11-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati
Korrupsiyaning maqbul darajasi
Download 68.05 Kb.
|
global korrupsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Xalqaro savdo.
9. Korrupsiyaning maqbul darajasi. Davlat korrupsiyani yo‘q qilar ekan, korrupsiyaga qarshi kurashish xarajatlari shu darajada ko‘payadiki, korrupsiyani butunlay yo‘q qilish uchun cheksiz harakatlar qilish kerak bo‘ladi. Korrupsiyadan ko‘rilgan zararlar va uning har bir darajasi uchun korrupsiyani yo‘q qilish xarajatlarini taqqoslash orqali eng kichik umumiy yo‘qotishlarni aks ettirgan holda korrupsiyaning maqbul darajasini topish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, korrupsiyani oxirigacha yo‘q qilmaslik, shunchaki ushbu jarayonning qimmatligi sababli jamiyat uchun foydaliroqdir deb o‘ylovchilar ham bor. Biroq, korrupsiyaga qarshi kurashga sarflangan mablag‘larning yanada samaradorliroq qilish haqida tinmay o‘ylash zarurligini unutmaslik kerak. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun haddan tashqari ishtiyoqni kuchaytirib yuborish, uning sabablarini yo‘q qilish oqibatida kelib chiqadigan zarari ma’muriy tizimni moslashuvchanlikdan va fuqarolarning fuqarolik erkinliklaridan mahrum qilishi mumkin. Korrupsiyalashgan hukmron guruh jamiyat ustidan nazoratni kuchaytirish va siyosiy muxoliflarni ta’qib qilish uchun jazolash qonunchiligidan unumli foydalanishi ham mumkin. Buni ham hisobga olish kerak bo‘ladi.
10. Xalqaro savdo. Korrupsiya xalqaro savdoda milliardlab dollar yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi. So‘nggi yillarda xalqaro korrupsiya muammosiga qiziqish kuchayib borishi sabablaridan biri bu masalan, tovar va xizmatlarni eksport qiluvchi firmalarining ko‘pincha qonunchilikka binoan chet el amaldorlariga pora berishga ruxsat berilmaganligi sababli sun’iy ravishda foydali shartnomalarni yo‘qotishadi. Aksincha, aksariyat OBSE14 mamlakatlarida chet ellik sheriklarga pora berish nafaqat taqiqlanmagan, balki soliq to‘lashda hatto daromaddan ushlab qolinishi mumkinligi qayd etilgan. Masalan, nemis korporatsiyalari uchun bunday xarajatlar yiliga 5,6 milliard dollarni tashkil etadi15. Vaziyat faqat 1997 yil oxirida, mamlakatlar "Xalqaro biznes operatsiyalarida xorijiy davlat amaldorlarining pora olishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiya" ni imzolagandan keyingina o‘zgardi. Konvensiyani bajarish uchun keyingi yillarda milliy kompaniyalarning birovga pora berishini man qiluvchi bir qator qonunlar qabul qilindi. Download 68.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling