11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


-MAVZU: TA‘LIM JARAYONI MOHIYATI. TA‘LIM QONUNIYATLARI


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

6-MAVZU: TA‘LIM JARAYONI MOHIYATI. TA‘LIM QONUNIYATLARI 
VA TAMOYILLARI.
R E J A:
1. Ta‘lim jarayonining mazmun-mohiyati. 
2. Ta‘lim jarayoni- yagona dinamik tizim sifatida. 
3. Ta‘lim borliqni bilishning o‘ziga xos shakli sifatida. 
4. Ta‘lim qonuniyatlari va tamoyillari.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar:  
Ko‘rgazmalilik, ilmiylik, onglilik, faollik, tarbiyalovchilik, nazariy va 
amaliyot uyg‘unlik, shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish, izchillik, insonparvarlik,
 
ADABIYOTLAR: 
1. Karimov I.A. ―Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. T. 
1998. 
2. O‘zbekiston Respublikasining ‗Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni. T. 1998. 
3. G‘oziyev E. Psixologiya. O‘quv qo‘llanma. T. 1994. 
4. Pedagogika. Qo‘llanma. T. 1996. 
5. Pedagogika. Kurs lekstii. M. 1984. 
1. Ta‘lim qoidalari o‘qituvchining faoliyatini va o‘quvchilar tomonidan 
ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilish, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishning 
va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo‘l-yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi.
Ta‘lim qoidalari deb – umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini 
amalga oshirishga qaratilgan o‘qish o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi, o‘quvchilar 
tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning 
asosiy qonun va qoidalarining yig‘indisiga aytiladi.


O‘qitish qonuniyatlari talablarini albatta e‘tiborga olinishi zarur, chunki 
qonuniyat–bu barqaror, zaruriy u yoki bu hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi 
mutanosiblik va muhim aloqa.
Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o‘quv jarayonining xarakterini, uning 
vazifalarini, mazmuni shakllari usullari va vositalarini qonuniy ravishda aniqlayu 
beradi. Demak, ta‘lim berish-tarbiyalash va o‘quvchilarning umumiy 
rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.
O‘qitish qonuniyatlari o‘qitish qoidalarini ilmiy asosda o‘zaro bog‘lanishda 
qo‘llash ko‘nikma va malakalarni chuqur, puxta ongli va ta‘sirli o‘zlashtirilishini 
ta‘minlaydi.
Ta‘limning mazmuni hayot hozirgi zamon fani bilan bog‘langan bo‘lganligi 
uchun ham vuzifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishning jadallashtirish 
muammolari, 
ishlab 
chiqarishni 
mexanizastiyalash, 
avtomatlashtirish, 
kompyuterlash kabilar asosida intinsivlash o‘z aksini topishi kerak.
Har bir o‘qituvchi shuni angla еtishi zarurki, o‘quv jarayonini samarali 
qurish–bu ishda o‘zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik 
qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda ijodiy 
foydalangan holda uchun butunlay va o‘zaro aloqada foydalanish demakdir.
O‘qitish qoidalarini yaxshi bilish o‘qitishning zarur usullarini tanlashga 
yordam beradi.
Hozirgi kunda olimlarimiz ta‘lim qoidalarini quyidagicha guruxlashtirilgan:
1. Ta‘limning ilmiy bo‘lim qoidasi.
2. Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liq bo‘lish qoidasi.
3. Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqil qoidasi. 
4. Ta‘limning tarbiyalovchilik xarakteri.
5. Ta‘limda ko‘rsatmalilik qoidasi.
6. Ta‘limda ilmiy bilim va ko‘nikma malakalarni ilmiy bilim va ko‘nikma 
malakalarni puxta mustahkam o‘zlashtirish qoidasi. 
7. Ta‘lim jarayonini va tizimini ................... va insonparvarlashtirish qoidasi. 
8. Ta‘lim jarayonida har qaysi o‘quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish 
qoidasi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling