11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Rasm 17.1. Rasmiy va norasmiy tashkilotlarning paydo bo’lish mexanizmi 17.2. XODIMLARNI NORASMIY TAShKILOTLARGA A’ZO BO’LISh SABABLARI


Download 0.65 Mb.
bet37/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Rasm 17.1. Rasmiy va norasmiy tashkilotlarning paydo bo’lish mexanizmi


17.2. XODIMLARNI NORASMIY TAShKILOTLARGA A’ZO BO’LISh SABABLARI.
Odatda insonlar o’zlarining nima sababdan norasmiy tashkilotga a’zo bo’lishlarini biladilar. Insonlar yoki tashkilot maqsadlarini bajarishni yoki ular daromad manbalaridan biri hisoblangan mukofotni olishni istaydilar, yoki ularni obro’li tashkilotga a’zo bo’lish istagi boshqaradi.
Guruhga a’zo bo’lishning eng muhim sabablari: muayyan guruhga a’zo bo’lish istagi, o’zaro yordam, himoya, yaqin muloqotlar va manfaatlardir.
Muayyan guruhga tegishli bo’lish. Norasmiy guruhga a’zo bo’lishning birinchi sababi muayyan guruhga tegishli bo’lish ehtiyojini qondirishdir. Odatda ishchilarning norasmiy guruhlarga a’zo bo’lishining sababi – bu ijtimoiy munosabatlarga ega bo’lishdan iborat.
Yordam. Bo’ysunuvchilar o’zlarining bevosita rahbarlaridan maslahat olish yoki o’z muammolarini muhokama etish uchun ularga murojaat qiladilar. Lekin bo’ysunuvchilar odatda yordam so’rab, rahbarlarga emas hamkasabalariga murojaat qiladilar. Bu yordam so’raydigan tomonga ham, yordam beradigan tomonga ham foydali. Yordam beradiganlar hurmat e’tiborga sazovor bo’ladi, yordam oladigan xodim esa harakat qilish uchun kerakli maslahatlarga ega bo’ladi.
Himoya. Insonlar kuch – birlikda ekanligini yaxshi biladilar. Tashkilot xodimlaridan iborat norasmiy guruh bir-birini zararli ta’sirlardan himoya qiladilar. Masalan inson sog’lig’i uchun zararli ish muhitiga qarshi hamjihatlik bilan kurashish yoki rahbariyatga ishonchsizlik bildirish kerak bo’lsa, himoya funktsiyasi yanada muhim o’rin tutadi.
Muloqotlar. Insonlar atrof muhitda yuz berayotgan voqyealardan ogoh bo’lishni istaydilar, ayniqsa ushbu voqyealar ishga tegishli bo’lsa. Norasmiy guruhga a’zo bo’lishning muhim sabablaridan biri – bu norasmiy axborot kanallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishdir. Bu alohida shaxsning psixologik himoya va guruhga a’zo bo’lish ehtiyojini qondiradi, hamda ish bilan bog’liq axborotlarga ega bo’lish imkonini beradi. Insonlar o’ziga ma’qul bo’lgan shaxslarga yaqinroq bo’lish uchun ham norasmiy guruhlarga a’zo bo’ladilar. Ular odatda, guruhga a’zo bo’lish, bilimdonlik, himoya, hurmat-ye’tibor ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega insonlarga yaqin bo’lishga intiladilar.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling