11. Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon-tomir tizimining yosh hususiyatlari va kasalliklari. Reja


Download 235.74 Kb.
bet8/15
Sana05.01.2022
Hajmi235.74 Kb.
#205632
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon-tomir tizimining yosh hususiyatlari va kasalliklari

Klinikasi. Kasallikning A.I.Nesterov klassifikatsiyasi (1964-yil) bo‘yicha faol (I, И, III darajali) va nofaol bosqichlari farqlanadi. A’zo va tizimlarning zararlanishi bo‘yicha esa yurak va boshqa tizim hamda a’zolaming zararlanishi kabi kliniko-anatomik turlari ajratiladi. Revmatizm o‘tkir (2 oygacha), yarim o‘tkir (2 oydan 4 oygacha), cho‘ziluvchan (4 oydan ortiq), tinmay qaytalanib turadigan va yashirin (latent) tarzda kechishi mumkin[3].

Kasallikning klinik belgilari uning kechishiga bog‘liq bo‘lib, juda xilma-xil namoyon bo‘ladi. 0‘tkir boshlangan revmatizmda bolaning tana harorati ko‘tariladi, bola lanj, holsiz va kamharakat bo‘lib qoladi. Aksariyat bolalar biron xil streptokokkli kasallikni (angina, surunkali | tonzillit, otit va boshqalar) boshlaridan kechirgandan 2-3 hafta o‘tgach, yurak sohalari va bo‘g‘imlarida og‘riq paydo bo‘lganidan shikoyat qiladilar.

Bolaning og‘rigan bo‘g‘imlari qizaradi, shishib chiqadi, harakat cheklana boshlaydi. Bo‘g‘imlaming zararlanishi simmetrik, og‘riqlar esa bo‘g‘imdan-bo‘g‘imga ko‘chib yuruvchan xarakterda bo‘ladi.

Lekin revmatizmda bo‘g‘imlar zararlanishi ko‘rinmagan holda yurak devorlarining zararlanishi, ayniqsa muskul qavatining zararlanish belgilari kuzatilishi mumkin. Bunda bola yurak sohasidagi noxush sezgilardan, og‘riq, ortiqcha charchash, bosh og‘rig‘i, ishtaha pasayishi, uyquning behalovatligidan shikoyat qiladi. Bolada badan terisining rangparhgi, hansirab turish, taxikardiya, yurak chega- ralarihing kengayishi, yurak tonlarining bo‘g‘iqligi, yurakda sistolik shovqin borligi, yurak ritmining buzilishi, arterial bosimning pasayishi va tana haroratmmg subfebril darajalargacha ko‘tarilishi kabi obyektiv belgilar paydo bo‘ladi. Revmatik sinamalar musbat natija beradi.

Revmatizmda yurak devorining ichki endoyeard qavatining zararlanishi aksariyat hollarda og‘ir kechadi va ikki xil natija bilan yakunlanishi kuzatiladi: yo yurakning orttirilgan nuqsoni paydo bo‘ladi, yoki bola tuzalib hech qanday asorat qolmaydi.

Bolalik davridagi revmatizmda asab tizimining xoreya ko‘rinishida zararlanishi xarakterli bo‘lib, xoreya 5-19 yoshli bolalarda va aksari qizlarda hammadan ko'proq kuzatiladi.

Tipik hollarda kasallik asta-sekin avj oladi, uyg'unlashmagan, poyma- poy harakatlar (giperkinezlar), aftni burishtirish harakatlari paydo bo‘ladi, yurish, nutq o‘zgarib qoladi, psixika ayniydi (tajanglik, yig‘loqilik, negativizm), muskullar tonusi keskin susayib ketadi. Bu o‘zgarishlarni aksariyat hollarda bog‘cha tarbiyachilari va maktab o‘qituvchilari payqab qolishadi. Bu kabi asosiy simptomlar asta-sekin kuchayib boradi, bu alomatlar yurak-qon tomirlar tizimidagi miokardit, goho endomiokardit ko‘rinishidagi o‘zgarishlar bilan birga kuzatiladi[3].

Kichik xoreya odatda 2-3 oy, ba’zan 6-12 oygacha cho‘zilib, to‘lqinsimon kechadi, giperkinezlar susayib qoladigan va tag‘in kuchayib ketadigan davrlar almashinib turadi.

Revmatizmning yurakdan tashqarida bo‘hb, birmuncha kam uchraydigan ko‘rinishlariga plevrit, pnevmoniya, peritonit, buyrak va jigarning zararlanishlarini misol qilish mumkin.

Gemorragik smdrom ko‘rinishi sifatidagi burundan ba’zan takror- takror qon kelib turishi hozir revmatizm bilan og‘rigan bolalarda birmuncha ko‘p kuzatilmoqda.

Revmatizmning nofaol fazasi bir necha oydan to bir necha yilgacha cho‘zilishi mumkin.


Download 235.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling