11-Mavzu: Din madaniyat fenomeni Reja


 Dinning strukturasi. Dinning ijtimiy funksiyalari


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana21.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1640588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu

 
3. Dinning strukturasi. Dinning ijtimiy funksiyalari. 
Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni dinshunoslikda funksionalizm 
rivojlantiradi. Funksionalizm jamiyatga ijtimoiy sistema sifatida qaraydi: unda 
jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda 
bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: 
Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchiliktasalli 
beruvchilik - kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy 
extiyoj xosil bo‘lishi hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va 
jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi 
ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy extiyojga zaruriyat 
sezgan. Ana shunday extiyoj diniy extiyoj edi. Din bu o‘rinda ma’naviy-ruhiy 
extiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham 
bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini roxiblikni targ‘ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-
xavaslardan, roxat-farog‘atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, 
abadiy roxatda bo‘lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso 
Masixning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, 
sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar. Chunki xristianlik Iso Masix qaytib kelgach 
barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi. 
Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy 
yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu-
xavaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi. 
Ikkinchidan, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod 
qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda 


ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik 
vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning 
o‘z ta’sirida bo‘lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida 
din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti 
va san’atiga ham ta’sir o‘tkazadi. 
Masalan, yaxudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish 
uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo - 
Yaxvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko‘proq jalb etish uchun 
diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalaniladi. 
Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi. 
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling