11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Resurslar cheklanganligi tufayli har bir rahbar ushbu resurslarni boshqalarga emas, aynan unga ajratilishi kerakligini rahbariyatga tushuntirmoqchi bo’ladi


Download 0.65 Mb.
bet54/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Resurslar cheklanganligi tufayli har bir rahbar ushbu resurslarni boshqalarga emas, aynan unga ajratilishi kerakligini rahbariyatga tushuntirmoqchi bo’ladi.


Shaxslararo nizo. Ushbu nizo turi ham juda keng tarqalgandir. U tashkilotlarda turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Odatda rahbarlarning cheklangan resurslar, kapital, ishchi kuchi, jihozlardan foydalanish vaqti, loyihalar uchun kurashi bunga misol bo’ladi. Resurslar cheklanganligi tufayli har bir rahbar ushbu resurslarni boshqalarga emas, aynan unga ajratilishi kerakligini rahbariyatga tushuntirmoqchi bo’ladi. Shaxslararo nizolar shaxs bilan shaxs to’qnashuvi shaklida ham namoyon bo’lishi mumkin. Har xil xulq-atvorga, tavsifga va qadriyatlarga ega insonlar o’zaro murosa qila olmaydilar. Odatda bunday insonlarning maqsadlari va qarashlari tubdan farq qiladi.
Shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizo. Amaliyotda o’tkazilgan tajribalardan ma’lum bo’ldiki, agar guruhning kutishlari shaxsning kutishlaridan farq qilsa ham, nizo albatta yuz beradi.
Guruhlararo nizo. Tashkilot ko’p sonli rasmiy va norasmiy guruhlardan tashkil topadi. Tajribalardan ma’lumki, ushbu guruhlar o’rtasida nizolar yuz berishi mumkin. Rahbariyat bizga nisbatan odilona munosabatda bo’lmayapti, deb o’ylaydigan norasmiy tashkilotlar o’zaro kelishib, ish tashlashlar orqali ta’sir o’tkazishga harakat qilishi mumkin. Tashkilot ichidagi funktsional guruhlar ham odatda o’zaro kelishmay qoladilar. Masalan, yangidan paydo bo’ladigan xizmat burchlarini bajarish bo’yicha yoki ba’zi ishchilarning ish haqini oshishi boshqalarida esa o’zgarmay qolishi va h.k.
Nizo sabablari
Hamma nizolarning bir necha sabablari mavjud. Taqsimlanadigan resurslarning cheklanganligi, maqsadlarning, tasavvurlarning, qadriyatlarning, xulq-atvorning, bilim darajasining har xilligi va samarasiz kommunikatsiyalar nizolarning asosiy sabablari hisoblanadi.
Resurslar taqsimoti. Hattoki ulkan tashkilotlarda ham resurslar cheklangan bo’ladi. Rahbariyat tashkilotning maqsadlarini samarali bajarish uchun materiallarni, insoniy va moliyaviy resurslarni ratsional taqsimlashni amalga oshirishi lozim. Umumiy resurslarning katta qismini bitta rahbarga yoki guruhga taqsimlanishi boshqalarga kamroq resurs to’g’ri kelishidan darak beradi. Shunday qilib, resurslarni taqsimlash zaruriyati odatda nizolarning turli ko’rinishlarini paydo bo’lishiga olib keladi.
Vazifalarning o’zaro bog’liqligi. Yakka insonning yoki guruhning vazifalarining bajarilishi boshqa insonlarga yoki guruhlarga bog’liq bo’lsa, albatta nizoli vaziyat vujudga keladi. Agar yangi mahsulotni yaratish uchun mehnat qilayotgan oltita muhandisning bittasi yaxshi ishlamasa, qolgan beshta muhandis ushbu hol ularning faoliyat natijasiga salbiy ta’sir etishi mumkin deb hisoblaydilar. Bu yaxshi ishlamaydigan muhandis bilan guruh o’rtasidagi nizoga sabab bo’ladi. Hamma tashkilotlar o’zaro bog’liq unsurlardan iborat sistema deb qaralishi tufayli bitta bo’linmaning yoki xodimning yomon ishlashi, vazifalarning o’zaro bog’liqligini nazarda tutadigan bo’lsak, nizoli vaziyatning sababiga aylanishi mumkin.

Tashkiliy strukturalarning va munosabatlarning ba’zi turlari vazifalarning o’zaro bog’liqligi tufayli paydo bo’ladigan nizolarni ya’ni shtab va chiziqli xodimlar o’rtasidagi nizolarni paydo bo’lishiga turtki bo’ladi.


Tashkiliy strukturalarning va munosabatlarning ba’zi turlari vazifalarning o’zaro bog’liqligi tufayli paydo bo’ladigan nizolarni ya’ni shtab va chiziqli xodimlar o’rtasidagi nizolarni paydo bo’lishiga turtki bo’ladi. Bunday nizoning sababi ishlab chiqarish munosabatlaridir. Bir tomondan chiziqli xodimlar shtab xodimlariga bog’liq, chunki ular mutaxassis maslahatiga muhtoj. Boshqa tomondan shtab xodimlari chiziqli xodimlarga bog’liq, chunki ishlab chiqarish nosozliklari ma’lum bo’lganda ularni chiziqli xodimlar qo’llab-quvvatlashi lozim. Nizolarning paydo bo’lish ehtimoli funktsional va matritsali strukturalarda ham juda yuqori, chunki har bir ulkan funktsiya asosan o’z sohasining ixtisoslashuviga e’tibor beradi.
Maqsadlarning har xilligi. Tashkilotning ixtisoslashuv darajasi va bo’linmalar soni oshib, borgan sari nizoning yuz berish ehtimoli ham oshib boradi. Chunki ixtisoslashgan bo’linmalar o’z maqsadlarini o’zlari shakllantiradilar va tashkilot maqsadlariga qaraganda o’z bo’linmalarining maqsadlarini bajarishga ko’proq e’tibor beradilar.
Qadriyatlarning har xilligi. Muayyan vaziyatni tasavvur etish muayyan maqsadlarni amalga oshirish ishtiyoqi bilan bog’liq. Insonlar vaziyatni obyektiv baholash o’rniga ular o’zlariga va o’zlarini guruhiga ma’qul keladigan alternativlarni, vaziyatlarni, yondashuvlarni ko’radilar. Qadriyatlarning har xilligi tufayli paydo bo’ladigan nizolar ham tajribada ko’plab uchraydi.
Qoniqarsiz kommunikatsiyalar. Axborotning manzilga noaniq etib borishi nizoning ham sababi, ham oqibati bo’lishi mumkin. U yakka insonlarga va guruhlarga vaziyatni tushunishga xalaqit berib, ularni bir-biriga qarshi kurashishga undaydi. Ushbu muammolar rahbarda aniq axborotni yaratish va uni bo’ysunuvchilarga o’z vaqtida etkazish tadbir-choralarini yaratish qobiliyati mavjud emasligi oqibatida yanada chuqurlashishi mumkin.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling