11-Mavzu: Talaffuzning taraqqiyoti


Download 0.9 Mb.
bet5/6
Sana23.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1223750
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-maruza

G‘afur G‘ulomni men umrimda ko‘rmaganman, gapini ham eshitgan emasdim. Ittifoqo, bir kuni radioda kimningdir nihoyatda qadrdon, yaqin tanish, ammo ko‘pdan beri eshitilmagan bir tovushi qulog‘imga kirdi. Har qanday ashuladan ham ruhafzoroq bir ovoz, desangiz. Bilsam, G‘afur G‘ulom hajviy hikoyalarini o‘qiyotgan ekan. Eshitmagan odamga birovning so‘zlash ohangini tushuntirish qiyin, bu xuddi bosvoldi qovunning hidini tushuntirish kabi mushkul, ammo o‘zim o‘shanda imon keltirdimki, agar Nasriddin afandi hayotda bor bo‘lsa, u G‘afur G‘ulom ovozi bilan gapirsa kerak edi. Hazilga, erkalikka monand, ammo o‘ktam va sarbast bir ohang yetakchilik qilar edi unda. Donishmandlik, darddoshlik ayon sezilib turardi. Xullas, bir zumda o‘ziga rom eta oladigan, kishini beixtiyor qadrdonlashtirib yuboradigan bir ovozu ohang edi-da.

Shukur Burhonni ayting. Ayniqsa, «Qiyomat qarz»da! O‘zbek otasining ramzi-ku. Bu ovozdagi mehr, odamshavandalik, dilkusholik boshqa birovda topilarmikin? Abror Hidoyatovning tovlab gapirishlari-chi! Lafzimizning lirik-falsafiy diapazoni bu qadar keng bo‘la olishini payqaganmi edingiz? O‘zbek eli serurug‘, keng elat. Har bir sheva vakilining gapida alohida ohang va o‘ziga xos uslub bor. Ammo hammasi ham yoqimli, hissiyotga to‘liq, gapirayotgan chog‘ida so‘z mazmuni bilan birga aytuvchining munosabati yaqqol sezilib turadi. Bu ohangda mahalliy o‘ziga xoslik va an’analar, shu mintaqa kishisining hayot tajribasi, har bir narsaga o‘ziga xos yondoshuvi aks etadi. Har bir kishining aytgan gapidagina emas, balki talaffuziyu so‘zlashida ham aqlu farosati, madaniyati, sipo yo hovliqmaligi, andishali yo shartakiligi, o‘zini tutishi ko‘zga yaqqol tashlanadi…

Taraqqiyot shunday bir davrga yetib keldiki, endilikda Xorazmning nariyog‘ida turib gapirayotgan odamning so‘zini o‘shliklar baralla eshitaveradi. So‘zu ohang esa, bilasiz, «yuquvchan». Ijtimoiy taraqqiyot tezlashib, texnika vositalaridan foydalanish avj olgani sari shevalararo sintezlashish hodisasi ham kuchayadi, aniqrog‘i, shevalarning sintezlashishi hisobiga adabiy tilning boyishi va umumxalq miqyosida adabiy tilga ko‘chish avj oladi (shevalar esa bora-bora oyoqdan qoladi. Hozir hamma joyda shu hodisaga guvoh bo‘lib turibmiz). Barcha viloyatlarimiz va tumanlarimizda urf-odatlarning o‘zaro yaqinlashuvi va bir xillashuvi yuz berayapti. Bozor iqtisodiyoti sharoiti va tezkor axborot almashish esa umummilliy birikish va yaxlitlanish jarayoni uchun katalizator rolini o‘ynayapti.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling