11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Hokimiyat shakllarining tasnifi


Download 0.65 Mb.
bet45/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

19.2. Hokimiyat shakllarining tasnifi

Hokimiyat asoslari tasnifiga muvofiq 5 ta asosiy shakl mavjud:


1.Majburlashga asoslangan hokimiyat. Ijrochi ishonadiki, ta’sir etuvchining jazolashi natijasida u o’zining hayotiy muhim ehtiyojlarini qondira olmasligi yoki umuman ko’plab boshqa muammolarga duch kelishi mumkin.
2.Taqdimlashga asoslangan hokimiyat. Ijrochi ishonadiki, ta’sir etuvchi shaxs uning hayotiy muhim ehtiyojlarini qondirishi, umuman olganda qoniqish keltirishi mumkin.
3.Yekspert hokimiyati. Ijrochi ishonadiki, ta’sir etuvchi ehtiyojlarni qondiradigan maxsus bilimlarga ega.
4. Namuna hokimiyati. Bunda ta’sir etuvchining xususiyatlari, sifatlari ijrochi uchun shunchalik jozibadorki, u ta’sir etuvchiga maftun bo’ladi, unga o’xshashni istaydi.

Ижрочи ўтмиш анъаналаридан биладики, провард натижада таъсир етувчининг буйруқларини бажариш ҳаётий муҳим еҳтиёжларни қондирилишига олиб келади.

5. Qonuniy hokimiyat. Ijrochi ishonadiki, ta’sir etuvchi buyruq berish huquqiga ega va u ushbu hokimiyatga buysunishi lozim. Ijrochi o’tmish an’analaridan biladiki, pirovard natijada ta’sir etuvchining buyruqlarini bajarish hayotiy muhim ehtiyojlarni qondirilishiga olib keladi.
Shuning uchun qonuniy hokimiyat an’anaviy hokimiyat ham deb ataladi. Qonuniy hokimiyat haqiqiy kuchga ega bo’ladi qachonki, rahbar faqat tashkiliy pog’onalarning yuqorirog’ida joylashganligi uchun unga xodimlar bo’ysunadigan bo’lsa. Hamma rahbarlar qonuniy hokimiyatdan foydalanadilar, chunki ularga boshqa insonlarni boshqarish vakolati berilgan. Hokimiyatning ushbu asoslari tashkilot maqsadlarini amalga oshirishda rahbarlar foydalanadigan vosita hisoblanadi.
Majburlashga asoslangan hokimiyat. Qo’rquv asosida ta’sir etish
Qo’rquv va majburlashdan foydalanish ish joyida hokimiyatni rivojlantirish uchun rahbarga katta imkoniyatlar beradi, chunki ehtiyojlarning ko’pchilik qismi aynan ish joyida qondiriladi. Masalan, ish joyini yo’qotib qo’yishdan qo’rqish. Muayyan vaziyatlarda qo’rquvdan osonlik bilan samarali foydalanish mumkinki, u tezdan o’z natijalarini beradi. Ishdan haydashga shama qilish, vakolatlarni chegaralash, mansabini pasaytirish va boshqa shu kabilar.
Qo’rquvdan ta’sir vositasi sifatida tez-tez foydalanadigan tashkilotlar tadbirkorlik va oshkoralik muhitida uzoq yashay olmaydi. Majburlash vaqtinchalik itoatkorlikni ta’minlasa ham, u tashkilot faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Ishonchsizlik, qo’rquv, qasd olish va begonalashish mehnat unumdorligini, mehnatdan qoniqish olishni pasaytiradi, kadrlar qo’nimsizligini oshiradi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling