11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-MAVZU: Rahbarlik. Hokimiyat va shaxsiy tasirlar
O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar:
1.Raxbarlik uslublari va turlari. 2.Madaniyatning kanday turlari bor? 3.Mulokot olib borishda madaniyat. 4.Boshqaruv qarorlarini qabul qilish madaniyati. 5.Boshqaruv usullaridan foydalanishda raxbarning uslubi. 19-MAVZU: Rahbarlik. Hokimiyat va shaxsiy ta'sirlar 19.1.Rahbarlikning qirralari: hokimiyat, ta'sirlar, sardorlik. 19.2.Hokimiyat shakllarining tasnifi. 19.3.Menejment uslubi. 19.1. Rahbarlikning qirralari: hokimiyat, ta'sirlar, sardorlik. Tashkilot rahbari – bir vaqtning o’zida sardor va ijrochilarni samarali boshqaradigan insondir. Uning maqsadi xodimlarning fyel-atvoriga ta’sir etib, tashkilotga yuklatilgan vazifani ularga bajartirishdan iborat. Rahbarlik – samarali boshqaruvning muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi. Sardorlik – bu tashkilot maqsadlarini bajarish uchun yakka insonlarning va guruhlarning harakatlarini muvofiqlashtirish yo’lida ularning faoliyatiga ta’sir etish qobiliyatidir. Samarali sardorlar hamma vaqt ham samarali rahbar bo’lavermaydi. Ta’sir – bu bir insonning boshqa insonlarni xulqiga, munosabatlariga, his-tuyg’ulariga o’zgartirish kiritish yo’lidagi harakatlaridir. Insonlarning xulqiga har xil usullar bilan ta’sir etish mumkin. Bular: iltimos qilish, rahmini keltirish, qo’rqitish va boshqa shu kabilar. Hokimiyat – bu boshqalarning xulqiga ta’sir etish imkoniyatidir. Boshqaruv jarayonida hokimiyat zaruriyati paydo bo’ladi. Кўпчилик раҳбарлар ўз ташкилотидан ташқари таъминотчиларга, буюртмачиларга, рақобатчиларга, давлат ташкилотларига ва касаба уюшмаларига боғлиқ. Rahbarga rasmiy vakolatlarga qo’shimcha ravishda vakolatlar talab qilinadi. Chunki rahbarning funktsiyalari turli toifadagi insonlar bilan bog’liq. Tashkilotning har-xil bo’linmalaridagi rahbarlar o’zining bevosita rahbariga, bo’ysunuvchilariga va hamkasabalariga bog’liq. Amalda aynan guruhlar rahbarni o’rab turadigan muhitning bir qismini tashkil etadi. Ushbu insonlarning qo’llab-quvvatlashisiz rahbar o’z funktsiyalarini bajara olmaydi. Ko’pchilik rahbarlar o’z tashkilotidan tashqari ta’minotchilarga, buyurtmachilarga, raqobatchilarga, davlat tashkilotlariga va kasaba uyushmalariga bog’liq. Muammolarni hal etish uchun hokimiyat va ta’sirlar, sardorlik sifatlari rahbar foydalanishi mumkin bo’lgan yagona vositalar hisoblanadi. Agar rahbar vaziyatga ta’sir etish uchun etarlicha imkoniyatlarga ega bo’lmasa, u tashkilot oldida turgan maqsadlarni bajarilishini ta’minlay olmaydi. Rahbar yaxshi tushunishi kerakki, agar u bir tomonlama tez-tez hokimiyat kuchidan to’laqonli foydalansa, bo’ysunuvchilarda ham o’z hokimiyatini namoyish etish istagi paydo bo’lishi mumkin. Bunday vaziyat kuchlarni bekorga sarf bo’lishiga va tashkilot maqsadlarini bajarilishini xavf ostida qolishiga olib keladi. Shuning uchun samarali rahbar hokimiyat muvozanatini oqilona tashkil etishga harakat qiladi. Ushbu muvozanat rasm 12.1. rasmda tasvirlangan. Раҳбарнинг бўйсунувчилар устидан ҳокимияти Раҳбарнинг бўйсунувчиларга боғлиқлиги Rasm 19.1. Rahbar va bo’ysunuvchilar hokimiyatining muvozanati. Ta’sir etishning barcha shakllari insonlarning istaklarini va qondirilmagan ehtiyojlarini bajarishga, yoki ehtiyojlarni qondirilishiga qarshilik qilishga, yoki ijrochining xulqiga bog’liq ravishda ehtiyojlar qondirilishi yoki qondirilmasligini kutishiga bag’ishlanadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling