11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


Nemis feodallarining Boltiq bo`yini istilo qilishlari


Download 44.79 Kb.
bet10/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

Nemis feodallarining Boltiq bo`yini istilo qilishlari. Nemislarning Boltiq bo`yiga kirishlari XII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan edi. Bu mahalda nemis savdogarlari Boltiq dengizi sohilida faktoriyalar barpo eta boshladilar. Savdogarlar ketidan nemis missionerlari kelib, ular livlar, kurlar, estlar va boshqalarning mahalliy qabilalari orasida xristianlikni yoydilar. 1201 yili nemislar Riga shahrini barpo etdilar; so`ng u Boltiq bo`yida nemis kolonizatsiyasining tayanch manzili bo`lib qoldi. Papa Innokentiy III majusiy livlarga, kurlarga va ularning qo`shinlariga qarshi maxcuc salib yurishi ehlon qildi. Livoniyani istilo qilish uchun, shuningdek, Livoniya yoki qilichbardorlar Ordeni (chunki ritsarlar plashiga qilich tasviri solingan edi) deb atalgan alohida orden ham tahsis etildi. Yangi orden ustavi falastinliklarning ordenlari ustavidan ko`chirib olingan edi. XIII asrning 20-30-yillarida livlar va kurlar istilo qilingai bo`lib, ular zo`rlab cho`qintirildilar. CHerkov foydasi uchun, ularga og’ir desyatina solig’i solindi. Istilo etilgan o`lkadagi siyosiy hokimiyat Riga yepiskopi bilan qilichbardorlar Ordeni magistri o`rtasida taqimlandi.
Tez o’ada nemislar Boltiq bo`yining boshqa rayonida xam paydo bo`ldilar. Prusslarning janubiy Boltiq bo`yi qabilasi bilan urushgan polyak knyazlari Tevton ordenini yordam berishga dahvat etib, qaltis ish qildilar (XIII ac’ boshlarida Tevton ordeni Falastindan Yevropaga ko`chib o`tgan edi). Orden polyaklarning taklifini qabul qilib, 1226 yilda o`z faoliyatini Quyi Visla daryosi bo`yiga ko`chirdi. Dastlabki paytda uning tayanch manzili Kulg’m (yoki polyakcha Xelg’m) shaxari edi. Orden ritsarlari ana shu yerdan turib prusslarga qarshi xujum qildilar va yarim asrlik (1230-1284) kurashdan keyin ular mamlakatni istilo qildilar. Marienburg shaxari Tevton (yoki xozirgi nomi bilan atasak, Pruss) ordeninnig poytaxti bo`lib qoldi. SHuningdek, yangidan barpo etilgan Kenigsberg; Memelg’ shaxarlari va boshqalar Prussiyaning yirik markazlariga aylandi. 1237 yili Tevton ordeni qilichbardorlar Ordeni bilan birlashib, shu tariqa o`z tahsirini Boltiq dengizining barcha sharqiy sohiliga yoydi. Orden ritsarlari Boltiq bo`yini istilo qilishni g’oyat darajada shafqatsizlik bilan olib bordilar.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling