11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar
24.4. Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat haqida qayg’urishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: ishlab chiqarishgacha - konstruksiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni ishlab chiqish va hk.; ishlab chiqarish jarayonida - bu yerda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga yo’l qo’ymaslik; ishlab chiqarishdan keyingi bosqich - saqlash, sotish, tashish, xizmat ko’rsatish va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o’rnatish. Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat: kelayotgan xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni tekshirishdan iborat bo’lgan kirish nazorati; ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat yehtiyot yoki joriy nazorat; tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo’linadi. Sifatni nazorat qilish - mahsulot sifati ko’rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir. Qisqa xulosalar Obyektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. har ikkisi ham doimo rivojlanishda va harakatda bo’ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir. Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma’muriy harakterdagi alohida faoliyat tushuniladi. Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida, xoh u mamlakat miqyosida bo’lsin o’zining boshqariluvchisi (obyekti) va boshqaruvchisi (subyekti)ga yega bo’ladi. Boshqaruvning har ikkala tizimi o’zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga ta’sir ko’rsatgan holda uning tarkibini o’zgartiradi, uni muayyan yeng qulay va yeng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan yesa, boshqariluvchi tizim boshqaruvchi tizimga aks ta’sir ko’rsatadi. Obyektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom yettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda rag’batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funksiyalari jarayonida o’z aksini topadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling