2. Hamma narsani qamrab oladigan nazoratning mumkin emasligi. Ma’lumki,davlat bor ekan,uning nazorat qilish funksiyasi ham mavjud bo‘ladi. Ba’zida nazorat qilish davlat uchun juda qimmatga tushadi. Haddan tashqari nazorat qilish boshqarish sifatiga ham zarar yetkazadi va ijodkor iste’dodlarning pasayishiga olib keladi. Bu degan so‘z boshqaruv tamoyilining o‘zida ham korrupsiya ehtimolining mavjudligini anglatadi.. Ushbu imkoniyat ob’ektiv sharoitda rivojlanib, potensial renta(foyda) olish xavfdan ustun turadi. Bu muammo byurokratik apparatda bir necha bor takrorlanmoqda. Bunga sabab esa yuqori darajadagi ma’murlarning o‘zlari bo‘ysunuvchilarini tayinlashidir. Vakillik demokratiyasiga ega tizimlarda esa eng yuqori hokimiyat lavozimlarini siyosiy elita egallaydi va keyingi saylovlarda hokimiyatni yo‘qotib qo‘yish xavfi mavjudligidan hadiksiraydi.
3. Yuqori darajadagi korrupsiya sabablari. Ko‘pchillik mutaxassislarning fikricha yuqori darajadagi sababi g‘ayriinsoniy hatti-harakatlarning ichki va tashqi cheklash mexanizmlarini ta’minlovchi siyosiy institutlarning nomukammalligidadir. Bunga ba’zi ob’ektiv holatlar:
– ikki xil ma’noli noaniq qonunlar;
– aholining qonunlarni bilmasligi yoki tushunmasligi;
– mansabdor shaxslarning o‘zboshimchalik bilan byurokratik protseduralarga to‘sqinlik qilish yoki tegishli to‘lovlarni oshirib yuborishi;
– mamlakatdagi siyosiy vaziyatning beqarorligi;.
– davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shakllangan mexanizmlarining etishmasligi;
– byurokratik apparat faoliyati asosidagi standartlar va prinsiplarning hukmron elita siyosatiga bog‘liqligi;
– byurokratiyaning kasbiy layoqatsizligi;
– qarindoshlik va siyosiy homiylik; (bu korrupsiyani nazorat qilish mexanizmlarini zaiflashtiradigan maxfiy kelishuvlarni tuzishga olib keladi);
– ijro etuvchi hokimiyat tizimida birlikning yo‘qligi, ya’ni bir xil faoliyatni turli hokimiyat organlari tomonidan tartibga solish;
– fuqarolarning davlat ustidan nazoratdagi ishtiroki darajasining pastligi boshqalar ham o‘zining hissasini qo‘shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |