11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI 1.
- 20-Mavzu: Nizo va stresslarni boshqarish Reja
Rasm 19.4. Vaziyatni boshqarishning Xersi va Blanshar modeli.
Uchinchi uslub S3 o’rtacha etuklik darajasi bilan tavsiflanadi. Ushbu vaziyatda bo’ysunuvchilar vazifalarning bajarilish mas’uliyatini o’z zimmalariga olishlari uchun bilim va tajriba (yetuklik) etarli, lekin ular mas’uliyatdan qochadilar. Vazifalarni bajarishga past va insoniy munosabatlarga yuqori darajada yo’naltirilgan sardorlik uslubini o’zida uyg’unlashtiradigan rahbarlar qaror qabul qilish jarayoniga xodimlarni jalb etishga to’g’ri keladi, chunki bo’ysunuvchilar ishni qanday bajarishni yaxshi biladilar, ularga aniq ko’rsatma berishning zaruriyati yo’q. To’rtinchi uslub S4 yuqori darajadagi etuklik bilan tavsiflanadi. Ushbu vaziyatda bo’ysunuvchilar mas’uliyatni o’z zimmalariga olishni istaydilar va uni bajara oladilar. Bunday vakolatlarni ijrochilarga taqsimlab berishga ham insoniy munosabatlarga ham past darajada yo’naltirilgan xulq-atvorga amal qilishi mumkin. Ushbu uslub etuk ijrochilar mavjud bo’lgan vaziyatda o’z o’rniga ega, chunki ular o’z ishlarini yaxshi biladilar va vazifalarni bajarishga yuqori darajada jalb etilganliklarini his etadilar. Natijada rahbar bo’ysunuvchilarga faqat imkon yaratadi, ularni qo’llab-quvvatlashning ham, ko’rsatma berishning ham zaruriyati yo’q. NAZORAT SAVOLLARI 1. Hokimiyatni, ta’sirlarni, sardorlikni tavsiflang. 2. Boshqaruvda hokimiyatning zaruriyati nimalardan iborat? 3. Hokimiyat shakllarini ayting. Ularning har biriga qisqacha tavsif bering. 4. Sardorlikning mazmun mohiyatini tushuntiring, sardorlikka yondashuvlarni ayting. 5. Hayotiy tsikl nazariyasi (sardorlik nazariyasi) nimalarga asoslanadi? 20-Mavzu: Nizo va stresslarni boshqarish Reja: 20.1.Boshqaruvda nizolarning tabiati. 20.2.Nizo jarayoni. 20.3.Nizoli vaziyatni boshqarish. 20.4.Tashkiliy o‘zgarishlarning mohiyati. 20.5.O‘zgarishlarni boshqarish. Boshqaruvning zamonaviy nazariyotchilari tashkilotda nizolarning mavjud emasligini yaxshi holat deb hisoblamaydilar. Tashkilot – bozor subyekti bo’lib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillar ta’sirida dinamik rivojlanadi. Tashkilot bozorda o’z mavqyeiga ega bo’lishi uchun o’zini bozor qatnashchilariga tanishtirishi va raqobatbardosh bo’lishi lozim. U o’z vaziyatida qoniqqan statik o’zgarmas bo’lib qololmaydi. Aksincha, rahbariyat faollik ko’rsatib, yangiliklarga yo’l ochib berishi va tashqi muhit o’zgarishlariga javob berishi lozim. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling