11-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


Yuqori darajadagi korrupsiya sabablari haqidagi farazlar


Download 68.05 Kb.
bet14/16
Sana24.12.2022
Hajmi68.05 Kb.
#1057175
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
global korrupsiya

4. Yuqori darajadagi korrupsiya sabablari haqidagi farazlar. Yuqori darajadagi korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha quyidagicha taxminlar:
• xususiy sektorga nisbatan davlat sektorida ish haqining pastligi;
• iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish;
•fuqarolarning mansabdor shaxslarga bog‘liqligi, ayrim xizmatlarga davlat monopoliyasi;
• byurokratik elitani xalqdan ajratib turish;
• iqtisodiy beqarorlik, inflyatsiya;
aholining etnik xilma-xilligi;
• iqtisodiy rivojlanishning past darajasi;
• diniy an’analar;
• umuman mamlakat madaniyati va shu kabilar ham mavjud bo‘lib,bugungi kunda ularni tasdiqlash bo‘yicha kelishuv mavjud emas17 .
Shunday qilib, xususiy sektorga nisbatan davlat sektorida ish haqining ko‘payishi korrupsiyaning darhol pasayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan, bunday holat byurokratlar malakasi darajasini bosqichma-bosqich oshirishga yordam beradi va uzoq muddatli istiqbolda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning misolini korrupsiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlarda mansabdorlarning ish haqi ishlab chiqarish sohasidagi ish haqiga nisbatan 3-7 baravar yuqori ekanligida ko‘rish mumkin.
Eng munozarali masalalardan biri bu davlatning monopolist sifatida bozorlarni tomonidan tartibga solinishi,ya’ni boshqarilishidir.
Erkin bozor tarafdorlarining ta’kidlashicha,davlat rolning pasayishi va raqobatning kuchayishi,korrupsiyaning pasayishiga yordam beradi,chunki bu talab qilinadigan ixtiyoriy kuch miqdorini kamaytiradi va himoya tartibga solish orqali bozor istunligini olish qobiliyati va shu sababli ijara haqini olish orqali imkoniyatini kamaytiradi. Darhaqiqat, korrupsiyasi past bo‘lgan barcha mamlakatlar nisbatan erkin iqtisodiyot bilan ajralib turadi. Aksincha, mansabdor shaxslarning monopol hokimiyati va narxlarni bozor darajasidan past darajada ushlab turishi bilan tavsiflangan rejali iqtisodiyot kam mahsulot va xizmatlarni olish vositasi sifatida poraxo‘rlikni rag‘batlantiradi.18
Ushbu dalilga bir qator e’tirozlar ham mavjud. Bular quyidagilardan iborat:
Birinchidan, xususiy sektor har doim ham muammolarga qoniqarli yechimlarni taklif eta olmaydi va bunday hollarda ko‘pchilik odamlar davlat aralashuvini asosli deb bilishadi. Bu, o‘z navbatida, adolatsiz nazorat va davlat ijara haqini undirish uchun old shartlarni yaratadi. Shunday qilib, erkin iqtisodiyot sharoitida ham korrupsiyani to‘liq yo‘q qilish mumkin emas.
Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish jarayoni hukumat tomonidan amalga oshiriladi va shu sababli, mohiyatan, bu iqtisodiyotga faol aralashishdir. (bu qo‘shimcha ravishda, xususiylashtirish orqali korrupsiyani boyitish manbalarini yaratish bilan ham bo‘lishi mumkin). Shuning uchun amalda liberallashtirishning boshlang‘ich davri aksariyat hollarda teskari ta’sir - korrupsiyaning kuchayishi bilan tavsiflanadi19
Uchinchidan, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, liberal-demokratik siyosiy tizimdagi korrupsiya darajasi mamlakat rahbariyatining neoliberal yoki sotsial-demokratik mafkuraga rioya qilishiga bog‘liq emas20. Bundan tashqari, korrupsiyasi past bo‘lgan ko‘plab mamlakatlarda soliqlar va davlat xarajatlari nisbatan yuqori.Masalan, Kanada, Niderlandiya, Skandinaviya va shu kabi mamlakatlarda.


Download 68.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling