11-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


Korrupsiyaning genezisi va evolyusiyasi


Download 68.05 Kb.
bet3/16
Sana24.12.2022
Hajmi68.05 Kb.
#1057175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
global korrupsiya

3. Korrupsiyaning genezisi va evolyusiyasi. Kishilik tarixiga nazar tashlasak,korrupsiyaning ham salbiy ijtimoiy fenomen sifatida juda qadim zamonlarda paydo bo‘lganligiga ishonch hosil qilamiz. Bu asosan urug‘ va qabilalarning paydo bo‘lishidagi boshqaruv tizimining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lib,urug‘ yetakchisi va qabila boshlig‘ining o‘rnatilgan tartib-qoidalarni o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishi,aniqrog‘i,urug‘ va qabilalarning oziq-ovqat,kiyim-kechak resurslarini o‘z boshimchalik bilan taqsimlanishi natijasida paydo bo‘lgan,desak yangilishmagan bo‘lamiz.
Kishilik tarixida korrupsiyaga qarshi kurashchi sifatida tilga olingan birinchi hukmdor miloddan avvalgi XXIV asrning ikkinchi yarmida Lagash shahar-davlatining shumerlar podshosi Uruinimgina bo‘lgan. Podsho tomonidan odamlarning,ayniqsa mansabdorlarning korrupsiyaga aralashgani uchun ko‘rgazmali tarzda, shafqatsiz jazolar qo‘llaganiga qaramay, u kutilgan natijalarni bermagan. Bu ko‘rilgan chora-tadbirlar eng xavfli jinoyatlarning oldi olingan bo‘lsada, biroq, quyi pog‘onada pora olish va berish borasida korrupsiya keng tarqalgan. Miloddan avvalgi IV asrda Bxarata (Hindiston) vazirlaridan biri tomonidan korrupsiya muhokamasiga oid birinchi traktat «Artxa – shastra» Kautil’ya taxallusi bilan nashr etilgan. Unda "qirolning mulki, hech bo‘lmaganda ozgina bo‘lsa ham, ushbu mulk uchun mas’ul bo‘lganlar tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin emas" degan pessimistik xulosa qayd etilgan.
Qadimgi Misr fir’avnlari ham shunga o‘xshash muammolarga duch kelishgan, chunki bu yerda amaldorlarning katta keng qamrovli byurokratik apparati mavjud bo‘lib, ular erkin dehqonlar, hunarmandlar va hatto harbiy zodagonlarga nisbatan qonunsizlik va o‘zboshimchalikni qilishlariga keng imkoniyatlar yaratib berishgan.Bu haqda Itahotel degan bir shaxsning:” Boshliq oldida belingizni bukib ta’zim qiling, shundagina uyingizda tartib, ish haqingiz to‘liq bo‘ladi, chunki boshliq oldida qarshilik qilgan odam yomon odam, uni rozi qilsangiz yashashingiz oson bo‘ladi"5,– degan so‘zlari hozirgacha saqlanib qolgan.
Sudyalarning sotqinligi alohida tashvish uyg‘otgan, chunki ular pora evaziga sotilib mulklarni noqonuniy ravishda taqsimlash va nizolarni qonunchilik doirasidan tashqarida hal qilishga berilib ketganlar. Shuning uchun ham yetakchi din vakillari sudyalarning poraxo‘rligini qoralab: "... boshliq sovg‘a talab qiladi, sudya esa pora olish uchun sud qiladi, zodagonlar o‘z qalblarining yomon istaklarini qondirish uchun ishni buzib ko‘rsatadilar”, "Sovg‘alarni qabul qilmang, chunki sovg‘alar ko‘zi ochiqlarni ko‘r qiladi va haq-huquqlarni izdan chiqaradi”6,– deganlar.
Qadimgi Rim qonunlarining XII jadvalida qayd qilingan «sorrumpere» atamasi "sudda guvohlik beruvchilarni pulga sotib olish" va "sudyaga pora berish": "Siz sud kelishuvi paytida tayinlangan [ishni ko‘rib chiqish uchun] va [bu ishda] pul pora olganlikda aybdor deb topilgan sudya yoki vositachini o‘lim bilan jazolash to‘g‘risidagi qonunning qat’iy qarorini ko‘rib chiqmoqchimisiz?"7,– degan ma’noda ishlatila boshlagan.
Korrupsiyani tushunish masalasida Nikkolo Makiavellining asarlari alohida ahamiyat kasb etgan. U korrupsiyani kasallik bilan taqqoslab, u qichima kasaliga o‘xshash bir narsdir. Avvaliga uni tanib olish qiyin, ammo davolash osonroq. Agar unga e’tibor berilmasa, uni tanib olish oson, ammo davolash qiyin,degan xulosaga kelgan8.
XVIII asr oxiridan boshlab G‘arbda jamiyatning korrupsiyaga bo‘lgan munosabatida burilish boshlangan. Bu davrda liberal islohotlar davlat hokimiyati unga bo‘ysunadigan odamlar manfaati uchun mavjud, shuning uchun fuqarolar amaldorlar tomonidan qonunlarga qat’iy rioya qilish evaziga hukumatni qo‘llab-quvvatlaydilar degan shior ostida amalga oshirildi. Xususan, 1787 yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasiga binoan, pora olish AQSh prezidentiga nisbatan impichment e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan aniq ko‘rsatilgan ikkita jinoyatdan biridir. Jamiyat davlat apparati ishining sifatiga tobora ko‘proq ta’sir o‘tkaza boshladi. Siyosiy partiyalar va hukumat tomonidan tartibga solish kuchaygan sari, siyosiy elita va yirik biznesning til biriktirishi epizodlari tobora ko‘proq tashvishga tushdi. Shunga qaramay, X1X-XX asrlarda rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya darajasi boshqalariga qaraganda birmuncha pasaygan9.
Rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya evolyusiyasining yangi bosqichi XIX-XX asrlarga to‘g‘ri keldi. Bir tomondan, davlat tomonidan boshqaruv ishlarining tartibga solinish natijasida amaldorlar hokimiyatining yana bir kuchaytirish boshlandi. Boshqa tomondan,esa yirik xususiy biznes paydo bo‘ldi.U raqobat kurashida "davlatni sotib olish" ga o‘tishni boshladi. Endi ayrim kichik davlat xizmatchilarining epizodik pora olishiga emas, balki siyosatchilar va yuqori mansabdor shaxslarning faoliyatini kapital manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirishga qaratildi. Bu rivojlangan mamlakatlarda (ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyin G‘arbiy yevropada) siyosiy partiyalarning ahamiyati oshgani sayin, yirik firmalar va transmilliy korporatsiyalar siyosatchilarga o‘z manfaatlarini lobbichilik qilgani uchun siyosatchining o‘ziga emas,balki partiya g‘aznasiga shaxsan pul o‘tkazishni boshladilar, natijada partiyalar korrupsiyasi paydo bo‘ldi va rivojlandi.
XX asrning ikkinchi yarmida korrupsiya tobora xalqaro muammoga aylana boshladi. Xorijda korporatsiyalar tomonidan yuqori lavozimli amaldorlarni pora berish evaziga sotib olish ommviy tus oldi. Globallashuv jarayonlarining borishi bir mamlakatdagi korrupsiyaning boshqa ko‘plab davlatlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini boshlab berdi. Bunga qarshi ko‘pgina davlatlar birgalikda kurash olib borishga kirishdilar. «Finansial Times» » gazetasi 1995 yil 31 dekabrdagi sonida 1995 yilni "korrupsiya yili" deb e’lon qildi. Korrupsiya to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 9 dekabr’ kunini «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” ni deb e’lon qildi.

Download 68.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling