11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Download 0.65 Mb.
bet73/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Ijtimoiy taftishlar. Ijtimoiy taftishlar tashkilotning ijtimoiy dasturlari va harakatlarning ijtimoiy ta’sirlarini aks ettiruvchi hisobotlarni tuzish uchun kerak bo’ladi. Ushbu hisobotlar tashkilotning ijtimoiy mas’uliyati to’g’risida axborot beradi.
Etik fyel-atvorni yaratish. Bu yangi yondashuv bo’lib, zamonaviy faoliyat uchun zarur yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuvdan tashkilotlar rahbarlarning va oddiy xodimlarning fyel-atvorini etikaga mos kelishini ta’minlash uchun foydalanadilar. Bunda xodimlarni biznes etikasi bilan tanishtirishga va ularning etik muammolarga e’tiborlarini jalb etishga to’g’ri keladi. Shu singari bilimlar nafaqat malaka oshirish kurslari doirasida, balkim institutlar va universitetlar darajasida ham o’qitilishi lozim.
Nazorat savollari.
1.Ijtimoiy va yuridik mas’uliyat deganda nimalar tushuniladi?
2.Ijtimoiy mas’uliyatning ijobiy tomonlarini ta’riflang.
3. Ijtimoiy mas’uliyatning salbiy tomonlarini ta’riflang.
4.Zamonaviy biznesda etika muammolari nimalardan iborat?
5.Fyel-atvorning etikaga mosligini tasvirlovchi ko’rsatkichlarni yaxshilash qanday amalga oshiriladi?
Testlar.
1. Ijtimoiy mas’uliyatning ijobiy tomonlari:
a) biznes uchun qulay uzoq muddatli istiqbol;
b) keng xalq ommasini ehtiyojlarining va kutishlarining o’zgarishi;
v) ijtimoiy muammolarni yechish va yordam berish uchun resurslarning mavjudligi;
g) o’zini ijtimoiy javobgarligini his etish uchun ma’naviy mas’uliyat.
2. Ijtimoiy mas’uliyatning salbiy tomonlari:
a) ijtimoiy muammolarni hal etish uchun resurslarning jalb etilishi;
b) o’zini ijtimoiy javobgar his etish uchun ma’naviy mas’uliyat;
v) foydani maksimallashtirish tamoyilining buzilishi;
g) ijtimoiy xarajatlarga jalb etilganlik.
3. Odatda, etik me’yorlar nimalarni ta’qiqlaydi?
a) porani;
b) ta’magirlikni;
v) sovg’alarni;
g) noqonuniy to’lovlarni.
4. Tashkilot etik me’yorlarni xodimlarga qanday qilib yetkazadi?
a) maxsus kengashlarda tushuntirish;
b) muntazam ravishda maslahatlar berish;
v) yozma axborotlarni tarqatish;
g) ijtimoiy taftishlarni o’tkazish;
d) etik xulq-atvorni singdirish.
5.Ijtimoiy mas’uliyatni yuridik mas’uliyatdan farqi nimada?
a) ijtimoiy muammolarni hal etishda ishtirok etishda;
b) qonundan yuqori talablarni qo’yilishida;
v) qonundan past talablarni qo’yilishida;
g) qonun talablari doirasida;
d) hamma javoblar to’g’ri;
ye) to’g’ri javob yo’q.
6. Tashkilot jamiyat oldida javobgar:
a) qonunlarni buzmaslik doirasida;
b) bandlikni ta’minlash doirasida;
v) samaradorlikni ta’minlash doirasida;
g) hamma javoblar to’g’ri.
7. Mahalliy hokimiyat yoki boshqa byudjet tashkilotlarining vakillari yordam so’rab tadbirkorlarga murojaat qilishi mumkinmi?
a) ha;
b) yo’q.
8. Insonparvarlik tadbir-choralari uchun mablag’lar:
a) sof foydadan ajratiladi;
b) mahsulotning tannarxiga kiradi;
v) to’g’ri javob yo’q;
g) a va b javoblar to’g’ri.
9. Insonparvarlik yordamlariga:
a) faqat pul mablag’lari kiradi;
b) jismoniy yordam kiradi;
v) ma’naviy qo’llab-quvvatlash: targ’ibot, ishontirish, tushuntirish;
g) a,b,v javoblar to’g’ri;
d) faqat a javob to’g’ri.
10. Tashkilot quyidagi sohalarda mas’uliyatni his etib, harakat qilishi lozim:
a) yashash muhitini muhofaza qilish;
b) sog’liqni saqlash;
v) xavfsizlikni ta’minlash;
g) iste’molchilar manfaatini himoya qilish;
d) inson huquqlarini ta’minlash;
ye) jamiyatni takomillashtirish va insonparvarlik uchun qurbonlik qilish.
11. Yuridik mas’uliyat bu:
a) qonunlarga aniq amal qilish;
b) davlat boshqaruvi me’yorlari;
v) tashkilot nimalarga amal qilishi;
g) tashkilot nimalarni qilmasligi;
d) hamma javoblar to’g’ri;
ye) hamma javoblar noto’g’ri.
12. Ijtimoiy muammolarning markazidan nima joylashgan?
a) shaxsiy qadriyatlar;
b) yaxshilik va yomonlik to’g’risidagi umumiy ishonchlar
v) xulq-atvorning va munosabatlarning umumiy qabul qilingan me’yorlari;
g) to’g’ri javob yo’q;
d) hamma javoblar to’g’ri.
13. To’g’ri xulq-atvorni tanlash uchun nimalar zarur?
a) etika to’g’risida boshlang’ich ma’lumotga ega bo’lish;
b) boshlang’ich kapitalga ega bo’lish;
v) xulq-atvor me’yori to’g’risida maslahat olish;
14. Qonunbuzarlik qiladigan rahbarlarning va xodimlarning harakatlarini quyidagilar asosida baholash mumkin:
a) etik harakatlar;
b) noetik harakatlar;
v) ma’muriy jazolanadigan harakatlar;
g) jinoiy jazolanadigan harakatlar.
15. Biznesdagi etik muammolar qo’yidagilarga tegishli:
a) ixtiloflarga;
b) tashkilotning iqtisodiy ko’rsatkichlari o’rtasidagi ixtilof ehtimoliga;
v) daromadlarga;
g) foydaga;
d) xarajatlarga;
ye) uning ijtimoiy javobgarlik ko’rsatkichlariga.
16. Tashkilotda kimlar ko’proq noetik korporativ fyel-atvorni namoyish etadi?
a) katta rahbarlar;
b) xizmat ko’rsatuvchi personal;
v) ishlab chiqarish personali;
g) tashkilotning har qanday a’zosi.
17. Rahbarlarning va oddiy xodimlarning etik fyel-atvorini ta’minlash uchun tashkilot nimalar qiladi?
a) etik me’yorlarni yaratadi;
b) etika bo’yicha qo’mitalar tashkil etadi;
v) ijtimoiy taftishlar o’tkazadi;
g) etik fyel-atvorni singdiradi.
18. Etik me’yorlar tavsiflaydi:
a) umumiy qadriyatlar sistemasini;
b) xodimlar amal qiladigan etika qoidalarini;
v) jamoat joylarida fyel-atvor qoidalarini;
g) ish kunini tartibini.
19. Etik me’yorlar quyidagi maqsadlar uchun yaratiladi:
a) tashkilot maqsadlarini tavsiflash;
b) me’yoriy etik muhitni yaratish;
v) qaror qabul qilish jarayonida etik tavsiyalarni aniqlash;
g) to’g’ri javob yo’q.
20. Ko’p millatli tashkilotlar tavsiflanadi:
a) etik mas’uliyatning va nazoratning yuqori darajasi bilan;
b) etik mas’uliyatning va nazoratning past darajasi bilan;
v) etik mas’uliyatning va nazoratning mavjud emasligi bilan;
g) to’g’ri javob yo’q.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling