11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Download 0.65 Mb.
bet47/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Yekspert hokimiyati. Ekspert hokimiyati quyidagicha ta’sir qiladi. Ijrochi ishonadiki, ta’sir etuvchi ushbu loyiha yoki muammo bo’yicha maxsus bilimlarga ega. Ijrochi rahbarning bilimlari qiymatga ega ekanligini tushunadi. Ushbu vaziyatda rahbarning ta’sirlarini ijrochi matniqan to’g’ri qabul qiladi va ongli ravishda e’tirof etadi. Odatda rahbarlar bunday ishonchga o’zlarining o’tmishdagi yutuqlari tufayli sazovor bo’ladilar. Ushbu yutuqlar qanchalik ulug’vor bo’lsa, rahbarning hokimiyati ham shunchalik kuchli bo’ladi.
Ishontirish orqali ta’sir etish
Ijrochini faol harakat qilishga undovchi ta’sirning ikki turdagi shakli mavjud. Bular – ishontirish va qatnashishdir. Zamonaviy boshqaruvchilar ushbu ikki shakldagi ta’sir etish ko’nikmalarini takomillashtirish orqali samarali rahbarlarga aylanishlari mumkin.
Yeng samarali ta’sir etish usullaridan biri – bu ishontirishdir. Ishontirish usuli namuna va ekspert hokimiyatlariga o’xshaydi. Lekin ushbu usulda ijrochi o’zini nima qilayotganini yaxshi tushunadi. Ishontirish orqali ta’sir qiladigan rahbar ijrochiga nima qilish kerakligini aytmaydi, - balkim nima qilish kerakligini “sotadi”.
Ishontirish orqali samarali ta’sir etish quyidagicha amalga oshiriladi.3
1. Eshituvchining ehtiyojlarini to’g’ri aniqlang va xodimga ta’sir etishda ushbu ehtiyojlarga tayaning.
2.Suhbatni shunday mavzudan boshlangki, u albatta eshituvchiga ma’qul kelsin.
3.Katta ishonch to’g’diruvchi obrazni yaratishga harakat qiling.
4.Keragidan biroz ko’proq mablag’ so’rang (ishontirish uchun yon berishga to’g’ri keladi, agar dastlab keragidan ko’proq so’rasangiz, haqiqatan o’zingizga kerak bo’ladigan mablag’ga ega bo’lasiz). Agar haddan tashqari ko’p so’rasangiz ushbu usul o’zingizga qarshi ishlaydi.
5. Avvalambor, eshituvchining manfaatlarini ko’zlab, gapiring. Suhbat jarayonida “siz” so’zining tez-tez ishlatilishi eshituvchiga uning ehtiyojlarini qondirilishi uchun undan nima talab qilinayotganini tushuntiradi.
6. Agar muammoga nisbatan har-xil fikrlar mavjud bo’lsa, yakunlovchi bo’lib, so’zga chiqing, chunki oxirgi dalillar eshituvchilarga ko’proq ta’sir qiladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling