11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat bosqichlari.
Yakuniy nazorat.
Yakuniy nazorat ishlar bajarilgandan keyin, yoki nazorat qilinadigan faoliyat yakunlangandan keyin, yoki avvaldan belgilangan muayyan muddat o’tgandan keyin amaldagi erishilgan natijalar reja bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat muammolarning paydo bo’lishiga tezkorlik bilan ta’sir eta olmasa ham, u ikki muhim funksiyaga ega. Ulardan birinchisi agar tashkilot kelajakda shunga o’xshash ishlarni bajarsa, ushbu funksiya rejalashtirish uchun rahbariyatni kerakli axborot bilan ta’minlaydi. Rahbariyat amalda bajarilgan ishlarni reja bilan taqqoslab, yaratilgan rejalar qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini baholash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ushbu hol paydo bo’lgan muammolar to’g’risida axborot to’plashga va kelajakda bunday xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun asos yaratadi. Yakuniy nazoratning ikkinchi funksiyasi xodimlarda ishlash ishtiyoqini o’yg’otishdan ya’ni, ularni motivlashdan iborat. Agar tashkilot rahbariyati motivlashni erishilgan natijalar bilan uzviy bog’lasa, unda natijalarni aniq va obyektiv o’lchash ehtiyoji paydo bo’ladi. Nazorat bosqichlari. Nazorat jarayoni uch bosqichdan iborat: standart va mezonlarni yaratish, ularni haqiqiy natijalar bilan taqqoslash va talab qilinadigan moslashtiruvchi harakatlarni amalga oshirish. Har qaysi bosqichda turli tadbir-choralar kompleksi bajariladi. Standartlarni belgilash. Standartlar – bu aniq o’lchash mumkin bo’lgan maqsadlardir. Ushbu maqsadlar rejalashtirish jarayonidan kelib chiqadi. Nazorat uchun foydalaniladigan hamma standartlar tashkilotning ko’p sonli maqsadlaridan va strategiyalari tarkibidan tanlanishi lozim. Foydalilik, rentabellik, balans likvidligi, sotuv hajmi, materiallar narxi kabi natijaviy ko’rsatkichlarni aniqlash qiyin emas, chunki ularni sonlar yordamida o’lchash mumkin. Lekin tashkilotning muhim maqsad va vazifalaridan ba’zilarini sonlarda ifodalab bo’lmaydi, masalan xodimlarni ma’naviy rivojlantirishni. Yaratilgan standartlardan chetga chiqish miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Agar belgilangan standartlardan chetga chiqishlar belgilangan rejalardan sezilarli farq qilmasa, rahbarlar va mutaxassislar tashvishlanmasa ham bo’ladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling