11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Download 0.65 Mb.
bet55/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

20.2. NIZO JARAYoNI.
Nizoning model ko’rinishdagi tasviri 13.1-rasmda keltirilgan. Undan ko’rinadiki, bir yoki bir necha nizo manbalarining mavjudligi boshqaruv jarayonida nizolarning paydo bo’lish ehtimolini oshiradi. Ba’zan insonlar nizoning potentsial foydasi u talab qiladigan xarajatlarni qoplamasligini tushunib, chekinadilar.




Rasm 20.1. Nizo jarayonining modeli
Nizo odatda qarshi tomonni yoki betaraf vositachini ishontirishga harakat qilishda yuz beradi. Inson boshqalarni o’z nuqtai-nazarini qabul qilishga ishontirishga majburlash, mukofotlash, an’analar, ekspert-so’roq usuli, xarizma, ishontirish yoki qatnashish yordamida harakat qilib ko’rishi yoki nizolarning jarayon sifatida keyingi bosqichi – ularni boshqarishga harakat qilishi mumkin. Nizoni qanchalik samarali boshqarilishiga qarab, uning oqibatlari funktsional yoki disfunktsional bo’ladi.
Nizoning funktsional oqibatlari. Muammo shunday echilishi mumkinki, uning echimi hamma tomonlar uchun ma’qul keladi, natijada ko’proq insonlar o’zlarini muammoni echimini topishga aloqador deb hisoblaydilar. Bu muammoning echimiga to’sqinlik qiladigan qiyinchiliklarni – dushmanlikni, nohaqlikni va o’z irodasiga qarshi borishni bartaraf etadi.
Nizo jamoaviy fikrlash imkoniyatini va itoatkorlikni pasaytiradi. Bu o’z navbatida qaror qabul qilish jarayonining sifatini oshiradi, chunki vaziyatga tegishli qo’shimcha axborotlar va “tashhyezlar” nizolarning sababini yaxshiroq tushunishga yordam beradi, sabab va oqibatlar aniqlanadi va ularni baholashning qo’shimcha mezonlari yaratiladi.
Nizoning disfunktsional oqibatlari. Agar nizoni boshqarishning samarali yo’li izlab topilmasa, unda quyidagi disfunktsional oqibatlar yuzaga keladi:
1. Ishdan qoniqmaslik, yomon kayfiyat, kadrlar qo’nimsizligining o’sishi va mehnat unumdorligining pasayishi.
2. Kelajakda hamkorlik darajasining pasayishi.
3. O’z guruhiga sodiqlik va tashkilotning boshqa bo’limlari bilan samarasiz raqobatlashish.
4. Boshqa tomonlarga dushman deb qarash, o’z maqsadlariga ijobiy boshqalarning maqsadlariga salbiy munosabatda bo’lish.
5. Nizoli tomonlar o’rtasida o’zaro harakatlarni va muloqotlarni barham topishi.
6. Nizoli tomonlar o’rtasida adovatni ko’chayishi.
7. Tashkilot maqsadlarini bajarishga qaraganda nizoli tomon ustidan g’alaba qozonishga ko’proq e’tibor berish.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling