11-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati
Download 68.05 Kb.
|
global korrupsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fundamental’ qarama-qarshilik.
- 1. Qonunning konservativligi.
11. Korrupsiya sabablari. Korrupsiya sabablari deb xususiy shaxs,uyushgan guruhlarning davlat muassasalarida egallagan mavqeidan foydalangan holda davlat va nodavlat tashkilotlarining, shuningdek, xalqaro sherikchilik birlashmalarining mol-mulkini noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirib olishlari natijasida kelib chiqqan uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga aytiladi. Bunga asosan jamiyatning hayotini tartibga solib turuvchi huquq va axloq normalarida fundamental’ ziddiyatlarning borligi asosiy sabab bo‘ladi.
Fundamental’ qarama-qarshilik. Har qanday tovarni ishlab chiqarish ma’lum resurslarni iste’mol qilishni talab qiladi, bu esa ushbu tovarlar uchun ketgan xarajatlar iste’molchilaridan olingan mablag‘lar bilan qoplanadi. Xodimlarning ish haqi - bu oxir-oqibat iste’molchi tomonidan qoplanadigan xarajatlardan biridir, ammo ularning faoliyati boshliq va ish beruvchining irodasi bilan belgilanadi. Bu shunday holatga olib keladiki, iste’molchi xodimdan kerakli xizmat yoki mahsulotni oladi, lekin bu xodimning faoliyatiga bevosita ta’sir eta olmaydi. Muayyan holat soliqlar bilan to‘lanadigan va davlat xizmatchilari tomonidan ta’minlanadigan jamoat molidir. Mansabdor shaxslarning ish haqi haqiqatan ham fuqarolar tomonidan to‘lanishiga qaramay, ularning ish beruvchisi davlat bo‘lib, ularga qonun bilan turli shaxslarning raqobatdosh manfaatlariga ta’sir qiladigan qarorlar qabul qilish huquqini beradi. “Agar biron bir ixtiyoriy kuch bo‘lmasa, korrupsiya imkonsiz bo‘lar edi”16. Biroq, yuqori hokimiyatga ega bo‘lgan shaxs yoki guruh o‘zi belgilagan siyosatni mustaqil ravishda amalga oshira olmaydi. Shu maqsadda u ma’murlarni tayinlaydi, ularga kerakli vakolatlarni beradi, ularning ixtiyorida zarur resurslarni o‘tkazadi, ular uchun o‘zini tutish qoidalarini o‘rnatadi va ustidan nazorat olib boradi. Bu yerda quyidagi muammo paydo bo‘ladi: 1. Qonunning konservativligi. Amalda qo‘llanayotgan yo‘riqnomalar tashqi sharoitda bo‘layotgan hodisalarga qaraganda ancha sekin o‘zgaradi. Shuning uchun ham mutassadilar o‘zlarining xohishlariga ko‘ra ba’zi harakatlarni amalga oshirish uchun joy qoldiradilar.Busiz boshqaruv tizimi butunlay egiluvchan bo‘lmay qoladi,belgilangan qat’iy me’yorlarning hayot haqiqatlarga mos kelmasligi ishni butunlay to‘xtatishi mumkinligi yuzaga keladi. Biroq, bu shuni anglatadiki, qonunda nazarda tutilmagan vaziyatda ma’mur-mutassadi eng qulay ijara haqi bilan boshqarishni boshlashi mumkin. Demak,qonunlarning konservativligi ham korrupsiyaga yo‘l ochib beradi. Download 68.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling