11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Tavakkalchilikning kritik zonasi
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavakkalchilikning halokatli zonasi
Tavakkalchilikning kritik zonasi deganda tavakkal qilinayotgan zarar nafaqat foydadan shuningdek yalpi tushumdan yuqori bo’lgan vaziyatlar tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda ushbu zonada tadbirkor nafaqat foyda olmaydi, balki u yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo’lgan zararlarga ega bo’ladi.
Tavakkalchilikning halokatli zonasi – bunda yo’qotishlar hajmi kritik darajadan ham yuqori bo’lib, u tashkilotning xususiy kapitali hajmiga teng bo’ladi. Halokatli tavakkalchilik tashkilotni yoki tadbirkorni bankrot bo’lishga, barham topishiga olib kelishi mumkin. Tavakkalchilikni boshqarish bugungi kunda menejment sohasida jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan faoliyat turlaridan hisoblanadi. G’arbiy firmalarning shtatlar jadvalida alohida mansab – tavakkalchilik bo’yicha menejer mavjud. Tavakkalchi menejer mos mutaxassislar bilan bir qatorda tavakkalchilik mavjud bo’lgan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadi va ular bilan birgalikda natijalar bo’yicha javobgar hisoblanadi. Tavakkalchilikni boshqarish quyidagi asosiy yo’nalishlarni o’zida mujassam etadi: • aniqlash, tavakkalchilik darajasini tahlil etish va baholash; • tavakkalchilikni oldini olish, pasaytirish va sug’urtalash bo’yicha tadbir choralarni yaratish va amalga oshirish; • inqirozga qarshi boshqaruv (yo’qotishlarning oqibatlarini bartaraf etish va tashkilotni yashashini ta’minlaydigan mexanizmni yaratish); Tashkilot uchun tavakkalchilikni boshыarish strategiyasini yaratish juda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli quyidagi savollarga javob berish lozim: • tashkilot o’z faoliyatida qanaqa tavakkalchilikni nazarda tutishi lozim; • qanaqa usullar va vositalar ushbu tavakkalchilikni boshqarish imkonini beradi; • tashkilot tavakkalchilikni qaysi darajasini o’z zimmasiga olishi mumkin (zararning qaysi hajmini xususiy kapital hisobidan qoplash mumkin). Lekin tavakkalchilikni boshqarish uchun faqat strategiyaini o’zida shakllantirish yetarli emas, strategiyani tadbiq etish mexanizmiga ya’ni, tavakkalchilikni boshqarish sistemasiga ega bo’lish lozim. Ushbu sistema quyidagilarni nazarda tutadi: • qabul qilinadigan qarorlarni baholashning va nazorat qilishning samarali sistemasini yaratish; • tashkilotda tavakkalchilikni boshqarish mas’uliyatini o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan bo’linmani (xodimni) ajratish; • tavakkalchilikni sug’urtalash va zararni qoplash uchun mablag’ ajratish va maxsus zahiralarni yaratish. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, tavakkalchilikni boshqarish bo’yicha ayrim xodimlarning va tashkilotning bo’linmalarini harakatlarini cheklaydigan ko’rsatmalar to’plamini yaratish maqsadga muvofiq. Avvalombor, ushbu ko’rsatmalar banklarga, kredit beruvchi va sug’urtalash bilan shug’ullanadigan tashkilotlarga investisiya tashkilotlariga, moliya va tijorat tashkilotlariga tegishli. Tavakkalchilikni boshqarish yo’llari. Ularni maqsadlardagi farqlar va ta’sir etish vositalari bo’yicha asosan ikki yo’nalishga ajratish mumkin: 1)tavakkalchilikdan ogohlantiruvchi va uni cheklovchi usullar; 2)yo’qotishlarni qoplash usullari. Birinchi yo’nalishga quyidagi usullar kiradi: • qabul qilinadigan qaror variantini jiddiy ekspertizadan o’tkazish va mos tavakkalchilik darajalarini baholash; • tavakkalchilikni limitlash-muayyan qaror bilan bog’liq xarajatlarning chegaralarini belgilash; • qarzdor tomonning majburiyatlarini bajarilishini ta’minlaydigan turli kafolatlardan foydalanish; • tavakkalchilikni diversifikasiyalash, masalan tashkilot mablag’larini turli sohalarga investisiyalash (12 ta dan ko’p kompaniyalar soni tavsiya etiladi), turli xil qimmatbaho qog’ozlarga investisiyalash (8-20 ta muqobil hajm hisoblanadi), investisiyalar portfelining tarkibini muoqobillashtirish (1/3 –yirik firmalar, 1/3-o’rtacha, 1/3 kichik firmalar), ta’minotchilarni muqobillashtirish (kam deganda ikkita, yaxlit – uch-to’rtta) qimmatbaho yuklarni hajmini partiyalarga bo’lib, (kam deganda ikki partiya) tashish, bir-necha bozor sigmentlarida tovarlarni va xizmatlarni sotish (iste’molchilarning har xil toifalari, har-xil hududlar va h.k.), moddiy boyliklarni har-xil joylarda saqlash va h.k. • o’rtacha foyda darajasini inobatga olish, chunki katta foyda orqasidan qo’vish tavakkalchilikni oshiradi; • yo’qotishlar ehtimolini o’z vaqtida aniqlaydigan samarali nazorat sistemasidan foydalanish. Tashkilotga yetkazilgan zararni qoplashning ikkinchi yo’nalishi tavakkalchilikni boshqarishning quyidagi usullarini o’zida aks ettiradi: • aksionerlik jamiyatlarida zararlarni va dividentlarni to’lash uchun zahira fondlarini yaratish to’g’risidagi qonunlar; • tavakkalchilikni sug’urtalash. Ushbu usul turlicha tijorat tavakkalchiliklarini sug’urtalashni nazarda tutadi. Zamonaviy biznes tavakkalchilikni boshqarishda shoshilinch shartnomalardan: foyda olish va sug’urtalash uchun farvard, fyuchers, opsion shartnomalardan foydalanmoqda. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling