11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Download 0.65 Mb.
bet49/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Vaziyatli yondashuv

O’tkazilgan tadqiqotlarning natijalarini umumlashtirgan olimlar guruhi ta’kidlaydiki, yagona “muqobil” rahbarlik uslubi mavjud emas.



Rahbar tashkilot maqsadlarini qabul qilishga ijrochilarni ishontirish o’rniga jamoaning kuchini kerakli tomonga yo’naltiradi va erkin axborot almashishni qo’llab quvvatlaydi.


Zamonaviy olimlar qanaqa xulqiy uslublar va shaxsiy sifatlar muayyan vaziyatlarga mos kelishini aniqlashga harakat qilmoqdalar. Tadqiqot natijalari ko’rsatadiki, turli vaziyatlar turli tashkiliy strukturalarni talab qilgani kabi, boshqaruv vaziyatlari ham turlicha boshqaruv usullarini talab qiladi. Bu rahbar-sardor har xil vaziyatlarda o’zini turlicha tutishi kerakligini bildiradi.
Xulqiy yondashuv
Xulqiy yondashuv rahbarlik uslublarining tasnifi yoki xulqiy uslublar uchun asos yaratdi. Bu sardorlikni murakkab tomonlarini tushunish yo’lida qo’yilgan jiddiy qadam hisoblanadi. Sardorlikka xulqiy yondashuv nazariyasiga muvofiq, samaradorlik rahbarning shaxsiy sifatlari bilan belgilanmaydi, balkim bo’ysunuvchilarga nisbatan xulqiy munosabatlar bilan aniqlanadi. O’tkazilgan tadqiqotlarning natijalarini umumlashtirgan olimlar guruhi ta’kidlaydiki, yagona “muqobil” rahbarlik uslubi mavjud emas. Boshqaruv uslubining samaradorligi muayyan vaziyatning tafsilotlariga bog’liq, vaziyat o’zgarganda unga mos keladigan uslub ham o’zgaradi deyish, haqiqatga yaqinroq hisoblanadi.
Xulqiy yondashuvning sardorlik nazariyasiga qo’shgan hissasi shundan iboratki, u rahbarlik uslubining tasnifini tuzishga va ularni tahlil etishga yordam berdi ya’ni, rahbar bo’ysunuvchilar bilan o’zini qanday tutishini ko’rsatdi.
Boshqaruvda rahbarlik uslubi – bu bo’ysunuvchilarni tashkilot maqsadlarini bajarishga undash, jalb etish uchun rahbarning odatdagi xulq-atvor yo’nalishidir. Vakolatlarni taqsimlab berish darajasi, rahbar foydalanadigan hokimiyat shakli, insoniy munosabatlar yoki vazifalarni bajarilishi to’g’risidagi g’amho’rlik – bularning hammasi muayyan sardorni rahbarlik uslubini aks ettiradi.
Har bir tashkilot maqsad va vazifalarning antiqa majmuasi hisoblanadi. Har bir rahbar bir qator sifatlarga ega takrorlanmas shaxsdir. Shu sababli rahbarlik uslubini hamma vaqt ham ma’lum bir toifaga tegishli deb aytib bo’lmaydi. Ushbu yondashuvning maqsadini aniqlaydigan va tajribada keng qo’llaniladigan ikki sistema mavjud. Tasniflashning an’anaviy sistemasiga muvofiq avtokratik (chap chegara) va leberal (o’ng chegara), ya’ni ishga yoki insonga e’tibor beruvchi uslub bo’lishi mumkin (rasm 16.2.)



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling