11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Download 0.65 Mb.
bet39/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Rasm 17.2. Xomans modeli

Norasmiy guruhlarning mavjudligi keng tarqalgan holat hisoblanadi. Ular har-bir tashkilotda mavjud. Boshqaruv sohasidagi boshqa omillar kabi ular ijobiy va salbiy ta’sirlarga ega. Norasmiy guruhning maqsadlari rasmiy tashkilotlarning maqsadlari bilan mos kelishi, samaradorlik me’yorlari yuqoriroq bo’lishi, hamda norasmiy axborot kanallari rasmiy tashkilotning axborot kanallarini to’ldirishi mumkin.
Guruh o’z hajmi, tarkibi, guruh me’yorlari, ahilligi, ixtiloflari, a’zolarning funktsional roli va statusi omillari ta’sirida o’z maqsadlarini yuqori yoki past samaradorlik bilan amalga oshirishi mumkin.
O’lchami (hajmi). Guruhning hajmi kattalashib borgan sari guruh faoliyati bilan bog’liq kelishuvga erishish va a’zolarning o’zaro munosabatlarini boshqarish murakkablashib boradi. Guruh hajmini oshib borishi o’z maqsadlariga ega yanada kichikroq guruhlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Tarkib. Tarkib deganda muammoni echishda namoyon bo’ladigan yondashuv va qadriyatlarga ega shaxslarning o’zaro yaqinlik darajasi tushuniladi. Guruhning tarkibi bir-biriga o’xshash bo’lmagan shaxslardan iborat bo’lishi samarali hisoblanadi.
Jamoaviy me’yorlar. Me’yorlar guruh a’zolaridan qanaqa fyel-atvor va qanaqa ish talab qilinishini ko’rsatish uchun yaratiladi. Me’yorlarning kuchli ta’sirini sababi shundan iboratki, insonlar ushbu me’yorlarga amal qilsalargina ular guruhga to’laqonli a’zo bo’lishga, hurmat qozonishga va qo’llab-quvvatlashga umid qilishi mumkin. Bu hol rasmiy va norasmiy guruhlarga tegishli.
Ahillik – bu a’zolarning bir-biriga va guruhga intilish darajasidir. Yuqori darajada ahil guruh – bu shunday guruhki, bunda guruhning a’zolari bir-biriga intiladi va o’zlarini ruhan yaqin deb hisoblaydilar. Ahil guruhlar tashkilotda yaxshi ishlaganligi sababli yuqori darajadagi ahillik tashkilotning samaradorligini yanada oshirishi mumkin. Odatda yuqori darajada ahillik bilan ishlaydigan tashkilotlarda o’zaro muloqotlarni o’rnatish muammolari mavjud bo’lmaydi.
Ixtiloflar. Faol fikr almashish foydali, lekin u guruh ichidagi bahslarga va ochiq ixtiloflar sabab bo’ladi.
Guruh a’zolarining statusi. U yoki bu shaxsning tashkilotdagi statusi uning yoshi, mansab darajasi, mansabning mas’uliyati, ish kabinetining joylashuvi, ma’lumoti, ijtimoiy iqtidori, axborotga egaligi va to’plangan tajribasi kabi omillar bilan aniqlanadi.
Guruh a’zolarining rollari. Maqsadli rollar shunday taqsimlanganki, bunda guruh bajaradigan vazifalarni ajratib olish va bajarish mumkin bo’ladi. Qo’llab-quvvatlovchi rollar guruhning hayotini rivojlantirishni uni to’laqonli bo’lishini nazarda tutadi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling