11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Etika va zamonaviy boshqaruv


Download 0.65 Mb.
bet72/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

23.3. Etika va zamonaviy boshqaruv.
Bozor subyektlari menejer yoki rahbar bo’lmasin ularning har birida yaxshilik va yomonlik nuqtai – nazaridan shaxsiy qadriyatlar mavjud. To’g’ri fyel–atvorni tanlash uchun etika to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlarga ega bo’lish lozim. Etika to’g’ri yoki noto’g’ri fyel–atvorni aniqlaydigan tamoyillarga asoslanadi.
Lekin biznes etikasi nafaqat ijtimoiy javobgar fyel–atvorga tegishli. U keng ma’noda boshqaruvchi va boshqariladigan subyektlarning xulqiga yo’naltirilgan bo’ladi. Bunda maqsadlar ham unga erishish vositalari ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan poraxo’rlikka nisbatan salbiy fikr shakllangan, lekin biznesda afsuski rahbarlarga pora berish o’zini oqlaydi degan fikr mavjud.


23.4. Etikani takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar.

Etik xulq-atvor bilan bog’liq muammolar ko’pchilik tashkilotlarda uchraydi. M.Meskon ushbu muammolarni quyidagicha hal etishni taklif etadi. Avvalambor, etika bo’yicha qo’mitalarni tashkil etish, etik me’yorlarni yaratish, davriy ravishda ijtimoiy taftishlar o’tkazish va etik xulq-atvorni xodimlar o’rtasida targ’ibot etish lozim.


Etik me’yorlar. Etik me’yorlar tashkilot xodimlari amal qiladigan umumiy qadriyatlar sistemasini, etika qoidalarini o’zida mujassam etadi. Etik me’yorlar tashkilotda etik muhitni ta’minlash va qaror qabul qilish jarayonida etikaga mos keladigan tavsiyalarni berish uchun yaratiladi.
Etik fyel-atvorning standartlari. Etik fyel-atvorning “yuqori” chegarasi mavjud emas. Odatda, poraxo’rlik, ta’magirlik, qimmatbaho sovg’alar, manfaatlarning zid kelishi oqibatida ixtiloflarning vujudga kelishi, qonunbuzarlik, firibgarlik, kompaniyaning maxfiy axborotlarini noqonuniy tarqatish, siyosiy tashkilotlarni noqonuniy yo’llar bilan himoya qilishlar etik me’yorlarda ta’qiqlanadi. Odatda tashkilot etik me’yorlarni yozma ravishda o’z xodimlariga taqdim etadi.
Etika bo’yicha qo’mitalar. Ushbu qo’mitalarning a’zolari faqat oliy rahbariyat tarkibidan yoki biznes etikasi bo’yicha mutaxassislardan tashkil etiladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling