11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
-mavzu. Ijtimoiy menejment
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23.1. Menejment etikasi. Boshqaruv sistemasida ijtimoiy mas’uliyatning roli va mohiyati.
23-mavzu. Ijtimoiy menejment.
Reja 23.1. Menejment etikasi. Boshqaruv sistemasida ijtimoiy mas’uliyatning roli va mohiyati. 23.2. Ijtimoiy omillarning biznes va jamiyat uchun ahamiyati. 23.3. Etika va zamonaviy boshqaruv. 23.4. Etikani takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar. 23.1. Menejment etikasi. Boshqaruv sistemasida ijtimoiy mas’uliyatning roli va mohiyati. Biznesning jamiyatdagi haqiqiy roli shundan iboratki, u resurslardan va kuch-g’ayratdan to’g’ri foydalanib, firibgarlik qilmasdan foydani ko’paytirishi lozim. Menejment sohasida taniqli olim M.Meskonning fikricha tashkilot faqat iqtisodiy yaxlitlik emasligini, uning ma’nosi birmuncha kengroq ekanligini inobatga olish lozim. Ushbu nuqtai-nazarga muvofiq, zamonaviy tashkilot atrof muhitning murakkab qismi hisoblanib, tashkilotning yashash shart-sharoiti shular bilan belgilanadi. Ushbu shart-sharoitni quyidagi tashkil etuvchilar ya’ni, bozor subyektlari – iste’molchilar, ta’minotchilar, raqobatchilar, axborot vositalari, davlatning va hududlarning boshqaruv hokimiyati hamda xodimlar va aksiyadorlar belgilaydi. Tashqi muhitning ushbu subyektlari tashkilotning o’z maqsadlariga erishish harakatlariga jiddiy ta’sir qiladi. Shu sababli tashkilotlar o’zining iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarining muvozanatini ta’minlashga harakat qiladi. Ushbu nuqtai-nazarga muvofiq tashkilot jamiyat oldida samaradorlikni, bandlikni, foydani va qonunparvarlikni ta’minlashdan tashqari ijtimoiy mas’uliyatni ham o’z zimmasiga olishi lozim. Shu sababli tashkilotlar o’z resurslarining bir qismini ijtimoiy sohaga yo’naltirishiga to’g’ri keladi. Tashkilot atrof muhit muhofazasi, sog’liqni saqlash va hayotiy faoliyat xavfsizligi, fuqarolarning huquqlarini ta’minlash, iste’molchilar huquqini himoya qilish va boshqa shu kabi sohalarga o’z e’tiborini qaratishi lozim. Vaqt o’tishi bilan biznesga nisbatan ijtimoiy kutishlar o’zgarib bormoqda. Bu albatta, jamiyatning biznes to’g’risidagi tasavvurida o’z aksini topdi. Jamiyatning va biznesning bir-biriga qanchalik chambarchas bog’liqligini tushunish uchun yuridik va ijtimoiy mas’uliyatni aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. M.Meskon yuridik mas’uliyatni davlat boshqaruvining qonunlariga va me’yorlariga amal qilish va umuman tashkilot nima qilishi va nima qilmasligini aniq bilishdir, deb tushuntiradi. Ushbu qonunlarga va me’yorlarga bo’ysunadigan tashkilotni yuridik jihatdan mas’uliyatli deyish mumkin. Lekin bu uni ijtimoiy jihatdan ham mas’uliyatli deyishga asos bo’la olmaydi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling