11. Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon-tomir tizimining yosh hususiyatlari va kasalliklari. Reja


Download 235.74 Kb.
bet11/15
Sana05.01.2022
Hajmi235.74 Kb.
#205632
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon-tomir tizimining yosh hususiyatlari va kasalliklari

Unutmang!

Bolaning vaqtida va to'liq tuzalib ketishi shifokor tomonidan tayinlangan rejimning qanchalik qat’iylik bilan nazorat va amal qilinishiga bog'liq.



Revmatizm faol bosqichining o‘tkir davrida bolalar ko‘p terlayvergani uchun vaqt-vaqtida gigiyenik vannalardan foydalanish, ahvol og‘irlashganda esa bolaning badanini issiq suvga ho‘llangan sochiq bilan artib tozalab turish zarur.

Revmatizm bilan og‘rigan bolaga oson hazm bo‘ladigan ovqatni bo‘lib-bo‘lib kuniga 4-5 mahal berib turilishi kerak. Suyuqlik taxminan 1 / gacha cheklanadi. Tarkibida kaliy tuzlari bo‘ladigan masalliqlar (tvorog, kartoshka, olma, karam, qora olxo‘ri va boshqalar)dan foydalanish kerak. Faqat yog‘siz go‘sht beriladi, qovurdoq, qaynatma sho‘rvalar, ziravorlardan parhez qilinadi.

Ovqat ratsionida meva va sabzavotlaming yetarli miqdorda bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi(tabiiy holda olib turiladigan vitaminlarga qo‘shimcha qilib vitamin preparatlari berib boriladi).

Kasallikning o‘tkir davrida desensibillovchi vositalar, salitsilatlar, pirazolon qatori preparatlari, steroid gormonlardan keng foydalaniladi.

Mahalliy infeksiya o‘choqlari bo‘lsa, revmatizmning o‘tkir davrida kompleks davoga bolaning yoshiga to‘g‘ri keladigan dozalarda 10-14 kun davomida penitsillin qo‘shiladi, keyin esa 3-4 hafta davomida kuniga 1 marta 1 000 000-1 200 000 ТВ miqdorida bitsillin-1 yoki bitsillin-5 inyeksiya qilib turishga o‘tiladi. Fizioterapevtik muolajalar ham buyuriladi (bodomcha bezlariga UVCH toklari, ultrabinafsha nur berish).

Sezilarli poliartritik sindrom bo‘lganida yoki pollartralgiyalar, ya’ni bo‘g‘im og‘riqlari uzoq davom etganida bo‘g‘imlarga issiq qilish (Minin lampasi, sollyuks, infraqizil nurlar 15-20 daqiqadan kuniga 1-2 mahal), UVCH toklari berish (10 daqiqadan 5-6 muolaja), parafmdan applikatsiyalar qo‘yish (45-50°C, 20-30 daqiqa) yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Xoreyada qo‘shimcha ravishda bromidlar yoki fenobarbital buyuriladi, bu preparatlar maktab yoshidagi bolalarga 0,01-0,02 g dan kuniga 2 mahal, uyqu notinch bo‘lganda esa 0, 05 g dan yotishdan oldin berib turiladi.

Bolalarni kasalxonadan chiqarilgandan keyin qo‘shimcha davolanish uchun mahalliy revmatologiya sanatoriylariga yuboriladi.


Download 235.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling