar nuqtai-nazaridan yondashuv
Rahbarlik va sardorlik tadqiqot obyekti sifatida XX asrning boshlaridan o’rganila boshlandi. Lekin 1930-1950 yillardagina, birinchi marta, sardorlikni keng ko’lamda va uzluksiz ravishda o’rganishga kirishildi. Ushbu dastlabki tadqiqotlarning maqsadi samarali rahbarlarning shaxsiy sifatlarini o’rganishdan iborat edi.
Bundan tashqari sardorlar o’zlarining bilimi, dunyoqarashining kengligi, ishonchliligi, mas’uliyatni his etishi, faolligi va ijtimoiy-iqtisodiy statusi bilan ajralib turganligi aniqlangan.
1940 yillarda olimlar to’plangan ma’lumotlarni shaxsiy sifatlar va sardorlik nuqtai-nazaridan o’rgana boshladilar. Lekin yuzlab o’tkazilgan tadqiqotlarga qaramay, olimlar sardorlarni sifatlarining yakuniy ro’yxatini yarata olmadilar. Ba’zi tadqiqotlarda faqat 5% sardorlik sifatlari o’rganilganligi ta’kidlangan bo’lsa, boshqalarida (1948y. M.Stogdill) ushbu yo’nalishdagi tadqiqotlar qarama-qarshi natijalar berayotganligi aytilgan. Bundan tashqari sardorlar o’zlarining bilimi, dunyoqarashining kengligi, ishonchliligi, mas’uliyatni his etishi, faolligi va ijtimoiy-iqtisodiy statusi bilan ajralib turganligi aniqlangan. Lekin shu bilan birgalikda samarali rahbarlar har xil vaziyatlarda o’zlarida turli shaxsiy sifatlarni aniqlaganlar. M. Sdogdill xulosa qiladiki, rahbarning shaxsiy sifatlarining tarkibi uning shaxsiy sifatlariga, faoliyatiga va unga bo’ysunuvchilarning vazifalariga nisbatan tahlil etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |