11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


norasmiy tashkilotlarning mohiyati


Download 0.65 Mb.
bet38/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

17.3. norasmiy tashkilotlarning mohiyati.

Инсонлар ўзига маъқул бўлган шахсларга яқинроқ бўлиш учун ҳам норасмий гуруҳларга аъзо бўладилар.


Tashkilotning ustqurmasi tashkilot faoliyati uchun zarur bo’lgan rejalashtirilgan rasmiy aloqalarni aks ettiradi. Lekin amalda rejalashtirilmagan, nostandart harakatlar va qarorlar talab qilinadi hamda ular tashkilot a’zolari o’rtasidagi norasmiy aloqalarga asoslanadi. Tashkilotning faoliyatini tezlashtiradigan insonlar o’rtasidagi ushbu rejalashtirilmagan aloqalar va faoliyat turlari norasmiy tashkilot deb ataladi.

Норасмий ташкилот динамик ривожланади ва унинг ичидаги алоқаларни тасвирлаш мураккаб вазифадир, шу билан бирга ундаги сардорлар кучли таъсирга эга бўлади.


Norasmiy tashkilot favqulodda yoki tashkilotning ba’zi a’zolarining oqilona siyosati va ehtiyotkorlik bilan ish yuritishi oqibatida ham paydo bo’lishi mumkin. Norasmiy tashkilot dinamik rivojlanadi va uning ichidagi aloqalarni tasvirlash murakkab vazifadir, shu bilan birga undagi sardorlar kuchli ta’sirga ega bo’ladi. Norasmiy tashkilotda hokimiyatning iyerarxiyasi yaratilmaydi, aloqalar esa – jamoaviy hisoblanadi. Ular jamoaviy me’yorlar asosida erkin boshqariladi
Norasmiy guruhlar o’z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazoratni o’rnatadilar ya’ni, ma’qul va noma’qul fyel-atvor namunalarini belgilaydilar, ularni mustahkamlash tadbir-choralarini amalga oshiradilar. Guruhga a’zo bo’lish uchun shakllangan me’yorlarga amal qilish talab qilinadi. Me’yorlarga amal qilmagan shaxslarga nisbatan jiddiy choralar qo’llaniladi va ular guruhga a’zo bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’ladilar. Bu kuchli ta’sir etadigan samarali usul hisoblanadi, chunki inson o’z ehtiyojlarini qondirilishini ushbu guruhga a’zo bo’lish bilan bog’laydi.
Insonlar tashkilotda va bo’limda yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni muhokama etishda norasmiy tashkilotning axborot kanallaridan foydalanadilar. Norasmiy tashkilotlarda yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarga qarshilik ko’rsatish an’anasi mavjud.
Guruh faoliyatiga, tajribasiga, ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishiga, umumiy manfaatlarga, ijobiy hissiyotlarga xavf soladigan o’zgarishlarga norasmiy guruh a’zolari qarshilik ko’rsatadilar.

Norasmiy tashkilot sardorining yoshi, mansabi, malakaviy tayyorgarligi, ish joyining qulayligi, ish joyida erkin harakat qilish imkoniyati va uning mehribonligi muhim ahamiyatga ega.


Rasmiy tashkilotlardagi kabi norasmiy guruhlar ham o’z sardorlariga ega. Rasmiy va norasmiy tashkilotlarning sardorlari guruh a’zolariga ta’sir etishda hokimiyat kuchidan foydalanishga harakat qiladilar. Guruh tomonidan e’tirof etilish norasmiy sardorning tayanchi hisoblanadi. Ushbu sardor o’z harakatlarida, asosan, insonlarga va o’zaro munosabatlarga suyanib, ish yuritadi. Norasmiy sardorning ta’sir doirasi rasmiy tashkilotdan chetga chiqishi ham mumkin. Norasmiy tashkilot sardorining yoshi, mansabi, malakaviy tayyorgarligi, ish joyining qulayligi, ish joyida erkin harakat qilish imkoniyati va uning mehribonligi muhim ahamiyatga ega. Odatda norasmiy guruhning maqsadlarini bajarishda ikki sardor ajralib turadi: birinchisi guruh maqsadlarini bajaradigan sardor, ikkinchisi – o’zaro ijtimoiy munosabatlar yo’lga qo’ya oladigan sardor.
Xomans modeliga muvofiq (Rasm 11.2) faoliyat turlari deganda insonlar bajaradigan vazifalar tushuniladi. Ushbu vazifalarni bajarish jarayonida insonlar o’zaro munosabatlarga kirishadi. Ushbu munosabatlar o’z navbatida his-tuyg’ularning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi ya’ni, insonlarning bir-biriga va rahbariyatga nisbatan paydo bo’ladigan ijobiy va salbiy hissiyotlari. Hissiyotlar esa insonlarning faoliyatiga va kelajakdagi o’zaro munosabatlariga ta’sir qiladi.
Guruhlarni va norasmiy tashkilotlarni samarali boshqarishga xalaqit beradigan keng tarqalgan muammolardan biri – bu ular to’g’risida rahbariyatning yuqori fikrda emasligidir.



фаолият

ҳиссиётлар





Ўзаро таъсирлар


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling