11-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati
Korrupsiyaning yashovchanlik tendensiyalari
Download 68.05 Kb.
|
global korrupsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Korrupsiyani axloqiy-ma’naviy jihatdan baholash.
4. Korrupsiyaning yashovchanlik tendensiyalari. XX1 asrga kelib korrupsiya salbiy ijtimoiy jarayon sifatida tugatilmadi. U mazkur voqelikka moslashgan holda yashovchanlik xususiyatini namoyon qila boshladi. Moslashuvchanlikka asosilangan yashovchanlik tendensiyalari: birinchidan, kam rivojlangan davlatlarda ochiq korrupsiyaning boshqaruv tizimida hukumronlik qilishi; ikkinchidan,endi rivojlanib kelayotgan davlatlarda davlat hokimiyatidagi foyda keltiradigan mansablarni pora berish evaziga sotib olish; uchinchidan, rivojlangan davlatlarda xalqqa har xil imtiyozlarni berishni va’da qilish hisobiga saylovchilarni o‘zlariga og‘dirib olish,ya’ni saylovda yutib chiqish orqali davlat hokimiyatini egallab olishga urunishlari bilan xarakterlanadi.
Bu illatga qarshi BMT,Jahon Banki,Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki,Evropa Tiklanish va Taraqqiyot banki va boshqa mintaqaviy va ixtisoslashgan tashkilotlr tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Uning ana shu moslashuvchanlik asosida yashovchanlik xususiyatiga hayot haqida turli xil e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan odamlar tomonidan axloqiy-ma’naviy jihatdan baho berilmoqda. 5. Korrupsiyani axloqiy-ma’naviy jihatdan baholash. Har qanday hodisa odamlar tomonidan axloqiy-ma’naviy jihatdan baholanadi. Shunga ko‘ra korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga ham har xil axloqiy baho beriladi. Bunda ba’zi harakatlar – jinoiy; boshqalari esa – axloqsiz hisoblanadi. Oxirgisiga, qoida tariqasida, meritokratiya tamoyilini buzadigan siyosiy yo‘nalishga asoslangan qarindoshlik va homiylik kiradi. Biroq, korrupsiyaga nisbatan nisbatan ijobiy munosabat ham mavjud. Bu xususda Kanzas universiteti biznes professori Duglas Xyuston; «Korrupsiya rivojlanmagan joyda qonun ustuvorligining foydali o‘rnini bosishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, korrupsiyaning foydasi - qo‘shimcha sermahsul operatsiyalar natijasida hosil bo‘lgan qiymat - bu xarajatlardan oshib ketishi mumkin. Bunday holat, ehtimol, biznes yuritishning qonuniy imkoniyatlari keskin cheklanganda yuzaga keladi”10 ,– degan fikrni bildirgan. Korrupsiyani lobbichilikdan ajratish kerak. Lobbi olib borayotganda, mansabdor shaxs o‘z vakolatlarini tayinlash imkoniyatini oshirish yoki ma’lum bir guruh nomidan harakat qilish evaziga korporativ zinapoyada ko‘tarilish uchun ham ishlatadi. Farqi shundaki, lobbichilik uchta shartni qondiradi : 1. Mansabdor shaxsga ta’sir o‘tkazish jarayoni raqobatdosh bo‘lib, barcha ishtirokchilarga ma’lum bo‘lgan qoidalarga amal qiladi. 2. Yashirin yoki yon to‘lovlar mavjud emas. 3. Mijozlar va agentlar bir-biridan mustaqil, chunki hech bir guruh boshqa guruh tomonidan olingan foydadan ulush olmaydi11. Korrupsiyaning eng xavfli shakllaridan yana biri – bu jinoiy javobgarlik deb tasniflanadi. Bularga, birinchi navbatda,o‘zlashtirish (o‘g‘irlik) va pora kiradi. O‘zlashtirish - mansabdor shaxsga topshirilgan resurslarni shaxsiy maqsadlar uchun sarflab yuborish bo‘lib, uning oddiy o‘g‘irlikdan dastlab odam resurslarni boshliqdan, mijozdan va boshqalar qonuniy ravishda tasarruf etish huquqi olganligi bilan farqlanadi. Ko‘pgina hollarda, agar pora berish tovlamachilikning natijasi bo‘lmasa, pora beruvchi ushbu bitimdan asosiy foyda oladi. Ovozlarni sotib olish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi (garchi ba’zilar buni korrupsiya emas, balki vijdonli saylov kampaniyasining bir turi deb hisoblashadi). Ko‘pincha hokimiyatni zo‘rlik bilan almashtirishga chaqiruvlarning sababi ham korrupsiya bilan bog‘langan bo‘ladi. Bunda shu bilan birga, ko‘pincha ma’lum bir siyosiy elitaga emas, balki umuman siyosiy tizimga qarshi ayblovlar qo‘yiladi. Oskar Arias Sanches ta’kidlaganidek, avtoritar rejimlar hokimiyatni suiiste’mol qilishning katta qismini jamoatchilikdan yashirishga qodir, shuning uchun ularning korrupsiyasi to‘g‘risida xulosa butun dunyo uchun o‘ta muhim dalillar va zararli oqibatlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Aksincha, demokratiyadagi korrupsiya ko‘pincha katta zarar yetkazishdan oldin keng reklama qilinadi va bostiriladi. Biroq, davriy mojarolar fuqarolarda ularning mamlakatda siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir o‘tkazish qobiliyatiga va demokratiyadan ko‘ngli qolganiga shubha uyg‘otishigacha olib keladi12. Download 68.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling