11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


Elg’ba daryosining o`ng tomonidagi yerlarning istilo qilinishi


Download 44.79 Kb.
bet8/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

Elg’ba daryosining o`ng tomonidagi yerlarning istilo qilinishi. XII asrda nemis feodallarining g’arbiy slavyan yerlariga hujumi yangidan keng miqyosda boshlandi. Slavyanlar bilan qo`shni bo`lgan saksoniyalik feodallar SHarqqa ayniqsa ko`proq intildilar. Slavyan qabilalarining tarqoqligi va knyazlar o`rtasidagi nizolardan foydalangan german feodallari XII—XIII asrlarda obodritlar, lyutichlar va pomoryanlarning bepoyon yerlarini bosib oldilar. German feodallarining g’arbiy slavyanlar bilan olib borgan kurashi bu safar yevropalik feodallarning SHarqqa qilgan salib yurishlari bilan bir vaqtga to`g’ri keldi va german feodallari salibchilar g’oyalarini tamomila o`zlashtirib oldi. Majusiy-slavyanlarga qarshi kurash Germaniyada o`ziga xoc «salib yurishi»— deb ham qaraldi. Bir nechta yirik german feodallari (ular orasida asosiy kishi Genrix SHer Velg’f edi) boshchilik qilgan ritsarlarning «salib» qo`shini 1147 yilda obodritlar yurtiga yurish qildi. Yurishda 60 mingtagacha nemis ritsarlari qatnashdi. Nemislar son jihatidan g’oyat darajada ko`p bo`lishlariga qaramay, g’alabaga erisha olmadilar. Obodritlar knyazi Niklot dushmanga qarshi o`rmonzor va botqoqliklardai foydalanib, dushmanga qarshilik ko`rsatishni uyushtira bildi. Salibchilarning o`zlari orasidagi kelishmovchilik va nizo slavyanlarning mudofaasini yengillashtirdi. Ritsarlar natijasiz qaytib ketdilar. SHundan keyin Niklot german feodallarining ittifoqchilari bo`lgan daniyaliklarga qattiq zarba berib va nemis kolonistlarining katta bir qismini yana Germaniyaga haydab yubordi. Ammo nemislar Elg’ba daryosining o`ng tomonidagi tomonidagi yerlarga xujumni davom ettiraverdilar. Niklot ana shular bilan kurashda xalok bo`ldi (1160 y.).
Niklotning o`g’illari nemis agressorlari bilan bir oz vaqt kurashni davom qildirsalar-da, lekin o`z mulklarining mustaqilligini saqlab qola olmadilar. Pirovardida, ular o`zlarini imperatorning vassallari deb tan oldilar. 1170 yili obodritlar yerida Meklenburg gertsogligi nomi ostida yangi yarim sla­vyan, yarim nemis gertsogligi tashkil topib, u imperiya tarkibiga kirdi. Meklenburgda ko`p sonli nemis kolonistlari, faqat ritsarlargina emas, balki dehqonlar va shaharliklar ham ko`chib keli6 joylashib, ular bu yerda imtiyozli mavqega ega bo`ldilar. Obodritlar yerining bir qismi bevosita Saksoniya gertsogligi mulklariga kiritildi. Genrix SHer bosib olgan Lyubek shahari (nemislar sobiq slavyan shahari o`rnida barpo etgan edilar) Nemislarning Boltiq dengizi bo`yidagi eng muhim porti bo`lib qoldi va ayni zamonda nemislarning Boltiq bo`yiga tomon yanada xa’akat qilib borishi uchun forpost (tayanch nuqta)ga aylandi. 1180 yilda pomoryanlar o`z mustaqilliklarini yo`qotdilar. Bu yerda jam Pomeraniya nomi ostida (Pomorg’ening o`zgargan slavyancha nomi) yarim slavyan knyazligi tashkil topdi. Uning ikkinchi nomi uzoq vaqtgacha Slaviya deb atalib keldi.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling