11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Demokratik rahbarlik hokimiyatni taqsimlab berish bilan ifodalanadi va xodimlar tashkilotni boshqarishda faol ishtirok etadi
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayotiy tsikl nazariyasi (sardorlik nazariyasi)
Demokratik rahbarlik hokimiyatni taqsimlab berish bilan ifodalanadi va xodimlar tashkilotni boshqarishda faol ishtirok etadi.
Demokratik rahbar yuqori tabaqa ehtiyojlariga asoslanib, bo’ysunuvchilarga ta’sir o’tkazishga harakat qiladi. Bular guruhga tegishli bo’lish, yuqori maqsadlarni bajarish, mustaqillik va o’zini-o’zi namoyon etish ehtiyojlaridir. Haqiqiy demokratik rahbar bo’ysunuvchilarga o’z irodasini majburlab o’tkazishga harakat qilmaydi. Demokratik uslub yordamida boshqariladigan tashkilotdagi vakolatlar yuqori darajada markazlashmagan bo’ladi. Bo’ysunuvchilar qaror qabul qilishda keng erkinliklarga ega bo’ladilar. Demokratik rahbarlik hokimiyatni taqsimlab berish bilan ifodalanadi va xodimlar tashkilotni boshqarishda faol ishtirok etadi. Liberal rahbarlik rahbarning boshqaruv jarayonida minimal ishtiroki bilan ifodalanadi, guruh o’z qarorlarini qabul qilishda to’liq erkinlikka ega bo’ladi. Ye’tiborni ishga qaratadigan rahbar avvalambor, o’z diqqat e’tiborini topshiriqni bajarilishini rejalashtirishga qaratadi va ish to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Mehnat unumdorligini oshirish uchun mukofotlash sistemasini yaratishga harakat qiladi. Ye’tiborni insonga qaratadigan rahbar insoniy munosabatlarni takomillashtirish asosida mehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladi. Diqqat-ye’tiborni insonlarga qaratadigan rahbar o’zaro yordam muhitini yaratishga, qaror qabul qilishda ko’proq insonlarni ishtirok etishni tashkil qilishga, mayda-chuydalarga e’tibor bermaslikka va yuqori darajadagi mehnat unumdorligini belgilashga harakat qiladi. Bunday rahbar bo’ysunuvchilarning ehtiyojlariga jiddiy e’tibor beradi, ularning muammolarini echishga harakat qiladi, malakaviy o’sishini qo’llab-quvvatlaydi. Rasm 19.3. R.Bleyk va D.Moutonning uslublar matritsasi Demokratik yoki insonga yo’naltirilgan boshqaruv uslubi avtoritar boshqaruv uslubiga qaraganda afzalroq hisoblanadi. Hayotiy tsikl nazariyasi (sardorlik nazariyasi) Alohida insonlarning va guruhlarning etukligi deganda ularni o’z xulq-atvori uchun mas’uliyatni his etishi, belgilangan maqsadlarga erishish istagi, bajariladigan vazifaga nisbatan ijrochining ma’lumoti va ko’nikmalari tushuniladi. Pol Xersi va Ken Blanshar sardorlikning vaziyatli nazariyasini yaratdilar va unga hayotiy tsikl nazariyasi deb nom berdilar. Ushbu nazariyaga muvofiq sardorlikning eng samarali uslublari ijrochilarning “yetukligiga” bog’liq. Etuklik deganda ijrochilarning yoshi bo’yicha toifasini tushunmaslik lozim. Alohida insonlarning va guruhlarning etukligi deganda ularni o’z xulq-atvori uchun mas’uliyatni his etishi, belgilangan maqsadlarga erishish istagi, bajariladigan vazifaga nisbatan ijrochining ma’lumoti va ko’nikmalari tushuniladi. Yetuklik tushunchasi shaxsning yoki guruhning o’zgarmas sifati emas, balki u muayyan vaziyatning tafsiloti hisoblanadi, bajariladigan vazifaga bog’liq ravishda shaxslar va guruhlar har xil etuklik darajasini namoyish etadilar. Rahbar esa shaxsning va guruhning maqsadga intiluvchanligini baholab, xulq-atvor mas’uliyatini hamda bilim tajribasini e’tiborga olib, ularning etuklik darajasini aniqlaydi. Ushbu subyektiv baholashlar asosida rahbar shaxsning yoki guruhning nisbiy etukligini baholaydi. Ijrochilarning muayyan darajasiga mos keladigan, rasm 12.4.da ko’rsatilganidek, sardorlikning to’rtta uslubi mavjud: ko’rsatmalar berish, “sotish”, “qatnashish”, vakolatlarni berish. Birinchi uslub S1 rahbarning ko’proq - vazifalarning bajarilishiga kamroq – insoniy munosabatlarga e’tibor berishini talab qiladi. Ushbu usul “ko’rsatmalar berish” deb ataladi va etukligi past bo’lgan ijrochilarga nisbatan qo’llash tavsiya etiladi. Ushbu usul o’z o’rniga ega, chunki bo’ysunuvchilar topshirilgan vazifalar bo’yicha javob berishni istamaydilar yoki javob berish qobiliyatiga ega emaslar, shuning uchun ushbu vaziyatga mos ravishda ko’rsatmalar, rahbarlik va jiddiy nazorat talab qilinadi. Ikkinchi talab S2 – “sotish” – rahbarning boshqaruv uslubi yuqori darajada vazifalarga va munosabatlarga yo’naltirilgan va teng taqsimlangan. Ushbu vaziyatda bo’ysunuvchilar mas’uliyatni o’z zimmasiga olishni istaydilar, lekin o’rtacha etuklik darajasiga ega ekanliklari tufayli bunday qila olmaydilar. Shunday qilib, rahbar vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan xulq-atvorni tanlaydi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling