11. Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon-tomir tizimining yosh hususiyatlari va kasalliklari. Reja


Download 235.74 Kb.
bet7/15
Sana05.01.2022
Hajmi235.74 Kb.
#205632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon-tomir tizimining yosh hususiyatlari va kasalliklari

Profilaktikasi. Yurak tug‘ma nuqsonlarining oldini olish asosiy choralari qarmdosh-urug‘lar orasidagi nikohlarga yo‘l qo‘ymaslik, homilador ayollarni imkoniyati boricha homiladorlikning dastlabki 6 oyi davomida turli xil kasalliklar (ayniqsa virusli infeksiyalar), jismoniy va ruhiy zo‘riqishlardan asrash kabilarni o‘z ichiga oladi.

Revmatizm - infeksion-allergik kasallik bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi A guruhga kiruvchi &-gemolitik streptokokk hisoblanadi.

Halqum bodomcha bezlari, tishlar alveolalarining shilliq pardasi, yuqori jag' bo‘shliqlari infeksiya kiradigan darvoza vazifasini o'taydi.

Bolaning tez-tez shamollashi, organizmdagi surunkali infeksiya o‘choqlari (surunkali tonzillit, gaymorit, surunkali otit, karioz tishlar va boshqalar)ning borligi ham kasallik kelib chiqishida asosiy o‘rin egallaydi. Bolaning surunkali sovqotishi, nam sharoitlarda ko‘proq bo‘lishi kasallik kelib chiqishiga zamin yaratuvchi omil hisoblanadi.

Revmatizm bilan aksari 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi va kasallik biriktiruvchi to'qimaning tizimli zararlanishi hamda asosan yurak va bo‘g‘imlarning shikastlanishi bilan xarakterlanadi.


Download 235.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling