NAZORAT SAVOLLARI
1. Tashkilotdagi nizolarning tabiati qanaqa?
2. Nizo turlarini ayting. Misollar keltiring.
3. Nizo sabablarini ayting.
4. Nizoli vaziyatlarni qanday boshqarish mumkin.
5. O’zgarishlarni boshqarishning Lerri Greyner taklif etgan bosqichlarini
ayting.
21-Mavzu: MEHNAT RESURSLARINI BOShQARISh
Reja:
21.1. Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi
21.2. Xodimlarni boshqarish tizimi
21.3. Xodimlarni boshqarish tamoyillari
21.4. Xodimlarni rejalashtirish
21.5. Xodimlarni boshqarish samaradorligi
21.1. Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi
"Xodim" iborasi o’zbek tilining izohli lug’atida "biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi" ma’nosida talqin yetiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, medesina xodimi, ilmiy xodim va hk.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud:
- inson resurslarini boshqarish;
- xodimlarni boshqarish.
"Inson resurslarini boshqarish" tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek ijtimoiy rivojlanish masalalarini o’z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi. "Xodimlarni boshqarish" tushunchasi yesa ko’proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi (13-jadval).
Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari
Faoliyat sohasi
|
Nimaga ustuvorlik beriladi
|
Qanday funksiyalar bajariladi
|
Bajarilishi to’g’risida kimga ma’lumot beriladi
|
Inson resurslarini boshqarish (strategik yondoshuv)
|
- Mutloq yangi vazifalarni yechishga
- Global, uzoq muddatli vazifalarni yechishga
|
- Inson resurslarini rejalashtirish
- Shaxsiy qobiliyat va malakani oshirish
-Korxonaning xodimlarga sarflanadigan harajat doirasida xodimlar uchun harajatlarni rejalashtirish
|
Korporasiya Prezidentiga
|
Xodimlar bilan ishlash (tezkor faoliyat)
|
- Ma’muriy aralashuvga zaruriyat tug’iladigan kundalik muammolarni yechishga
|
- Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish
- Mehnat motivasiyasini boshqarish
- Texnika xavfsizligini nazorat qilish
- Nizolarni hal qilish
|
Korporasiya vise-prezidentiga
|
Do'stlaringiz bilan baham: |