11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


German shaxarlarining o`sishi. SHimoliy Ganza, SHvabiya va Reyn ittifoqlari


Download 44.79 Kb.
bet12/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

German shaxarlarining o`sishi. SHimoliy Ganza, SHvabiya va Reyn ittifoqlari. SHimoliy va Boltiq dengizlarida savdo-sotiq ishlari olib borgan va g’arbiy Yevropa mamlakatlarining SHimoli-SHarqiy Yevropa 6ilai olib borgan savdo ishlarida vositachi bo`lgan SHimoliy Germaniya shaxarlarining rivojlanishi nemislarning Boltiq bo`yini istilo qilish oqibatlaridan biri bo`ldi. XIVac’o`rtalariga kelib SHimoliy Germaniya shaxarlari kudratli Ganza ittifoqiga birlashdilar. Ganza iqtisodiy ittifoq 6o`libgina qolmay, u siyosiy ittifoqham edi. Lyubekda ittifoqka kirgan shaxarlardagi vakillarning vaqt- vaqti bilan shezdlari bo`lib turardi. Ganza savdosini o`z nazorati ostiga olishga uringan Daniya qiroliga Ganza jiddiy zarba etkaza bildi. Ganza shaxarlarining Daniya bilan olib borgan uch.yillik urushini bartaraf etgan 1370 yilgi SHtralg’- zund sulx shartnomasiga ko`ra, Daniya qiroli Ganza ittifoqining ishlariga biror yo`l bilan aralashishdan voz kechdi va Daniya bug’ozlarida Ganzaga ka’ashli tovarlardan undiriladigan savdo bojlarini ancha kamaytirdi. Amalda Daniya bo`g’ozlari Ganza ittifoqi tomonidan monopoliya qilindi.
Ganza shaxarlari bilan savdo qiladigan mamlakatlar — Ang­liya, SHvetsiya, Rossiya va boshqalar xususiy savdo-sotiq ishlarini rivojlantirib, nemiclarning savdo vositachisi bo`lishlarini istamaganlaridan keyin, yahni XV asrning ikkinchi yarmiga kelib Ganzaning ishi orqaga keta boshladi. Ammo Ganza XVI va XVII asrlarda xam qisman o`z ahamiyatini saqlab qolgan edi.
SHimoliy shaxarlarning ittifoqidan tashqari, XIII—XV asrlarda Germaniyada janubiy va g’arbiy shaxarlarning yirik ittifoqlari bor edi. SHvabiya ittifoqi Yukori Dunay daryosi ‘ayonida joylashgan qariyb 90 ta shaharni o`z ichiga olgan edi. Ularning tepasida sanoati (movut, su’n, ip gazlama to`qish va metallurgiya sanoati, qurol-yarog’ ishlab chiqarish) ancha-muncha rivojlangan markazlar — Augsburg, Ulg’m va Nyurnberg shaxarlari turardi.
Bu shaxarlar esa Italiya savdosi bilan chambarchas bog’langan edi. Venetsiyada katta nemis saroyi bo`lib, nemis mollari bilan savdo-sotiqqilish ishlarining hammasi shu saroyga tuplangan
g’arbdagi Reyn ittifoqi sanoat va ayni zamonda savdo shaxarlarining xam xuddi shunday ittifoqi edi. Reyn daryosi bo`yida joylashgan va movut to`qish xamda metall ishlab chiqarishning rivojlanganligi bilan farqqilgan Kyolg’n, Vorms, Stras6urg va boshqa shaxarlar shu ‘eyn ittifoqiga kirgan edilar. Bu shaharlar Niderlandiya,Frantsiya va Italiya bilan qizg’in savdo olib bordilar.
Germaniyada siyosiy markazlashish zaiflanishi munosabati bilan tobora katta kuch-quvvatga ega bo`lgan maxalliy feodallarga qarshi nemis shaxar ittifoqining qattiq kurash olib borishiga to`g’ri keldi. XIII ac’ o`rtalarida SHva6iya va Reyn ittifoqlari yuzaga kelishining o`zi feodal tarqoqlikning oqibati edi. Feodal boshbodoqligini cheklash va Germaniya ichki savdo yo`llarini tahminlash uchun bahzi bir shart-sharoitlarni yaratish shaxarlarning ana shunday ittifoqlar tuzish xarakatida ochiq namoyon bo`ldi. German knyazg’-feodallariga qarshi birlashgan ikki shahar ittifoqi o`rtasida 1381 yilda chinakam urush boshlandi. Biroq xa’ ikkala ittifoq, yahni SHvabiya ittifoqi bilan Reyn ittifoqi umumiy dushman bo`lgan shaxarliklarga qarshi kurashra vaqtincha jipslashgan feodallardan 1388 yilda yengildilar. Nemis shaxarlarining yengilishiga asosiy sabab — bu shaharlarda maxalliy, o`lka manfaatlarining ustun bo`lganligi edi. Nemis shshaxarlari tashqi (ichki emas, albatta) bozorlardan ko`proq manfaatdor edila’, 6u bozorlar Ganza, Reyn, SHveytsariya Va Yuqori Dunay shaxarlarida turlicha bo`lardi. German imperatorlarining tutgan mavqei xam shaharlarning yengilishida katta axamiyatga ega bo`ldi. German imperatorlari o`z xokimiyatlarining zaifligi tufayli shaxarlar tarafini olishga va ularga biror- bir jiddiy yordam ko`rsatishga jurhat eta olmadilar.
Bu jixatdan german imperatorlari feodallar bilan kurashda xususan shaxarlarga tayangan frantsuz, ingliz va kastelg’ (Ispaniya) qirollarining siyosatiga tamomila qarama-karshi siyosat tutdilar.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling