22.2. Tavakkalchilikni boshqarish.
Ko’pchilik iqtisodiy baholashlar va boshqaruv qarorlari ehtimolli hamda ko’p variantli hisoblanadi. Lekin menejer doimo tavakkalchilik ehtimolini va zarar ko’rishni oldini oladigan tadbir-choralarni nazarda tutishi lozim. Xususan olganda, tavakkalchilikni boshqarishning mohiyati ana shundan iborat. Tavakkalchilikni boshqarishning asosiy maqsadi – saqlab qolish emas, balki har qanday sharoitda foydani minimal darajadan past bo’lishiga yo’l qo’ymaslikdir. Biznesning xalqaro tajribasi shundan darak beradiki, korxonalarni bankrot bo’lishining asosiy sababi menejmentdagi qo’pol xatoliklar va kamchiliklardir. Shuning uchun tadbirkorlar va menejerlar tavakkalchilikni samarali boshqarishga alohida e’tiborni qaratishlari lozim.
Tavakkalchilik darajasini aniqlash uchun avvalambor, tavakkalchilik zonalari kutiladigan yo’qotishlarning ehtimolini nazarda tutib, ularni ajratish lozim. Tavakkalchilik zonalarining umumiy sxemasi 14.1. jadvalda keltirilgan.
jadval 1.
Tavakkalchilik zonalari
Yutuqlar
|
Yo’qotishlar
|
Xavfsiz zona
|
Tavakkalchilikni mumkin bo’lgan zonasi
|
Tavakkalchilikni kritik zonasi
|
Tavakkalchilikning halokatli zonasi
|
-
|
Hisoblangan foyda
|
Hisoblangan tushum
|
Xususiy kapital
|
Xo’jalik faoliyatining natijasi ijobiy bo’lishi kutilayotgan zona xavfsiz zona deb ataladi.
Tavakkalchilikni mumkin bo’lgan zonasi deganda kutiladigan zarar ehtimoli foydadan yuqori bo’lmagan zona tushuniladi. Ushbu holatda tadbirkorlik faoliyati maqsadga muvofiq deb topiladi. Bunda zarar darajasi ko’lami hisoblangan foyda darajasiga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |