11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Inqirozga qarshi boshqaruv


Download 0.65 Mb.
bet68/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

22.3. Inqirozga qarshi boshqaruv.
Tayanch strategiyani tanlash.
Tashkilotni rivojlantirishning har qanday strategik rejasi uning tayanch strategiyalaridan iborat bo’ladi. Ushbu strategiyalarni tanlash rahbarlarning bilimdonligiga, malakasiga va to’plangan axborotlarning ishonchligiga hamda korxonaning o’ziga xos xususiyatlariga, uning rivojlanish davrlariga bog’liq.
Quyidagi umumiy tayanch strategiyalarni ajratish maqsadga muvofiq:
• yashash uchun kurash strategiyasi. Ushbu strategiyadan iqtisodiy inqiroz, beqarorlik, inflyasiya yuqori darajada bo’lganda, korxona ko’rsatkichlarini salbiy tomonga uzluksiz o’zgarish an’anasi mavjud bo’lganda foydalaniladi.
•barqarorlik va cheklangan o’sish strategiyasi. Ushbu strategiyadan rahbariyat sotish hajmi va foydalilik darajasi o’zgaruvchan bo’lganda, korxonaning vaziyatidan qoniqqanda va tarmoqda foydalaniladigan texnologiya barqaror bo’lganda foydalanadi.
• rivojlanish yoki o’sish strategiyasi. Ushbu strategiya korxonaning o’z tovarlarini sotish hajmini va foydasini hamda ishlab-chiqarishning boshqa ko’rsatkichlarini oshirishga harakat kilayotganligidan darak beradi.
Tahlil etilayotgan tayanch strategiyalar doirasida turlicha strategik alternativ variantlar amalga oshirilishi mumkin (jadval 14.2). Ta’kidlash kerakki, strategik alternativ variantlar to’plamini yagona tayanch strategiyaga tegishli deb qaramaslik lozim, ular o’zaro “kesishishi” mumkin.
jadval 2.
Strategik alternativlar matrisasi.

Tayanch strategiya

Alternativlar

Yashash uchun kurash



Tashkiliy sanasiya
Iqtisodiy va moliyaviy sanasiya
Marketing sanasiyasi

Barqarorlik yoki cheklangan o’sish

Xarajatlarni kamaytirish
Xo’jalik faoliyatini tashqi muhitga moslashtirish
Ilmiy-texnik va kadrlar potensialini saqlash

Rivojlanish (o’sish)



Diversifikasiyalash
Bozordagi vaziyatni inobatga olib intensiv harakat qilish
Integrasiya

Tashkiliy sanasiyaquyidagilarni nazarda tutadi:


• korxonani boshqaruv strukturasini takomillashtirish, korxonani boshqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida takrorlanadigan boshqaruv funksiyalarini yo’qotish orqali boshqaruv xodimlarining sonini muqobillashtirish;
• korxonaning tashkiliy huquqiy shaklini o’zgartirish;
• moliya - ishlab chiqarish guruhlarida ishtirok etish va boshqalar.
Iqtisodiy-moliyaviy sanasiya nazarda tutadi:
• debitor va kreditor qarzlarni muvozanatlash;
• “nolikvid” va uzoq saqlanib qolgan zahiralarni sotish orqali keraksiz mulkdan qutulish;
• o’zining aylanma mablag’larini tiklash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tadbirlar yaratish;
Marketing sanasiyasi quyidagilarni o’zida aks ettiradi:
• mavjud bozorlarda tovar sotilish hajmini oshirish maqsadida bozor tadqiqotlarini o’tkazish, yangi bozorlarni va sigmentlarni aniqlash;
• korxonani iqtisodiy inqiroz sharoitida yashashini, moliya - ishlab chiqarish tizimida faoliyatini ta’minlash uchun marketing strategiyasini yaratish va marketing xizmatini qayta tashkil etish;
• “xarajatlarni kamaytirish” strategik alternativi quyidagilarni nazarda tutadi;
• joriy xarajatlarni nazarda tutish va ekspluatasiya xarajatlarini pasaytirish tadbir-choralarini yaratish;
• korxonada xarajatlar sistemasini tashkil etish va shu kabi boshqa choralarni yaratish.
Xo’jalik faoliyatini tashqi muhitga moslashishi kabi strategik alternativ variant korxonani “ochiq sistema” sifatida qarash orqali uni tashqi muhit bilan o’zaro aloqalarining samaradorligini oshiradigan strategik xarakterdagi harajatlarni nazarda tutadi (rasm 14.1).


Корхонани ривожланиш стратегияси






Диверсификациялашган ўсиш

Интеграцион ўсиш. Вертикал интеграция

Интенсив ўсиш



1.Мавжуд ишлаб чиқариш қувватлари ёрдамида маҳсулот ҳажмини ошириш имкониятлари (маҳсулот номенклатураси бўйича)
2.Бозорга чуқурроқ кириб бориш (мавжуд товарлар билан мавжуд бозорга)
3.Бозор чегараларини кенгайтириш (мавжуд товарлар билан янги бозорларга чиқиш)
4.Товарни такомиллаштириш (мавжуд бозорларга эски товарни такомиллашган турларини ва янги турларини киритиш)

1.Ҳудуднинг ва тармоқнинг маркетинг системаси билан интеграциялашиш имкониятлари (корхонани асосий фаолияти бўйича)
2.Регрессив интеграция (таъминотчиларга ва назоратга эътиборни кучайтириш)
3.Прогрессив интеграция (тақсимот системасини назоратини ва таъсирини кучайтириш)
4.Горизонтал интеграция (рақобатчи корхоналарни кузатиш ва уларга таъсир қилишни кучайтириш)

1.Бошқа тармоқларнинг маркетинг системаси билан интеграциялашиш имкониятлари
2.Йиғма диверсификация (корхона ишлаб чиқарадиган товарларга ўхшаш товарлар билан ассортиментни тўлдириш)
3. Горизонтал диверсификация (корхона ишлаб чиқарадиган товарларга ўхшайдиган, лекин мавжуд бозорлар учун жозибадор товарлар билан ассортиментни тўлдириш)
4.Конгломерат диверсификация (корхона фойдаланадиган технологияга ҳам, мавжуд товарларга ва бозорларга алоқаси йўқ товарлар билан ассортиментни тўлдириш)

Rasm 22.1. Korxonani rivojlanish strategiyasining mazmuni.


Yuqorida keltirilgan barcha strategik alternativlar o’z mohiyatiga ko’ra korxonalarning tayanch strategiyalarini bajaradigan funksional strategiyalardir. Ular korxonaning mos xizmatlarni ko’rsatadigan bo’limlari tomonidan ishlab-chiqiladi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha guruhlanadi (rasm 14.2).
Rasm 22.2. Korxonaning funksional strategiyalari.
Marketing strategiyasi yetakchi hisoblanadi va bozorda muayyan o’zgarishlar ro’y bersa, u boshqa funksional strategiyalarga yo’l ko’rsatadi.
To’lov qobiliyatiga ega bo’lmagan korxonalar uchun yashash uchun kurash strategiyasi muhim ahamiyatga ega. U quyidagi bosqichlarni nazarda tutadi:
• ishlab-chiqarish xarajatlarini kamaytirish va foyda darajasiga salbiy ta’sir qiladigan yuklamalarni qisqartirish maqsadida korxonaning mulklar majmuasini qayta tashkil etish (restrukturizasiya);
• xo’jalik yuritishning strategik zonalarini aniqlash maqsadida marketing tadqiqotlarini o’tkazish;
• strategik hamkorlarni manfaatlarni izlab topish;
• strategik hamkorlarni manfaatlarini e’tiborga olib, xo’jalik yuritish markazlarini tashkil etish maqsadida ishlab-chiqarish majmualarini qayta tashkil etish;
• korxonaning biznes sohalarini ichki va tashqi moliya manbalari bilan ta’minlash imkoniyatlarini izlab topish.
Moliya manbai sifatida korxonaning xususiy va jalb etilgan mablag’laridan foydalanish mumkin.
Yashash uchun kurash strategiyasining hayotda tadbiq etilishi natijasida korxona moliyaviy barqarorlikka erishishi lozim.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling