11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Nizoli vaziyatni boshqarish
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqlni ishlatib, qisman chekinish qobiliyati boshqaruvda yuqori baholanadi. Chunki xayrixohlik muhiti vujudga kela boshlaydi, hamda tomonlar uchun muammoning qulay echilish ehtimoli paydo bo’ladi.
20.3. Nizoli vaziyatni boshqarish.
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir-necha samarali usullari mavjud. Paydo bo’lgan nizoni bartaraf etish uchun rahbar, avvalambor, uning sabablarini tahlil etishi, so’ngra nizoni bartaraf etishning mos keladigan usulidan foydalanishi lozim. Nizolarni bartaraf etishning usullari odatda ikki toifaga bo’linadi: strukturali va shaxslararo usullar. Nizolarni bartaraf etishning strukturali usuli – quyidagilarni nazarda tutadi. ■ ishga qo’yiladigan talablarni tushuntirish. Bunda rahbar bo’ysunuvchilardan nimalar talab qilinishini, uning ishini natijasi qanday bo’lishini, mehnat unumdorligi darajasini tushuntiradi. ■ koordinatsiya va integratsiya mexanizmlari – bu buyruqlar zanjirini, boshqaruv iyerarxiyasining vakolatlarini, xodimlarni o’zaro harakatlarini belgilash, qaror qabul qilish va tashkilot ichida harakatlanadigan axborot oqimlarini tartiblashtirishdir. Yakka rahbarlik tamoyili nizoli vaziyatni boshqarish uchun iyerarxiyadan foydalanishni osonlashtiradi, chunki ijrochi kimning buyruqlarini bajarish kerakligini yaxshi biladi. Integratsiya mexanizmi sifatida keng tarqalgan va samarali boshqaruv iyerarxiyalaridan hamda xizmatlaridan foydalanish ya’ni, funktsiyalararo va maqsadli guruhlarning o’zaro aloqalarini ta’minlash tushuniladi. Masalan, o’zaro bog’liq sotish va ishlab chiqarish bo’linmalari o’rtasidagi nizolarni buyurtmalarni rasmiylashtirish va tovar sotilishlarini muvofiqlashtiruvchi yangi bo’lim joriy etish orqali bartaraf etish mumkin. Ushbu yangi bo’lim sotish va ishlab chiqarish bo’limlari o’rtasidagi aloqalarni ta’minlaydi, ishlab-chiqarish quvvatlarini muqobil yuklama grafiklarini tuzadi, narxlarni shakllantiradi, ishlab-chiqarishni resurslar bilan ta’minlash jadvalini tuzish bilan shug’ullanadi. ■ umumiy tashkiliy kompleks maqsadlarini belgilash ikki yoki undan ko’proq xodimlarni, guruhlarni yoki bo’linmalarni birgalikda harakat qilishini talab qiladi, hamda nizoli vaziyatlarni bartaraf etishning samarali usuli hisoblanadi. Shaxslararo usullar quyidagilarni o’zida mujassam etadi. Bosh tortish. Ushbu usul insonni nizodan qochishini nazarda tutadi. Bunda inson nizo chaqiradigan muammolarni muhokama etmasligi lozim. U faqat shunday fyel-atvorga amal qilsagina, asabiy holatga tushmaydi va nizoli vaziyat vujudga kelmaydi. Silliqlash. Bunda nizoni kuchayib ketishini istamaydigan tomon o’zini “hammasi yaxshi bo’ladi”, “biz bitta baxtli komanda, shu sababli qayiqni muvozanatdan chiqarish kerak emas”, degan fikrlar bilan tinchlantiradi. “Silliqlovchi” nizo belgilarini boshqalarga ko’rsatmaslikka, jazavaga tushmaslikka harakat qiladi. Aqlni ishlatib, qisman chekinish qobiliyati boshqaruvda yuqori baholanadi. Chunki xayrixohlik muhiti vujudga kela boshlaydi, hamda tomonlar uchun muammoning qulay echilish ehtimoli paydo bo’ladi. Majburlash. Ushbu usul qanday qilib bo’lsa ham, o’z irodasini boshqalarga majburlab o’tkazishni nazarda tutadi. Bunday uslubdan foydalanadigan insonlar boshqalarning fikri bilan qiziqmaydi. Ular o’zlarini agressiv tutadilar va boshqalarga ta’sir etish uchun faqat hokimiyat kuchidan foydalanadilar. Qarshi tomonga hokimiyat kuchini namoyish etib, rahbarlik huquqidan foydalanib, unga bosim o’tkazib, yon berishga chekinishga majbur qiladi. Agar rahbar bo’ysunuvchilar ustidan kuchli hokimiyatga ega bo’lsa, ushbu usul yaxshi natija beradi. Tashabusskorlikdan foydalanmaslik, muhim omillarning tahlilidan qisman foydalanish, faqat bir tomonning majburlanishi ushbu usulning kamchiliklari hisoblanadi. Kompromiss. Ushbu usul boshqa tomonning fikrlarini, faqat bir qismini qabul qilinishi bilan ifodalanadi. Aqlni ishlatib, qisman chekinish qobiliyati boshqaruvda yuqori baholanadi. Chunki xayrixohlik muhiti vujudga kela boshlaydi, hamda tomonlar uchun muammoning qulay echilish ehtimoli paydo bo’ladi. Lekin nizoning dastlabki davrida kompromissdan foydalanish “tashhyez” qo’yishga xalaqit beradi va alternativlardan muqobil variantini izlash vaqtini qisqartiradi. Muammoni hal etish. Ushbu usul – nizoning sabablarini tushunish va hamma tomonlarga mos keladigan echimni topish uchun tomonlarning fikrlaridagi farqlarni e’tirof etishni, muammoni boshqa echimlari bilan tanishishni nazarda tutadi. Ushbu usuldan foydalanadiganlar boshqalar hisobiga o’z muammolarini hal etishga harakat qilmaydi, balki nizoli vaziyatni muqobil echimini izlaydi. Shunday qilib, yondashuvlarning rang-barangligi va aniq axborotlar muhim ahamiyatga ega bo’lgan murakkab vaziyatlarda to’g’ri qarorni izlab topish uchun nizoli, bir-biriga mos kelmaydigan fikrlarni ham qo’llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Nizolarni bartaraf etish bo’yicha Allan Filli taklif etgan ketma-ketlik quyidagicha: 1. Muammoni qaror bo’yicha emas, maqsadlarning toifalari bo’yicha aniqlang. 2. Muammo aniqlangandan keyin hamma tomonlarni qoniqtiradigan echimni toping. 3. Asosiy e’tiborni boshqa tomonning shaxsiy sifatlariga emas, muammoga qarating. 4. Xodimlarni bir-biriga ishonadigan va erkin axborot almashadigan muhitini yarating. 5. Muloqot paytida mehribonlik ko’rsatib, boshqa tomonning fikrlarini eshitib, hamda jahl qilmasdan va qo’rquv uyg’otmasdan tomonlarning bir-biriga nisbatan ijobiy munosabatlarini rag’batlantiring. Nizoli vaziyatlarni echishning yuqorida keltirilgan turli usullarning amalda qo’llanilishi 13.2. rasmda tasvirlangan. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling