11-mavzu. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida


Download 138.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.12.2022
Hajmi138.2 Kb.
#1067479
  1   2
Bog'liq
11 MAVZU MUOMALA INSON BORLIGINING SHARTI VA MOHIYATI SIFATIDA



11-MAVZU.MUOMALA INSON BORLIGINING SHARTI VA MOHIYATI SIFATIDA. 
REJA 
1. Muomalada tananing o‘rni 
2. Muomala mohiyatining psixologik jabhalari 
3. Psixologiyadagi asosiy yo‘nalishlarda muomala muammosi. 
Muomalada tana ishtiroki haqidagi fikr, ayniqsa, bu ish bo‘yicha bo‘lsa, biroz ekzotik va hatto sharm-
hayosizdek tuyulishi mumkin. 
Odatda ko‘pchiligimizning tanamiz shu darajada qarovsiz qoldirilganki, unga ikkinchi darajali 
rollar ajratiladi: nihoyatda katta e’tibor kiyimning manikeni bo‘lish, tabiiy funksiyalarni bajarish, 
jismoniy salomatligimizni bezovtalik, ortiqcha vaznning manbaiday xizmat qilish, doimiy ravish-da 
bugungi kunda qabul qilingan etalonlar asosida tanqidning ob’ekti; eng yaxshi holda tanamiz sport, raqs, 
dengiz suvi va boshqa narsalardan ozgina bahra oladi. 
Hattoki muomalada katta tajribaga ega shaxslar va uni muvaffaqiyatli amalga oshiradiganlar ham 
o‘z tanasiga nisba-tan befarqroq bo‘ladilar. Ifodalilik harakatchanlik ozmi yoki ko‘pmi, asosan yuzda va 
qisman qo‘llarda namoyon bo‘ladi, qolgan qismlarimizda esa “hayot” kuzatilmaydi. Turmush 
muomalasida tanamiz “boshimiz uchun tirgovich” sifatida ko‘riladi, yuzdan farqli o‘laroq tana ongimiz 
tomonidan boshqarilmaydi va shu sababli uni kuzatish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib bo‘lmaydigan 
informatsiyani olish imkoniyati mavjud. Z. Freyd ogohlantiradi: ko‘rishga ko‘zi, eshitishga qulog‘i bor 
har kim amin bo‘lishi mum-kinki, hech qaysi banda hech nimani sir tutolmaydi. Agar uning og‘zi 
gapirmasa, barmoqlari sotib qo‘yadi va o‘sha o‘zgarish tanasi-ning eng kichik zarralarida aks etadi. 
Ko‘z hamda barmoqlarning “gapira olishi” yangilik emas, le-kin aynan kam nazoratdagi sotqin 
sifatida tizza, bel, qad na-moyon bo‘lishi hayratlanarli voqelikdir. 
YOqimli va bamaylixotir suhbatni kutayotgan hamda g‘azablangan, o‘z haq-huquqini talab 
qilishga kelgan odamlarning 
stulga o‘tirishiga e’tiborimizni qarataylik. Birinchisi stulni bir-ikki tortib o‘ziga moslab qulayroq o‘tiradi 
va biroz sir-panadi, son hamda dumbasining mushaklari bo‘shashgan bo‘ladi, butun tanasini stulga 
topshiradi – bu poza uzoq vaqt davomida diskomfortsizlikka imkoniyat yaratadi. YUqoridagilarning bar-
chasi o‘tirgan odamga ham, uning sherigiga ham oldinda hali vaqt ko‘pligini, hech qanday 
ko‘ngilsizliklar vujudga kelmasligi haqida signal beradi. Ikkinchisi esa xohlamagan tarzda o‘tirish 
taklifini qabul qiladi. U zo‘rg‘a stuldan o‘rin oladi, shunda ham butun vaznini stulga ishonmaydi va 
natijada oyoq hamda uning teparoq qismida mushaklar tarangligi paydo bo‘ladi. Agar o‘tirish taklifi 
rostdan ham ishonqiramay, zo‘rg‘atdan qabul qilingan bo‘lsa, u holda odamning uzatayotgan noverbal 
xabarini quyidagicha tarjima qilish mumkin: mayli, xo‘p, men o‘tiraman, ammo tiyrakligimni 
kamaytirmayman, iltifotlaringiz bilan meni yumshata olmaysiz. 
Psixologik ma’lumotlar tahlilining ko‘rsatishicha, diqqat e’tibor bilan tinglash muhitini yaratish 
uchun, albatta biz qulay o‘tirgan bo‘lishimiz darkor. Butunlay katta stol orti-ga boshigacha yashiringan 
inson ham bilvosita belgilar orqali stulning uchida xuddi ninaning ustida o‘tirgandek pozasini bi-lib olish 
imkoniyati mavjud. 
YOqimli, xotirjam suhbatlashayotgan insonga uning holatiga kontrast keluvchi xabar etkazilsa, 
uning holati darhol o‘zgaradi, shuning uchun xalqimizda: “o‘rnidan sakrab (sapchib) turdi” de-gan ibora 
ishlatiladi. Bu ortiqcha xotirjamlikka berilmaslik, diqqatni biror ob’ektga to‘plab tiyrakroq ko‘rinishning 
tana-dagi ifodasidir. 
Ilojsiz, chorasiz vaqtda vujudga kelgan diskomfortning yana bir ko‘rinishi – ongsiz ravishda 
stulni liqillatish, chayqatishdir. Bu holat yashirin, konspirativ variantda bo‘lishi ham mumkin: nihoyatda 
zerikarli va yoqimsiz vaziyat (yig‘ilish, majlis, ish taqsimlash va hokazo)larda tinglovchi – “qurbon” 
o‘tirgan joyida son va dumba muskullarini taranglashtira boshlaydi, bu bilan u kutilayotgan finalni 
(o‘rnidan turib tezroq tarqalishni) mushaklari yordamida oldinroq vujudga keltiradi. 
Tana uni o‘zining tasarrufida deb hisoblaydigan odam-lar atrofdagilarga signallar yuboradi. Xo‘sh, bu 
qanday signal bo‘lishi mumkin? 
Hayotda qanchalik yashashga moslashgan bo‘lmaylik, odatda har birimizning tanamiz yoki uning 
biror qismida echimini topma-gan nizolar u yoki bu darajada muhrlanganga o‘xshaydi. Tanamiz doimo 
biror narsadan uzoqroqda bo‘lish, undan qochishga inti-lib orqaroqqa og‘ishi mumkin. Urish va 
janjallarga tayyorlik tananing oldinga qarab og‘ishida aks etadi. Inson tanasi tur-mushning og‘irligiga 
dosh berolmay, uning bosimi, tazyiqi ostida egilishi yoki bukilishi, ba’zan esa tana zo‘rg‘a erning tortilish 
qonuniga bo‘ysunadi. SHuni ta’kidlash joizki, tana-miz ehtiyotkorlik bilan, serzarda botirlik ila, suvda 
suzayotgan baliqdek tekis harakatlanishi ehtimol. Oyog‘imizning o‘zicha su-dralishi, mix ustidan 


o‘tayotgandek yoki darbozga o‘xshab arqonda yurayotganday yoxud botqoqlikka botayotgandek 
harakatlanishi mumkin. 
Muloqotdoshimizga nisbatan yopiq pozalar (qo‘llarni qo‘ltig‘i yoki ko‘kragiga qistirish, oyoqlari 
va qo‘l barmoqlarini chalishtirish, tizzasiga tirsagini tirash va hokazolar)da bo‘lish muloqot (aloqa)ning 
yopiqligidan dalolat beradi. Odamlar yarim profil yoki sal teskariroq o‘tirishi o‘laroq tanasidagi eng za-
ifmas tomonlarini namoyish etadilar. Suhbat jismoniy ta-jovuz haqida ketmasa-da, lekin suhbatdosh 
o‘zini himoya qilib, o‘zgalarga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan qismlarini ochiq qoldiradi. 
Komfort hissi ortishi bilan tipratikan ham, toshbaqa ham kosasidan chiqadi: tirsak hali to‘liq 
yoyilmasa-da, qo‘llarda harakat paydo bo‘ladi, bosh bo‘yinni ezishni to‘xtatadi; ikkinchi qo‘l tizzani 
ushlashni engillatadi; inson chuqurroq nafas ola boshlaydi. Qorindagi mushaklar zo‘riqish holatidan 
chiqadi. Odam qaddini biroz rostlaydi, oyoqlar bir necha sm uzoqlikka suriladi. 
Albatta har doim ham yopiqlik belgilari tasvirlangandek to‘liq namoyon bo‘lavermaydi. 
Muloqotdan qochish va o‘z xayollari-ga berilishning boshqa vositalari yordamida uzatilishi mumkin. 
Bunday holatda o‘tirgan inson tanasini to‘g‘rilaydi, xuddi joyi dan siljimay o‘rtadagi oraliqni 
uzoqlashtirgandek, elkalari-ni rostlaydi; bosh salgina qayriladi va orqaga tashlanadi, bun-da nigohimiz 
biroz yuqoriroq va chetroq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Qo‘llar chalishtirilmagan bo‘lishi mumkin, aksincha 
neytral zonada havoda taranglashib osilib qoladi. Rasmiy jihatdan e’tiborli tinglovchi roliga juda mos: 
tana ko‘z orqali aloqa o‘rnatishga tayyor, boshni sarak-sarak qilish holati va boshqa qator rozilik 
alomatlari mavjud. 
Muloqot (aloqa)dan uzoqlashishning yana bir usuli maksi-mal ravishda tana mushaklarini 
bo‘shashtirishdan iborat. Odat-da biror narsa yoki hodisaga salbiy munosabat tananing taran-glashuviga 
sabab bo‘ladi deb sanaladi, biroq aniqlanishicha, bo‘shashish ham yoqimsiz muomala sharoitida himoya 
mexanizmini o‘tar ekan. O‘z aloqa o‘rnatish reaksiyalarini kamaytirish xavf-sizlik hissini tug‘diradi, 
ammo muloqotdoshning harakatlari salbiy bo‘lib tuyuladi.
Muomala mohiyatining psixologik jabhalari 
Endi muomala mohiyatining psixologik jabhalari to‘g‘ri-sida mulohaza yuritamiz. 
I. Muomalaning mazmuniga quyidagilar kiradi: 
Insondan insonga axborot uzatish 
Insonni inson tomonidan idrok qilish; 
SHeriklar tomonidan o‘zaro bir-birini baholash; 
SHeriklarning o‘zaro bir-biriga ta’sir o‘tkazishi; 
SHeriklarning o‘zaro bir-biriga harakat usuli ko‘rsatishi; 
Guruhiy (diada, triada, poliada) faoliyatni boshqarish. 
II. Muomala mazmuniga muvofiq ravishda uning funksiyalari ajratib ko‘rsatiladi: 
Instrumental – aniq harakatni amalga oshirish uchun za-rur ma’lumotlarni uzatish va 
boshqaruvning ijtimoiy mexa- 
nizmi sifatida muomalaning namoyon bo‘lishi; 
Sindikativ – muomala odamlarni o‘zaro birlashtiruvchi vosita rolining bajarishi; 
O‘zini o‘zi ifodalash – muomalaning o‘zaro tushunuv, ruhiy muvofiqlik shaklida gavdalanishi; 
Translyasion – hamkorlik faoliyatining yaqqol usullari-ni uzatish va baholash; 
Ekspressiv – emotsional holatlar va kechinmalarda o‘zaro tushunuv; 
Ijtimoiy nazorat – xulq va faoliyatning reglamentatsiya- 
lari; 
Ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) – jamiyatda qabul qilingan mezonlar, qonun va qoidalarga 
mutanosib ravishda o‘zida zarur xatti-harakat malakalarini shakllantirish. 
III. Muomalaning jabhalari. 


Tashkillashgan to‘laqonli muomala o‘zaro bir-biriga bog‘liq, lekin tafovutlanuvchi ikki jabhani 
birlashtirib tura-di: tashqi, xulqiy operatsional hamda ichki, shaxsiy ma’no kasb etuvchi. 
Muomaladoshlarning xulqida bevosita shakllanuvchi tashqi jabha kommunikativ harakatlarda 
ifodalanadi. Muomalaning ushbu jabhasi, o‘ziga xos ko‘rsatkichlar yordami bilan qayd eti-ladi: 
Muomalada kommunikativ faollik; 
Muomalada harakatning jadalligi; 
Muomalada tashabbuskorlik; 
Muomalada kommunikativ mahorat. 
Muomalaning ichki jabhasi o‘zaro ta’sir vaziyatini sub’ek-tiv tarzda idrok qilish, voqelik yoki kutilma 
muloqotga nisba-tan javob harakatlari (peaksiya), motivlar va maqsadlar bilan mazkur jarayonda 
insonning chiqishini aks ettiradi. 
IV. Muomalaning ohangi, o‘ziga xosligi quyidagicha aniqlanadi: 
muomalaning ohangi: xotirjam, hukmronona, hayajonli, tilyog‘lamalik; 
muomala jarayonidagi xulq: qat’iyat, xavotir, ishonchsiz, tortinchoq; 
muomala ko‘rinishi: intim, shaxsiy, ijtimoiy, ommaviy. Muomala ko‘rinishi sheriklarning munosabati 
xususiyatini aniqlab beradi. Jumladan, intim va shaxsiy oralig‘ muloqotdoshlar bir-biriga yaqin odamlar 
yoki do‘stlar ekanli-gidan dalolat beradi. Ijtimoiy oralig‘ rasmiylikka, omma-viy esa muomalaning aqliy 
namoyishkorona xususiyatiga ishora qiladi. 
SHuningdek, muomala ohangining boshqa ko‘rinishlari ham mavjuddir, chunonchi: hurmatona, 
mensimay, jiddiy va hazilomuz, xayrixoh va jahlnoma kabilar. 
V. Muomala uslubi – bu odamlarning o‘zaro ta’sir etishi-ning individual-tipologik xususiyatidir. 
Muomala uslubida ko‘pincha quyidagilar o‘z aksini topadi: 
insonning kommunikativ imkoniyatlari xususiyatlari; 
jamoa a’zolari va yakka odam bilan yuzaga keladigan muno-sabatlarning xususiyatlari; 
insonning ijtimoiy yoki psixologik individualligi; 
muloqotdosh sheriklarning shaxsiy xususiyatlari va boshqalar. Muomala uslubining negizini axloqiy-
odobiy (etik) attityud va jamiyatning ijtimoiy-adabiy (etik) attityudini baholash tashkil qiladi, chunonchi: 
ijodiy mahsuldor, 
do‘stona, 
bilmasofa, 
tazyiqnoma, 
ommabop, 
hazilnoma,
xushomadgo‘ylik,
talabchanlik, 


ishbilarmonlik, 
qat’iyatnoma. 
Muomala uslubi o‘zaro ta’sirning emotsional tabiatiga va vosita tanlashga ta’sir etadi. 
VI. Muomala vositalari psixologiya fanida besh turkumga ajratilib tahlil qilinadi: 
Lingvistik (nutqiy). 
Optik-kinestetik (imo-ishora, mimika, pantomimika). 
Paralingvistik (ovozning shirasi, sifati, ko‘lami, 
ohangi). 
Ekstralingvistik (pauza-to‘xtalish, kulgi, yig‘i, nutq sur’ati). 
Vaqtli fazoviy (distansiya-oralig‘, vaqt, vaziyat, joy). Muomalaning nutqiy vositasi uning 
ma’nosini aniqlovchi mantiqiy, ma’noviy harakatlarni yuzaga keltiradi. So‘zlashuv hozirgi zamon 
ommaviy, ochiq muomalaning etakchi stilistik xusu-siyati hisoblanadi (gaplarning sodda, jonli tuzilishi, 
so‘zlashuv leksikasivafrazeologiyasidanfoydalanish). So‘zharakatlarining stilistik o‘ziga xosligi 
sintaksistik tuzilishida gavdalanadi. So‘z birikmalari, iboralar (bo‘g‘inlar) tuzilishida namoyon bo‘lib, 
so‘z harakatining so‘zlashuv uslubidagi o‘ziga xosligi psixotexnik usullar yordami bilan yuzaga 
keltiriladi, jumladan: 
xayol (tasavvur) qilayotgan dialogizatsiya (so‘z harakatlarining sintaksistik qurilishi xayol 
qilinayotgan dia-logik vaziyatni taqlid qiladi - imitatsiya); 
savol-javob harakati (muomala sub’ekti o‘ziga o‘zi savol beradi, unga uning o‘zi javob 
qaytaradi); 
ritorik savol (savol tasdik yoki inkor ma’no bildirib, muloqotdagi sheriklarda emotsional 
ko‘tarinkilik va ijodiy fikr uyg‘otadi); 
emotsional da’vatchanlik (muomala mavzusiga nisbatan diqqatni markazlashtirish, yo‘naltirish 
kuchaytiriladi, muoma-la jarayonidagi suhandonlik rag‘batlantiriladi); 
inversiyali holat (so‘z tarkibini maxsus ravishda buzish-ga yo‘l qo‘yiladi). 
So‘z harakatining sifati va samaradorligi, kommunikativ layoqatmandligi ko‘p jihatdan sub’ekt nutqning 
psixotexnika-sini qanchalik egallash darajasiga bog‘liq, ya’ni uning nutq psi-xotexnikasi bilan 
qurollangan darajasi. 

Download 138.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling