11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


Download 44.79 Kb.
bet9/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

Brandenburg markgrafligi O`rta Elg’ba bo`yida eng yirik german mulki bo`lib qoldi. Lyutichlar degan slavyan qabilasining yerlari Brandenburg markgrafligining tuzilishiga acoc bo`ldi. Yirik german feodali Alg’brext Medvedg’ Askaniya (1170 yilda vafot etgan) lyutichlarga qarshi qilingai yurishga boshchilik qildi. Alg’brextning o`g’li va nevarasi davrida Brandenburg markgrafligi to Oder daryosiga cho`zilib borgan bo`lib, u lujitsk slavyanlari territoriyasining bir qismini (Lujitsk va Meyssen markalari) ham o`z ichiga olgan edi. Taxminan 1244 yilda slavyanlarning shpreva (SHpreva daryosi yoki so`ngroq nemislar ataganlaridek, SHpree daryoci so`zidan) qabilasi erida Berlin shahari barpo etili6, keyin u Brandenburg poytaxti bo`lib qoldi. XIII va XIV asrlar mobaynida Brandenburg markgrafligini nemislar zo`r berib kolonizatsiya qildilar. Mahalliy slavyan axolisidan tortib olingan eng yaxshi yerlar nemis kolonistlariga berildi. SHuniigdek, tub joy slavyan aholisi siqib chiqarilib, slavyan shaharlariga nemislar o`tkazildi. Maxalliy slavyan aholisi zig’ircha qarshilik ko`rsatadigan bo`lsa, ular eng shafqatsizlik bilan yo`qqilib tashlanardi. Slavyan aholisi yomon yerlarga siqib chiqarildi, zo`rlab nemislashtirildi, quvg’in qilindi va o`limga maxkum etildi. Yot halqlar e’ida barpo etilgan Brandenburg XIV—XV asrlarda ham xa’biy koloniyalik qiyofasini saqlab qoldi. Katta-katta yer-mulk(tanxo)ka egalik qilgan ko`p sonli ritsarlar imtiyozli xokim tabaqani tashkil qildilar va shaharliklar bilan dehqonlarni ci’a-sira mensimadilar.
Slavyanlarning Sileziya viloyati mushkul tarixni boshidan kechirdi. Slezan aholisi (qadimiy slezanlar) o`tirgan bu territoriya boshda Polg’sha qirolligi tarkibiga kirgan edi. XII – XIII asrla’da bo`lib o`tgan feodal o`zaro urushlari natijasida Sileziya knyazlari Polg’sha qiroli bilan yer-mulkka egalik qilish aloqalarini uzib, german imperatorini (birinchi marta 1163 yili Fridrix Barbarossani) o`z syuzeranlari deb tan oldilar. Sileziyani nemislar kolonizatsiya qilishdi. Sileziya zodagonlari nemis tili va urf-odatlarini o`zlashtirdilar. Sileziya Sileziya gertsogligi nomi ostida Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan deb xisoblandi va keyinchalik, XIV ac’ o`rtalarida CHexiya xukmronligiga o`tdi.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling