11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Taqdimlashga asoslangan hokimiyat


Download 0.65 Mb.
bet46/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Taqdimlashga asoslangan hokimiyat
Taqdimlash asosida boshqarish – boshqa insonlarning xulqiga ta’sir etishning eng qadimiy va samarali usulidir. Taqdimlashga asoslangan hokimiyat ijrochiga ijobiy ta’sir etish orqali uning xulqini tashkilot maqsadlariga moslashtirishni nazarda tutadi. Ijrochi ham bunday ta’sirga qarshilik ko’rsatmaydi, chunki u talab qilinadigan xulq-atvorga amal qiladigan bo’lsa, u yoki bu shakldagi mukofotga sazovor bo’lishini yaxshi biladi.
O’z fyel-atvorini tashkilot maqsadlarini bajarish uchun mos ko’rinishga keltira olgan xodimga beriladigan mukofot qiymati uning kutishlariga mos bo’lishi va ehtiyojlarini qondirishi lozim.
Taqdimlashga asoslangan hokimiyat kuchli ta’sirga ega bo’ladi qachonki, rahbar bo’ysunuvchining nimani mukofot deb qabul qilishini aniq bilsa va amalda ushbu mukofotni taqdim eta olsa. Pul va mansab hamma vaqt inson xulqiga ijobiy ta’sir etavermaydi. Shuning uchun yaxshi rahbar xodimlarning xulqiga ta’sir etishning boshqa usullarini ham bilishi va ulardan samarali foydalana olishi lozim.
Qonuniy hokimiyat. An’analar asosida ta’sir etish

Tashkilotning ichki va tashqi madaniyatiga va rahbariyatiga bo’ysunish ijobiy xulqiy me’yor hisoblanadi”, degan fikr xodimlarning ongiga singib borsagina, an’analar orqali ta’sir etish samarali bo’ladi.


An’ana – keng tarqalgan ta’sir etish vositasi hisoblanadi. Rahbar ijrochining himoya va guruhga tegishli bo’lish ehtiyojini qondirish uchun an’analardan foydalanadi. Ushbu usul ijrochi o’z ehtiyojlarini rahbar qondirishi mumkinligiga ishonib, undagi qadriyatlar ro’yxatidan o’rin olgan bo’lsagina, yaxshi natija beradi. Shuning uchun “Tashkilotning ichki va tashqi madaniyatiga va rahbariyatiga bo’ysunish ijobiy xulqiy me’yor hisoblanadi”, degan fikr xodimlarning ongiga singib borsagina, an’analar orqali ta’sir etish samarali bo’ladi. An’analar ayniqsa, rasmiy tashkilotlar uchun muhim ahamiyatga ega. Xodimlarni rahbar tomonidan mukofotlanishi yoki jazolanishi ularning buyruq berish vakolatini mustahkamlaydi. An’analar hozirgi paytda ham keng tarqalgan rasmiy ta’sir etish usullaridan bo’lib qolmoqda, chunki qo’rquvga asoslangan ta’sirga nisbatan ijobiy ta’sirlar samarali hisoblanadi. Inson an’analarga asoslangan hokimiyat ta’sirini e’tirof etadigan bo’lsa, u muayyan ijtimoiy guruhga tegishli ekanligini his etadi. Ushbu his-tuyg’u ijtimoiy himoya va xavfsizlik ehtiyojlarini qondiradi.
Namuna hokimiyati (xarizma) – bu sardorning qobiliyatlariga yoki shaxsiy sifatlariga asoslangan hokimiyatdir. Namuna hokimiyati yoki xarizmatik ta’sirlar ijrochining xarizmatik xususiyatlarga ega shaxsga (namunaga) o’xshashga harakat qilishi va muayyan guruhga a’zo bo’lishga intilishi hamda hurmat-ye’tibor qozonish ehtiyoji bilan aniqlanadi. Shaxsni inobatga olmaydigan “mansab” ta’siriga nisbatan farqli xarizmatik ta’sirlar – butunlay shaxsiydir. Hattoki, ijrochi va sardor hyech qachon uchrashmagan bo’lsa ham, ularning munosabatlari ijrochining tasavvurida teng huquqli hisoblanadi. Ijrochi o’zi bilan sardor o’rtasida o’xshash tomonlar ko’p deb o’ylaydi.
Xarizmatik shaxslarning tavsifi:
Yenergiya almashuvi. Atrofdagilarda ushbu shaxslar o’zidan energiya tarqatadi va insonlarni o’ziga jalb etadi degan fikr paydo bo’ladi;
Salobatli tashqi ko’rinish. Xarizmatik shaxsning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lishi shart emas, lekin u albatta, jozibador bo’ladi;
Xulqiy mustaqillik. Ushbu insonlar hayotiy farovonlik va hurmatga sazovor bo’lish uchun kurashda boshqalarning kuchiga suyanmaydilar;
Rivojlangan nutqiy qobiliyat. Ushbu insonlar ravon so’zlash va shaxslararo munosabatlarni yo’lga qo’yish qobiliyatiga ega.
Maqtovlardan esankirab qolmaslik. Ular maqtovlar ta’sirida o’zlarini yo’qotib qo’ymaydilar, “yulduzlar” kasalligiga duchor bo’lmaydilar. Ular o’zlarini ishonch bilan munosib tutadilar.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling