11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


-MAVZU: GURUHLAR DINAMIKASI VA RAHBARLIK


Download 0.65 Mb.
bet36/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

17-MAVZU: GURUHLAR DINAMIKASI VA RAHBARLIK


Reja:
17.1.Tashkiliy guruhlarning tasnifi va ularning ahamiyati.
17.2.Xodimlarni norasmiy tashkilotlarga a'zo bo‘lish sabablari.
17.2.Norasmiy tashkilotlarning mohiyati.


17.1. Tashkiliy guruhlarning tasnifi va ularning ahamiyati.



Ҳар бир инсон бир вақтда бир неча гуруҳларга тегишли бўлиши мумкин. Биз бир неча оилавий гуруҳларга аъзомиз: ўз оиламизга, боболаримиз оиласига, умр юлдошимиз оиласига ва ҳ.к.


Insonlar o’ziga o’xshash boshqa insonlar bilan muloqotda bo’lishini istaydi. Insonlar atrofdagilarning o’zlari to’g’risidagi fikrlarini, ularning nimalarni kutayotganini his etishi ularni fyel-atvorini o’zgarishiga ta’sir qiladi. Ushbu hol ijtimoiy munosabatlarning mavjudligidan darak beradi. Bunday jarayonning yuz berishi natijasida insonlarning to’planishi guruhlarga aylanadi. Har bir inson bir vaqtda bir necha guruhlarga tegishli bo’lishi mumkin. Biz bir necha oilaviy guruhlarga a’zomiz: o’z oilamizga, bobolarimiz oilasiga, umr yo’ldoshimiz oilasiga va h.k. Ko’pchilik insonlar do’stlarning bir necha guruhlariga a’zo. Ular muntazam ravishda bir birlari bilan uchrashib turadilar. O’zaro munosabatda bo’ladigan ba’zi guruhlar uzoq davom etmaydi, ularning missiyasi juda oddiy. Missiya bajarilsa, yoki unga qiziqish barham topsa, guruh a’zolari tarqalib ketadi. Boshqa guruhlar esa bir necha yillar davomida faoliyat ko’rsatadi va o’z a’zolariga, atrof-muhitga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Har qanday tashkilot bir necha guruhlardan tashkil topadi. Rahbariyat o’z xohishiga ko’ra gorizontal (bo’linmalar) va vertikal (boshqaruv pog’onalari) mehnat taqsimotini tashkil etadi.
Rahbariyatning xohishiga binoan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yaratilgan guruhlar rasmiy guruhlar deb ataladi, ushbu rasmiy tashkilotlarning vazifasi muayyan maqsadlarni, topshiriqlarni bajarishdan iborat. Tashkilotlarda rasmiy guruhlarning uch toifasi mavjud: rahbarlar guruhi, ishlab chiqarish guruhlari va qo’mitalar.
Komanda (bo’ysunish tartibi belgilangan) toifasidagi rahbarlar guruhi rahbardan va unga bevosita bo’ysunuvchilardan (ular ham o’z o’rnida rahbar bo’lishi mumkin) tashkil topadi.
Ishchi (maqsadli) guruh bir xil vazifalarni bajarish uchun birgalikdagi ishlaydigan shaxslardan iborat bo’ladi. Ushbu guruh komanda toifasidagi guruhlar bajaradigan ishlarni mustaqil rejalashtirishi bilan boshqa guruhlardan farq qiladi. Bunda rahbar umumiy bo’ladi.
Qo’mitalar – ushbu guruh tashkilot tarkibida bo’lib, ularga muayyan topshiriqlarni bajarish vakolati berilgandir. Ba’zan qo’mitalarni kengashlar, maqsadli guruhlar, hay’atlar yoki komanda deb ham ataydilar. Bunda har qanday holatda qarorlarning qabul qilinishi va ularni bajarilishi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Ko’pchilik tashkilotlarda norasmiy qo’mitalar mavjud. Barcha norasmiy guruhlar rasmiy tashkilotning faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ushbu guruhlar boshqaruv vakolatlariga egaligi tufayli emas, balki o’zlari hokimiyatga ega bo’lganligi uchun shunday harakat qiladilar. Boshqarish vakolatlari qo’mitalarga, mansabdor yoki yakka shaxslarga berilishidan qat’iy nazar ular vakolatlarni egasi bo’lgan rahbar oldida hisobot beradilar.
Maxsus qo’mita – vaqtinchalik guruh bo’lib, u muayyan maqsadlarni bajarish uchun shakllantiriladi.
Doimiy qo’mita – bu tashkilot ichida faoliyat ko’rsatuvchi guruh bo’lib, u aniq maqsadlarga ega bo’ladi. Odatda doimiy qo’mitalar tashkilotlarga maslahatlar berishda foydalaniladi. Direktorlar kengashi – doimiy qo’mitaga misol bo’ladi.
Qo’mitalardan quyidagi vaziyatlarda foydalaniladi:
■ muammoning echimi ma’lum sohada katta tajribani talab qilsa, rahbarlar qo’mita maslahatlaridan foydalanib, qaror qabul qilishi mumkin;
■ agar taklif qilinadigan qaror tashkilot a’zolariga ma’qul kelmasa, bunday vaziyatda qo’mita maslahatlaridan foydalanish rahbariyatga nisbatan norozilikni pasaytiradi;
■ qarorlarni jamoaviy qabul qilinishi tashkilotning ruhini ko’taradi, shuning uchun qo’mita jamoa a’zolarini qaror qabul qilish jarayoniga jalb qilishi lozim;
■ tashkilotning turli bo’linmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish zaruriyati mavjud bo’lsa, qo’mita rahbarlarning o’z fikrlarini ochiq bayon etadigan joyga aylanadi;
■ hokimiyat bitta rahbarning zimmasida bo’lishi yaxshi holat hisoblanadi, lekin qo’mita boshqaruv vakolatlarini bir necha shaxslar o’rtasida taqsimlashi mumkin.

Barcha guruhlar samarali ishlashi va yaxlit jamoa sifatida faoliyat ko’rsatishi lozim. Rasmiy tashkilot rahbariyatning irodasiga mos ravishda faoliyat yuritadi. Bunday tashkilot yaratilishi bilan u ijtimoiy muhitga ega bo’ladi. Lekin insonlar rahbariyatning ko’rsatmalariga muvofiq o’zaro munosabatlarda bo’lmaydi. Turli guruhlarga mansub insonlar bir piyola choy atrofida, tushlik paytida, ishdan keyin muloqotda bo’ladilar. O’zaro ijtimoiy munosabatlar oqibatida norasmiy guruhlar paydo bo’ladi.





Норасмий ташкилотларда ҳам ташкилот аъзолари учун хулқий намуна вазифасини ўтайдиган меъёрлар, қоидалар мавжуд.


Norasmiy tashkilot – bu favqulodda paydo bo’ladigan insonlar guruhi bo’lib, ular muayyan maqsadlarga erishish uchun muntazam o’zaro munosabatlarda bo’ladilar. Rasmiy tashkilotlardagi kabi umumiy maqsadlarning mavjudligi norasmiy tashkilotlarni paydo bo’lishining asosiy sababi hisoblanadi. Ulkan tashkilotlarda bir necha norasmiy guruhlar mavjud bo’ladi. Ularning ko’pchiligi o’ziga xos erkin tarmoqlar sifatida birlashgandir. Ular rasmiy tashkilotlardagi kabi yaxshi uyushgan va o’z iyerarxiyasiga, sardorlariga va vazifalariga ega.
Norasmiy tashkilotlarda ham tashkilot a’zolari uchun xulqiy namuna vazifasini o’taydigan me’yorlar, qoidalar mavjud. Ushbu me’yorlar mukofotlar va jarimalar bilan mustahkamlanadi. Rasmiy tashkilotlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular oldindan tuzilgan reja asosida yaratiladi. Norasmiy tashkilot esa qondirilmagan individual ehtiyojlarga favqulodda reaktsiya sifatida paydo bo’ladi. (Rasm 14.1)



Ташкилий жараёнлар

Расмий гуруҳ

Норасмий гуруҳ

Норасмий гуруҳ №1

Норасмий гуруҳ №2

Норасмий гуруҳ №3




Қўмиталар

Ишчи
гуруҳ

Комонда гуруҳ



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling